“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boşlanadi!” şiori ostida umumxalq haşari yurtimiz böylab uyuşqoqlik bilan taşkil etildi. U xalqimizning birligi, uyuşqoqligi timsoliga aylanmoqda.
Yurtimizda Navröz bayrami oldidan umumxalq haşari uyuşqoqlik bilan ötkazilişi anʼana tusiga kirgan. Joriy yilda ham mazkur anʼana munosib davom ettirilib, 13-14 mart kunlari Vazirlar Mahkamasining 72-sonli farmoyişiga muvofiq, “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boşlanadi!” şiori ostida mamlakatimiz böylab keng kölamli umumxalq haşari taşkil etildi.
Hujjatga köra, “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş” yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi hamda “yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boşlanadi!” şiori ostida mahallalar, xiyobonlar, aholi turar joylari, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonçalarini obodonlaştiriş tadbirlarini amalga oşiriş, soğlom turmuş tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni tarğib qiliş, xalqimiz uçun ezgulik, birdamlik, oliyjanoblik va şukronalik timsoli bölgan qutluğ Ramazon oyida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş böyiça qator çora-tadbirlar amalga oşirilişi belgilangan.
2026 yil “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” deb eʼlon qilinişi har qanday özgariş va yangilanişlarni mahallalardan boşlaş vazifasini kun tartibiga çiqardi. Şu maʼnoda, Ramazon hayiti va şarqona yaşariş, yangilaniş ayyomi — Navröz bayrami arafasida mahallalarni obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş, aholi örtasida birdamlik, ahillik, bağrikenglik kayfiyatini uyğotiş, bayramni munosib kutib oliş maqsadida umumxalq haşarlari joylarda tizimli taşkil etildi.
Xususan, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida hududdagi korxona va taşkilotlar, obodonlaştiriş bölimi xodimlari hamda keng jamoatçilik vakillari tomonidan mahalla va köçalarda, aholi turar joylari atrofida, qabriston va ziyoratgohlarda obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Şuningdek, köçalar va yöl böylari tartibga keltirilib, çiqindilardan tozalanmoqda, daraxt va gul köçatlari ekilib, mavjud yaşil hududlar parvariş qilinmoqda.
Umumxalq xayriya haşari doirasida Farğona viloyati Farğona tumani “Oqtom”, “Şarq haqiqati” mahalla fuqarolar yiğinlarida keng kölamli haşar va obodonlaştiriş işlari taşkil etildi. Unda nuroniylar, yoşlar hamda jamoatçilik vakillari faol iştirok etib, hududni obod qilişga öz hissalarini qöşdilar. Tadbir davomida qabriston hududlari çiqindilardan tozalanib, tartibga keltirildi. Şuningdek, ariqlar kengaytirilib, tozalaş işlari olib borildi hamda daraxt va köçatlarga agrotexnik işlov berildi.
Jizzax viloyati Baxmal tumanining “Novqa” mahallasida taşkil etilgan “Mehr haşari” davomida mahallalardagi ehtiyojmand, yolğiz keksalar, nogironligi bölgan fuqarolar hamda kam taʼminlangan oilalar xonadonlarida köngilli yoşlar va nuroniylar iştirokida obodonlaştiriş işlari amalga oşirildi. Haşar davomida hamjihatlik, mehr-oqibat va saxovat anʼanalari yana bir bor namoyon böldi.
Poytaxtimiz böylab davom etayotgan “yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida Yunusobod tumanida “Men ham köçat ekaman” aksiyasi yuqori saviyada ötkazildi. “Tiklaniş” mahallasida taşkil etilgan tadbirda tuman hokimi, taşkilot va korxona xodimlari, “mahalla yettiligi” hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi. Aksiya davomida hudud iqlimiga mos bölgan jami 550 tup manzarali va mevali daraxt köçatlari ekildi, har bir ekilgan niholga masʼullar biriktirilib, ularni parvarişlaş tizimi yölga qöyildi. Hozirda tuman hududlarida “yaşil makon” loyihasi doirasidagi köçat ekiş va obodonlaştirişga qaratilgan haşar tadbirlari uyuşqoqlik bilan davom ettirilmoqda.
Namangan viloyati Uyçi tumani mahallalarida ham köça, mahalla, masjid, qabriston va ziyoratgohlar, atrof-muhitning ozoda va sariştaligi taʼminlanmoqda. Ayniqsa, “Islomobod”, “Istiqlol”, “Qörğonça” mahallalari hududidagi “Qipçoq”, “Maşhad”, “Birodarlik” qabristonlarida tozalov işlari hamjihatlikda taşkil qilindi.
“Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Keskanyor”, “Hojiobod”, “Yangiyer”, “Yangihayot” mahallalari hududidan ötgan temir yöl böylari hamda dala çetlarida 15 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt köçatlari ötqazilmoqda. Haşarda obodonlaştiriş bölimi xodimlari, yoşlar, mahalla faollari hamda tumandagi barça taşkilotlar faol iştirok etmoqda.
Namangan şahrida muqaddas qadamjolar va qabristonlar hududini obodonlaştiriş, ularni tartibli va fayzli maskanga aylantiriş borasidagi işlar izçil davom etyapti. Şahardagi “Mavlono” qabristoni hududida keng kölamli obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari boşlandi.
Mazkur xayriya haşarida Namangan şahar hokimi Ayubxon Kamalov hamda “Nuroniy” jamğarmasi Namangan viloyati bölimi raisi Ikromxon Najmiddinov boşçiligida şaharning bir qator faol nuroniylari, mahalla faollari hamda şahar taşkilotlarining köngilli xodimlari iştirok etdilar.
Yurtimizga kirib kelgan bahor fasli, Navröz bayrami hamda muborak Ramazon hayiti munosabati bilan taşkil etilgan haşar avvalida ötganlar haqiga fotiha öqildi. Şundan söng qabriston hududini obodonlaştiriş maqsadida iş boşlab yuborildi. Xususan, hududni kökalamzorlaştiriş maqsadida qabriston atrofi va içki qismida köçatlar ekildi, yölaklar tartibga keltirildi, çiqindilardan tozalandi. Bunday xayriya haşarlari nafaqat muqaddas maskanlarni obod qiliş, balki jamiyatda hamjihatlik va ezgulik muhitini mustahkamlaşga ham xizmat qilmoqda.
Xorazm viloyatida ikki kunlik haşarda 1 million 120 ming nafardan ortiq haşarçi iştirok etib, 22 mingdan oşiq köçalar atrofi obodonlaştirildi, daraxtlar suğorilib, çiqindilar maxsus joylarga olib çiqib ketildi. Mazkur vohada amalga oşirilgan işlar kölamini quyidagi raqamlarda ham köriş mumkin.
— Haşar davomida 1782 gektardan ortiq hududlar obodonlaştirildi, 1554 tonnadan ortiq maişiy çiqindilar çiqarib taşlandi. Şuningdek, 1089 kilometr ariqlar tozalandi. Bundan taşqari, 580 ta qabriston va 25 ta ziyoratgohlar tartibga keltirildi, — deydi Özbekiston mahallalari uyuşmasi viloyat bölimi boş mutaxassisi Muhammad Ahmedov. — 2166 ta oilaning uy-joylari taʼmirlanib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, 2018 ta ehtiyojmand oilaga moddiy yordam körsatildi.
Darhaqiqat, hududlarda ötkazilgan umumxalq haşari nafaqat mahallalar qiyofasini özgartirib, xonadonu köça-köyga fayz-baraka olib kirmoqda, balki aholi örtasida mehr-muruvvat, ahillik, birdamlik, hamjihatlik muhitini yaratib, keng jamoatçilik vakillarini atrof-muhitni asraş, yaşil hududlarni kengaytiriş, ekologik muvozanatni barqarorlaştiriş, ekologik madaniyatni yuksaltiriş masalalarida yaxlit, bir butun kuç ekanini amalda ifoda etmoqda. Xalqimiz uçun katta şodiyona bölgan Navröz ayyomi oldidan, ayniqsa, aholining faolligi, ğayrat-şijoati ayni tadbirlarda yaqqol namoyon bölayotir.
Söğdiyona Sobirova.