Tomorqadan samarali foydalaniş bilim va mahorat talab qiladi. Yetiştirgan mahsulotlaringiz dasturxonga yetib borsa, bahramandlar qölni duoga oçib, “Dehqonga rahmat” desa, bu ham ezgulikning bir körinişi, xayrli amaldir. Boşqa tarafdan, bugun “Olma piş oğzimga tuş” degan bilan iş bitmaydi. Yer tilini bilgan, mehnatdan qoçmaganning oşiği olçi bölayotganini anglaş qiyinmas.
Buxoro tumanining “Yangi turmuş” mahallasida tomorqa yerlaridan samarali foydalaniş, issiqxonalar taşkil etiş va aholi daromadlarini oşiriş borasida olib borilayotgan işlar öz samarasini bermoqda. Xususan, xonadonlarda taşkil etilayotgan issiqxonalar oilalar uçun qöşimça daromad manbaiga aylanayotgani quvonarli.
Masalan, Murod Asilovni olaylik. Ayni paytda nafaqada, ilgari haydovçilik faoliyati bilan şuğullangan. U 2022 yilda mahalladan ajratilgan imtiyozli kredit asosida xonadonida 2 sotix maydonda issiqxona taşkil etgan. Faoliyatidan yaxşi natijaga erişgaç, issiqxona maydonini kengaytirib, qöşimça 3 sotix issiqxona ham barpo etdi. Bugungi kunda jami 5 sotix maydondan samarali foydalanmoqda.
Murod aka issiqxonada ekinlarni mavsum asosida almaşlab ekib, yiliga uç marotabagaça hosil oliş imkoniyatidan foydalanadi. Noyabr oyida kartoşka ekiladi. Şundan söng bodring, keyingi mavsumda esa bulğor qalampiri yetiştiriladi. Mahsulotlar, asosan, içki bozorga çiqariladi. Natijada issiqxona oilaning muhim daromad manbalaridan biriga aylangan. Maʼlumotga köra, issiqxona faoliyatidan yiliga 50-60 million sömdan kam bölmagan daromad olinmoqda.
Bu yerdagi işlarni Murod aka öğli, kelini va nevarlari bilan birgalikda olib boradi. Oila aʼzolari böş vaqtlarida ekinlarni parvarişlaş, hosilni yiğib oliş hamda tayyor mahsulotlarni bozorga çiqariş bilan şuğullanadi.
Maysara NAZAROVA.