Yangi Özbekistonda xalqimizni hayotdan rozi qiliş, mamlakatimizni dunyoning rivojlangan davlatlari qatoriga olib çiqiş yölida olib borilayotgan islohotlar özining yuksak samarasini bermoqda. Yurtimizning xalqaro hamjamiyatdagi örni va nufuzi mustahkamlanib borayotganini nafaqat respublikamiz, balki xalqaro darajadagi mutaxassislar ham alohida eʼtirof etişmoqda. Dunyoning rivojlangan davlatlari, nufuzli xalqaro tuzilmalardan yurtimizga hamkorlik takliflarining kölami tobora ortib bormoqda. 

Inson qadri uluğlanayotgan mamlakatimizda nuroniylar ham davlat va hukumat darajasida qöllab-quvvatlanmoqdalar. Şu bilan bir qatorda, ularning zimmalariga yoş avlod kamoli, xalqimiz farovonligini oşiriş yölida masʼuliyat ham yuklanmoqda. Keksa faxriylarimiz ham öz navbatida, davlatimiz rahbarining yuksak işonçidan ruhlanib, el-yurtimiz xizmatida kamarbasta bölmoqdalar.

Muhtaram Prezidentimiz 2025 yilning 26 dekabrida Oliy Majlis va  Özbekiston xalkiga Murojaatnomasida “Islohotlarimiz samarasini  har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson hayotida his qilmoqda” deganlarida yuz karra haq edilar. Buning yorqin isbotini “Nuroniy” jamğarmasi Buxoro viloyati  bölimi, xususan, buxorolik faol nuroniy otaxonu onaxonlar faoliyatida ham körişimiz mumkin.

Bugungi kunda  viloyatimizda  245021 nafar  pensiya yoşidagi  fuqarolar mavjud bölib, şundan  27 nafarini 100 yoşdan oşganlar,  4 nafarini Ikkinçi  jahon uruşi faxriylari, 101 nafarini uruşorti mehnat faxriylari,  861 nafarini özgalar parvarişiga muhtoj yakka-yolğiz va yolğiz yaşovçi keksalar taşkil qiladi.

Biz keksalar manfaatini himoya qiliş, ularga qulay yaşaş şaroitlarini yaratib beriş, muammolarini bartaraf etişda 13 ta  “Nuroniy” jamğarmasi tuman va şahar bölimlari, şuningdek, 516 ta  mahalla qoşida taşkil etilgan “Keksalar maslahati” guruhi aʼzolari kuçiga tayanamiz. Oldimizga qöyilgan vazifalarni qatʼiy reja va tizim asosida  amalga oşirib kelmoqdamiz.

Xususan, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili asosida nuroniylarimiz  muammoli va vaqtinça işsiz yigit-qizlarni kasbga yönaltiriş, işga joylaştiriş, notinç oilalarda ahillik, osoyiştalikni qaror toptiriş, jinoyatçilikka moyil yoşlarni töğri yölga boşlaş uçun astoydil harakat qilmoqdalar. Ötgan 2025 yilda jami   8669 nafar yoş 977 nafar faol nuroniyga biriktirilib, ular bilan doimiy tarzda suhbatlar, tuşuntiriş işlari olib borilgani natijasida  522 nafar yigit-qizlarimiz  foydali mehnatga jalb etildilar, 2647 nafari kasbga yönaltirildi, 924 nafar yoş profilaktik    röyxatdan, jami 9271 nafar yigit-qiz muammoli yoşlar toifasidan çiqarildi. Nuroniylarimiz bu yil ham viloyatimizdagi barça mahallalarda “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili asosida muammoli, vaqtinça işsiz yoşlar bilan tizimli ravişda iş olib borişmoqda.

Şuningdek, joylardagi “Buvijonlar maktabi” guruhi aʼzolari  saʼy-harakatlari bilan  428 ta maktabgaça taʼlim taşkilotiga 1284 nafar buvijonlar biriktirilib, bolajonlar tarbiyasida ularning tajribalaridan keng foydalanib kelinmoqda. Birgina ötgan yili  464 ta umumiy örta taʼlim maktabiga  1394 nafar,  47 ta kasb-hunar maktabiga  235 nafar, 11 ta oliy taʼlim muassasasiga  55 nafar  nuroniy biriktirilib, yoşlar bilan faol iş olib borildi.

“Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturining birinçi  yarim yilligi böyiça  1632 nafar faol nuroniy tanlab olinib, 6587 nafar kambağal oilaga biriktirildi. Ayni dasturning ikkinçi yarim yilligi böyiça  1548 nafar faol nuroniy 7272 ta kambağal oilaga biriktirildi. Olib borilgan qizğin amaliy saʼy-harakatlar natijasida 6987 ta oilani   kambağallikdan çiqarişga erişildi.

Ötgan yil davomida  3869 marotaba  “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlari ötkazilib, ularga jami  66455 nafar iştirokçi jalb etilgan bölsa, bu yil ham uşbu yönalişdagi işlar tizimli taşkil etilmoqda va uçraşuvlarda keksa, örta va yoş avlod vakillarining faol iştiroki taʼminlanmoqda.

Keksalarimizning soğliğini tiklaş, böş vaqtlarini  mazmunli ötkaziş  masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ötgan   yil may-dekabr oylari davomida  61 nafar  yakka-yolğiz va yolğiz yaşovçi  fuqarolar “Jöyzar” va  “Buxoro”  sihatgohlarida bölib, öz salomatliklarini tikladilar.

“Noyabr —  Keksalar uçun turizm oyligi”  doirasida respublikamizning Toşkent, Samarqand, Xiva, Şahrisabz  şaharlari va içki turizm yönalişi böyiça viloyatimizning diqqatga sazovor göşalarida  bölib, böş vaqtlarini mazmunli ötkazgan yuzlab  keksa faxriylarimiz mamnuniyat bilan minnatdorlik bildirmoqdalar. Ular qatorida eng faol  “Keksalar maslahati” guruhi rahbarlari, “Buvijonlar maktabi” aʼzolaridan 100 nafari,  közi ojiz, nogiron, kar-soqov hamda  sobiq afğon uruşi  faxriylari hisobidan 150 nafari Samarqand  şahrida sayohatda bölib, şaharning  qadimiy yodgorliklari, muqaddas qadamjolari bilan tanişdilar.

Faol nuroniy otaxonu onaxonlar  saʼy-harakati bilan 2025 yilda 2738 marta  jamoatçilik nazorati amalga oşirilib, Xalq deputatlari mahalliy kengaşlariga 379 ta muammo böyiça maʼlumotlar kiritildi.

Albatta, el-yurt manfaatlarini taʼminlaş yölidagi fidoyi xizmat aslo yerda qolmaydi, özining munosib bahosini oladi. Şu maʼnoda aytiş kerakki, ötgan yili samarali faoliyati uçun jami 60 nafar nuroniylarimiz turli darajadagi “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlari bilan taqdirlandilar.

Jamğarmaning viloyat bölimi “Mahalla” uyuşmasi, Oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, Sport, Yoşlar işlari agentligi  boşqarmalari bilan  yaqin hamkorlikda iş olib bormoqda. Ayni idoralar bilan birga, uzoq yillardan beri  ahil va totuv yaşab kelayotgan 617 nafar juftlik aniqlanib, ularning boy hayotiy tajribasini yoşlarga namuna qilib körsatiş maqsadida,  “Qöşa qariş saodati” maʼrifiy tadbirlari taşkil etildi.

Nuroniylarning jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişlari uçun  zarur şart-şaroitlar yaratişga ham alohida eʼtibor berilmoqda.  Viloyat va tuman, şahar “Nuroniylar maskanlari” oldida alohida sport zallari taşkil etilgan bölib, ularning barçasi  sport anjomlari bilan  taʼminlangan. Har çorak yakunida “Ğayratli keksalar” şiori ostida  darts, stol tennisi, mini-futbol, milliy kuraş, şaxmat-şaşka, badminton   sport turlari böyiça  musobaqalar ötkaziş anʼanaga aylangan.

Obodonlaştiriş va bunyodkorlik işlarida ham viloyatimiz faxriylarining faolligini alohida qayd etiş joiz, albatta. Ötgan yil davomida qabristonlarni obodonlaştiriş, “yaşil makon” umummilliy  loyihasi doirasida  “mahalla yettiligi” va “Keksalar maslahati” guruhi  aʼzolari hamkorligida ibratli işlar amalga oşirildi. Mahallalar, köçalar, ariq va yöllar böyiga minglab mevali va manzarali köçatlar ekilib, ularning tizimli parvarişi yölga qöyildi.

2026 yil — “Mahallani  rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili”da ham barça saʼy-harakatlarimiz islohotlarning bekamu köst amalga oşirilişiga qaratilgan. Yil boşida viloyatimizning “Keksalar maslahati” guruhi va “Buvijonlar maktabi” rahbarlari, faol nuroniylar iştirokida keçgan yiğilişimizda rejalar ijrosi, ularning amaldagi holati özaro muhokama qilinib, galdagi vazifalar belgilab olingan.

Mazkur yilda maʼnaviy-maʼrifiy işlarni yanada keng miqyosda  olib borişni maqsad kilib oldik.   Viloyat teleradiokompaniyasi  va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda “Ahillik siri”, “Piru badavlatlik sari yöl”, “Qöşa qariş saodati”, “Uç avlod uçraşuvi” kabi  körsatuv va eşittirişlarni faol tarzda efirga uzatiş, tarğibot-taşviqot işlarini kuçaytiriş bugun eʼtiborimiz markazidagi vazifalardan hisoblanadi. Bundan taşqari, uzoq yillik mehnatlari bilan xalqimiz turmuş farovonligini yaxşilaş, xalq xöjaligini yuksaltiriş işiga hissa qöşgan  taniqli insonlarning bosib ötgan hayot yölini yoşlarga ibrat qilib körsatiş maqsadida, “Buxoro zamini yulduzlari” deb nomlangan xotira kitobini  naşrga tayyorlayapmiz. Nasib etsa, uşbu kitobimiz istiqlol bayrami arafasida dunyo yuzini köradi.

Bugungi şukuhli kunlarda mamlakatimizda Navröz umumxalq bayramini keng nişonlaşga qizğin tayyorgarlik işlari bormoqda. Davlatimiz rahbarining “2026 yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi qarorida bu yilgi Navröz ayyomida “Navrözni uluğlaş — insonni uluğlaşdir!” degan ezgu ğoyani özida mujassam etgan taşkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy hamda tarğibot tadbirlarini yuksak darajada taşkil etiş, ularda yurtdoşlarimizning faol iştirokini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratildi.

Buxorolik nuroniylar ham mazkur Qarorda belgilanganidek, yurtdoşlarimizga, yoşlarga tinç va osuda hayotimizni qadrlaş, suv va yer resurslaridan oqilona foydalaniş, şukronalik tuyğusini singdiriş borasida maʼrifiy tadbirlar taşkil etişmoqda. Şuningdek, keksa avlod vakillari, xususan, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va mehnat fronti faxriylarini eʼzozlaş, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yaşayotgan şaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan va kömakka muhtoj insonlarning holidan xabar oliş, ular uçun bayram dasturxonlarini taşkil etişda ham nuroniylarimiz boş bölib, mahalla faollari, yoşlar va xotin-qizlar vakillari iştirokida saxovat va xayriya tadbirlarini taşkil etmoqdamiz.

“Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatimizning barça hududlarida, köça va maydonlar, mahalla, tuman va şaharlarda obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. “Men ham köçat ekaman” aksiyalari va  umumxalq haşarlari taşkil etilmoqda.

El-yurtimiz tinçligi biz uçun eng uluğ neʼmatdir. Mana şunday şukuhli kunlarda ezgu niyatlarimiz bisyor. Ularni amalga oşiriş uçun nuroniylarimizda bilim, hayotiy tajriba va taşkilotçilik, taşbbuskorlik, barça-barçasi yetarli.  Joriy yilni ham yutuqlar hamda ezgu amallar bilan bezab, mahallalarda hamjihatlik, tinçlik, ahillik  muhitini asraş, oilalarda totuvlikni taʼminlaş, yoşlarni ona Vatanimizga munosib farzandlar etib tarbiyalaşda Prezidentimizning biz, nuroniylarga bildirayotgan yuksak işonçini oqlaş yölida astoydil harakat qilamiz va xalqimizning  mehru muhabbatiga muşarraf bölamiz.

Samoydin HUSENOV,

“Nuroniy” jamğarmasi

Buxoro viloyati bölimi raisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan