Inson umrining qadri uning neça yil yaşagani bilan emas, balki şu umrni qanday ötkazgani, ezgu işlari va odamlarga keltirgan foydasi bilan baholanadi. Ana şunday mazmunli umr egalaridan biri — içki işlar organlari tizimida uzoq yillar samarali xizmat qilgan, isteʼfodagi polkovnik Hayotilla Salihov bu yil tabarruk 91 yoşni qarşi oladilar.

Hayotilla Abdullayeviç 1935 yil 15 noyabrda Toşkent şahrining “Çaqiçmon” mahallasida Abdulla Salihov xonadonida dunyoga kelgan. Bolaligi uruş yillariga töğri kelgani bois, davrning oğir sinovlarini yoşligidan his qilib ulğaydi. Bu muhit uni mehnatga, sabr-toqatga va masʼuliyatga örgatdi.

Maktabni tamomlagaç, otasining maslahati bilan Toşkent temir yöl texnikumiga öqişga kirdi. Böş vaqtlarida parovoz haydovçisiga yordamçi bölib işlab, kasb sirlarini amaliyotda özlaştirdi. 1956 yilda Toşkent temir yöllar institutini, 1959 yilda esa Toşkent örta maxsus militsiya maktabini tamomladi. 1974 yilda Toşkent viloyati IIB boşliğining örinbosari lavozimida xizmat qilayotgan paytda sobiq Ittifoq IIV Akademiyasida tahsil olib, kasbiy bilim-malakasini yanada mustahkamladi.

1977 yilda Farğona viloyati IIB boşliğining birinçi örinbosari lavozimida işlagan Hayotilla Salihov şu yildan 1985 yilga qadar Örta Osiyo Transport militsiyasi boşqarmasi boşliği bölib xizmat qildi.

Öşa davrda Özbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirğiziston Respublikalari hamda Qozoğistonning janubiy viloyatlaridagi transport militsiyasi idoralari mazkur boşqarma tarkibida edi. Moskva tomonidan boşqariladigan, katta hududni qamrab olgan bu tizimga rahbarlik qiliş oson emasdi, albatta. Hayotilla Abdullayeviç  özining taşkilotçilik qobiliyati, qatʼiyati va tinimsiz mehnati bilan boşqarmaning nufuzini oşirişga munosib hissa qöşdi. Öz navbatida, uning fidoyi xizmatlari munosib baholandi. Hayotilla Abdullayeviç xizmat yillarida 11 ta orden va medal bilan taqdirlangan.

Bugungi kunda ustoz Hayotilla Salihovning oilasi mamlakatimizning eng namunali oilalaridan biri hisoblanadi. Kuyovi bojxona tizimida xizmat qilib, nafaqaga çiqqan isteʼfodagi polkovnik Anvar Karabayev, qizi isteʼfodagi mayor Feruza Salihova, şuningdek, qizlari musiqa fani öqituvçisi, pensioner Nargiza Malikova hamda logoped-öqituvçi Iroda Hayotovalar uning quvonçi va faxridir.

Oiladagi  mehr-oqibat ustozning kasbiy hayotida ham öz aksini topgan. Uni yillar davomida hurmat qilib kelayotgan şogirdlari bugun ham ustozni muntazam yöqlab, holidan xabar oladilar. Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi faxriysi Ş.Röziyev, Transport IIB Faxriylar kengaşi aʼzosi, isteʼfodagi polkovnik A.Jalilov kabi  şogirdlari ustoz huzuriga kelib, ötgan xizmat yillarini eslaydilar, safdoşlar xotirasini yodga oladilar. Suhbat söngida esa ustozning duosini oladilar.

Şogirdlarning yillar ötib ham ustozni izlab kelişlari — Hayotilla Abdullayeviçning xizmat faoliyati davomida qoldirgan öziga xos ibrati bölsa, ikkinçidan, inson sifatida u kişi qozongan hurmat-eʼtiborning yorqin namunasidir.

Hayotilla Abdullayeviçning 91 yillik umriga nazar taşlar ekanmiz, uruş yillaridagi oğir bolalik, temir yöl sohasidagi fidoyi xizmat, bilim oliş yölidagi qadamlar, içki işlar tizimidagi masʼuliyatli xizmat va  rahbarlik yillari bir-biri bilan tutaşib, yaxlit bir taqdirni namoyon etadi. Bu taqdir zamirida farzandlar mehri, avlodlar davomiyligi va ustozini yillar ötib ham unutmagan şogirdlar oqibati mujassam.

Şu maʼnoda, aytiş kerakki, Hayotilla Abdullayeviçdek sadoqatli Vatan farzandlari bor ekan, mamlakatimizda qadriyatlar bardavom bölajak, albatta.

Bahodir Valiyev.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan