Tursunboy Abdijabborov, “Nuroniy” jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi raisi.

Bugun yurtimizda keksa avlod vakillarini qöllab-quvvatlaş, ularning boy hayotiy  tajribalari, ulkan bilim-malakasidan yoş avlod taʼlim-tarbiyasi, aholi farovonligini taʼminlaşda samarali foydalanişga davlatimiz rahbariyati tomonidan ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2025 yil 26 dekabrdagi Oliy Majlisga va köp millatli Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasida nuroniylar, mahalla faollari, keng jamoatçilik zimmasiga yoşlar tarbiyasida yanada masʼuliyatli bölişdek vazifalar yuklandi. Ayni taşabbuslarning tölaqonli amalga oşirilişida, islohotlarning samaradorligiga erişişda “Nuroniy” jamğarmasining joylardagi bölimlari tomonidan taşkillaştirib kelinayotgan tadbirlarning ahamiyati katta, albatta. Qoraqalpoğistonlik nuroniylar ham bugun özlariga körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörliklardan bahramand bölib, yoşlar tarbiyasi, oilalar totuvligini taʼminlaşda  keksa, örta va yoş avlod örtasida oltin köprik bunyod etiş va uni yanada mustahkamlaşda faol iştirok etib kelmoqdalar.

Qoraqalpoğiston Respublikasida ayni paytda 228210 nafar pensionerlar umrguzaronlik qilmoqda. Ikkinçi jahon uruşi davrida mamlakat içkarisidagi mehnat fronti faxriylari 75 nafar (şundan 57 nafari ayollar), 100 va undan yuqori yoşdagilar 15 nafarni taşkil qiladi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambağallikdan — farovonlik sari”dasturini amalga oşirişga faol nuroniylarni jalb etiş çora-tadbirlar töğrisida”gi 2024 yil 25 noyabrdagi  405-sonli Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida, mahallalardagi katta hayotiy tajribaga ega bölgan obrö-eʼtiborli uç nafardan faol nuroniylar beştadan kambağal oilalarga biriktirildi. Birinçi bosqiçning özida 1236 nafar faol nuroniy jalb etilib, ular 5939 nafar kambağal oilaga masʼul sifatida tayinlandilar. Oilalarni kambağallikdan çiqariş yönalişida xonadonlar tomorqalaridan samarali foydalaniş,  yuqori daromadli ekin turlari ekilişini taşkil etiş uçun jami 12304 gektar yer maydoni ajratilgan. Yetiştirilgan mahsulotlarni realizatsiya qiliş, oilani daromad topişga örgatiş uçun 5 ta köçma dökon, 22 ta kiçik işlab çiqariş uskunalari, 36 ta boşqa zarur texnika vositalarini bölib tölaş şarti bilan ijaraga olişga, 264 ta kambağal oilaga kreditlar ajratilişiga erişildi. 65 ta kambağal oilalarda issiqxonalar taşkil etişga kömaklaşildi. Şu bilan bir qatorda, kambağal oilalarga 3485 dona parranda tarqatildi. 312 tasiga qoramol va qöylar berildi. Bu kabi amaliy saʼy-harakatlar natijasida 2632 nafar oila kambağallikdan çiqarildi. Jumladan, 632 nafari işga joylaştirildi, 86 nafari özini-özi band qildi, 987 nafari kasbga yönaltirildi. 366 nafari qiziqişlaridan kelib çiqib, hunarmand va ustalarga şogirdlikka berildi.

2025 yil 2-yarim yilligida esa 452 ta mahalladan tanlab olingan 1236 nafar faol nuroniyga 6050 ta kambağal oila biriktirildi va olib borilgan taşabbuslarning samarasi ölaroq, 3709 nafar kambağal oila aʼzolarining bandligi taʼminlanib, kambağallikdan çiqarildi. Şundan 709 nafari işga joylaştirildi, 1658 nafari özini özi band qildi. 1342 nafari kasbga yönaltirildi.

Ötgan yili bir qator sport turlari böyiça taşkil etilgan musobaqalar qoraqalpoğistonlik nuroniylarning ham umriga umr qöşdi desak, mubolağa emas. Şaxmat turi böyiça ötkazilgan bellaşuvlarda 2350 nafar keksa avlod vakillari iştirok etgan bölsa, şaşka musobaqalarida 2920 nafar, mini-futbol böyiça taşkil qilingan bellaşuvlarda  2955 nafar, milliy kuraş turi böyiça ötkazilgan bahslarda 2260 nafar nuroniy sportçilar faol iştirok etdilar.

Mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy         muhit barqarorligini taʼminlaş maqsadida, respublika, tuman va şaharlar, mahallalar darajasida faoliyat yuritadigan “Nuroniylar va ota-onalar kengaşlari” taşkil etildi. Hozirda uşbu kengaşlar faollari yoşlarni vatanparvarlik ruhida, kasb-hunarli qilib tarbiyalaşda faol iştirok etib, yangi taşabbuslarni ilgari surişmoqda.

Nuroniylar,  yozuvçi, şoir, olim va sanʼatkorlar, sportçilar, fermer va hunarmandlar, Özbekiston Qahramonlari, davlat mukofoti sohiblari, korxona va taşkilotlar rahbarlari iştirokida ötayotgan “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlari yoşlar uçun çin maʼnoda ibrat maktabiga aylanmoqda.

“Heç kim mehr va eʼtibordan çetda qolmasin!” şiori ostida Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahri va tuman bölimlaridan ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan 118 nafar özgalar parvarişiga muhtoj yolğiz keksalar va yolğiz yaşaydigan keksalarning röyxatlari şakllantirilib, ular belgilangan tartibda moddiy rağbatlantirildi. “Keksalar uçun turizm” loyihasi ham izçil taşkillaştirilib, Buxoro, Samarqand va Toşkent şaharlariga 108 nafardan, jami 324 nafar nuroniylarning, Xiva şahriga esa 8000 nafar nuroniylarning sayohati uyuştirildi.

“Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” loyihasi doirasidagi körik-tanlovning tuman, şahar, Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosidagi bosqiçlari uyuşqoqlik bilan taşkil qilindi. Tanlovning Özbekiston Respublikasi bosqiçida iştirok etgan qoraqalpoğistonlik faol nuroniy Saribiyke Qallaşova “Eng jonkuyar nuroniy” nominatsiyasi ğolibi böldi va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.

Nuroniylar jamoatçilik kengaşi va mahallalardagi “Keksalar maslahati” guruhlari tomonidan 7202 marta jamoatçilik nazorati tadbirlari amalga oşirildi. Bunda asosiy eʼtibor aholining ijtimoiy sohadagi muammolari, jumladan, oziq-ovqat va dori-darmon narxlarining sunʼiy oşirilişi, tadbirkorlik faoliyati, bandlik, tomorqadan va mavjud resurslardan oqilona foydalaniş, “Yaşil makon” tadbirlarining holatiga qaratildi.

Bu jarayonda nuroniylar bilan bir safda “Buvijonlar maktabi” jamoatçilik kengaşi faollarining ham öziga xos taşabbus körsatayotganliklarini alohida eʼtirof etiş joiz.

Maʼlumki, Qoraqalpoğiston Respublikasining 452 ta mahalla va ovul fuqarolar yiğinlarida 9-11 nafardan, jami 5075 nafar, jamğarma şahar va tuman bölimlarining har birida 15 nafardan, jami 270 nafar aʼzolardan iborat “Buvijonlar maktabi” taşkil etilgan bölib, ularga hududlardagi nuroniy onaxonlar, faol xotin-qizlar, jonkuyar ayollar qamrab olingan.

Ötgan 2025 yil davomida barça tumanlarda “Buvijonlar maktabi” jamoatçilik kengaşi aʼzolari iştirokida davra suhbatlari ötkazildi. “Nuroniy har bir oilaga masʼul” loyihasi, 2025 yil sentyabr oyi — “Oilalarni mustahkamlaş va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yaraştiriş oyligi” doirasida “Buvijonlar maktabi” jamoatçilik kengaşi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Xotin-qizlar qömitasi, Adliya vazirligi, Fuqarolik sudi sudyalari, Yoşlar işlari agentligi vakillari hamkorligida 452 ta mahalladagi xotin-qizlar faollari, qaynonalar va kelinlar  iştirokida “Qaynonam — onam mening, kelinim — bolam mening”  mavzusida seminarlar ötkazildi.

Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar tumanlardagi tarğibot guruhlari hamda biriktirilgan otinoyilar, “Buvijonlar maktabi” jamoatçilik kengaşi aʼzolari, mahalla raislari iştirokida örganilib, oilani saqlaş böyiça tuşuntiriş-tarğibot  işlari olib borildi. Şuningdek, tadbirlar davomida erta turmuş qurişning oldini oliş, kiyiniş madaniyatiga amal qiliş, milliy urf-odat va anʼanalarimizni asrab-avaylaşga bağişlangan   davra suhbatlari taşkil qilindi. Ayni amaliy saʼy-harakatlar natijasida Qönğirot tumanida 28 ta, Xöjayli tumanida 12 ta, Nukus tumanida 10 ta, Respublika böyiça jami 70 ta oilani saqlab qolişga erişildi.

“Buvijonlar maktabi” aʼzolari  “Maʼrifat orqali kambağallikni qisqartiriş” dasturi doirasida tumanlardagi mahallalar aholisi bilan uçraşib, ota-onalarga kambağallikdan qutulişning birinçi yöli —bolalarni ilmli, kasb-hunarli qiliş, mehnatga örgatiş ekanligini taʼkidladilar.

Umumtaʼlim maktablarida har oyning payşanba kuni “Nuroniylar tarbiyaviy soatlari”ni ötkaziş belgilangan bölib, faol nuroniylar tomonidan öquvçilarning maktabga kelib-ketişi, öqituvçilar tomonidan berilayotgan taʼlim-tarbiya jarayoni, yoşlarning maşğulotlardagi iştiroki örganilib, nazoratga olinmoqda. Öz navbatida, nuroniy otaxonu onaxonlar  öquvçilarga kiyiniş madaniyati, tartib-intizom qoidalariga amal qiliş, kattalarga hurmatda, kiçiklarga izzatda böliş, yaratilgan şaroit va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, puxta bilim oliş, kasb-hunar egallaş zarurligini uqtirmoqdalar.

Albatta, yuqoridagi kabi körsatkiçlar tizimli ravişda olib borilgan tadbirlar natijasidir. Biroq şunisi ham borki, oldinda hali yutuqlarimizdan köra, hal etilişi lozim bölgan qator vazifalar turibdi. Şu maʼnoda, aytiş kerakki, 2026 yil — Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili barçamiz uçun matonat va şijoat yili bölişi zarur. Oldindagi vazifalarni tölaqonli ado etiş barçamizdan ğayrat-şijoat, yuqori masʼuliyat hamda işçanlikni talab qiladi.

Zero, mamlakatimizda nuroniylarning faolligini taʼminlaş jamiyatimizda farovonlik, tinçlik-xotirjamlikka erişiş demakdir. Negaki, uluğlari qadrlangan, ularga yuksak işonç-eʼtibor bildirilgan yurtda, şubhasizki, islohotlar bardavom, taraqqiyot esa muqarrar böladi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan