Kitob, ilmu maʼrifat insonni jaholatdan, zulmatdan yoruğlikka, saodatga olib çiquvçi vositadir. Ilmu maʼrifat bilan maşğul bölmagan, mutolaani sevmagan, uni yoqimli maşğulotga aylantirmagan inson öz hayotida köplab yöqotişlar qilişi yoki haqiqatni keç anglab yetişi muqarrardir. Keç anglamoq esa imkonni boy bermoqlikdir.
Bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida mutolaa könikmalarini şakllantiriş va qöllab-quvvatlaş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Yurtboşimiz tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlar zamirida maʼrifatli jamiyatni barpo etiş, ertangi kunga işonçni mustahkamlaş ğoyasi mujassamdir.
Ana şunday ezgu taşabbuslarning amaldagi yorqin namunasini Xorazm viloyati Şovot tumani “Özbekiston” qişloği “Oq köl” mahallasida istiqomat qiluvçi nuroniy ijodkor Ortiqboy Mangliboyev faoliyatida köriş mumkin.
Ortiqboy Mangliboyev 1939 yilda Şovot tumanida tuğilgan.
1958 yilda örta maktabni tamomlagan. 1964-1968 yillarda Urganç davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. Uzoq yillar pedagogik faoliyat bilan şuğullanib, tumandagi 14-, 15 – va 16-maktablarda samarali mehnat qilgan.
Köp yillik fidokorona mehnati va ijodiy faoliyati eʼtirof etilib, 2021 yilda 1-darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan. Şu bilan birga, u Turon va Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi hisoblanadi.
Ortiqboy Mangliboyev bugungi kunda badiiy ijodning nazm, nasr va publitsistika janrlarida barakali qalam tebratib kelmoqda. Şu kungaça yigirmadan ortiq kitoblar muallifi bölgan ijodkor har yili kamida uçta yangi asarini naşrdan çiqarişga muvaffaq bölmoqda.
Adibning kitoblarini mutolaa qilgan har bir kitobxonning maʼnaviy dunyoqaraşi kengayib, tafakkuri teranlaşadi. Uning asarlari hayotda öz örnini topişga intilayotgan yoşlar uçun göyo yölçi yulduz vazifasini ötaydi.
Ortiqboy Mangliboyev bilan suhbatlaşgan inson uning kamtarligi, sözidagi samimiyat va ijodga çeksiz mehrini darhol his etadi. U bilan har bir uçraşuv maʼnaviy ozuqaga boy suhbatga aylanadi. Qariyb 90 yoşni qarşilayotgan bölişiga qaramay, nuroniy ijodkor hozirgi kunda ham izlanişda, yangi kitoblar yoziş bilan band.
Ijodkorning muvaffaqiyatlarida uning umr yöldoşi Darmonjon Karimovaning ham hissasi beqiyos. U uzoq yillar ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi sifatida faoliyat yuritgan. “Xalq maorifi aʼloçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan.
— Ön nafar farzandni dunyoga keltirib, qahramon ona böldim. Farzandlarimning taʼlim olişi va hayotda öz örinlarini topişida turmuş örtoğim bilan yelkama-yelka harakat qildik. Bugun farzandlarimiz turli sohalarda — şifokor, öqituvçi, psixolog, harbiy, huquqşunos, advokat sifatida faoliyat yuritmoqdalar. Yigirma olti nafar nevaram, yigirma beş nafar çevaram bor. Ön ikki nevaram — oliy maʼlumotli. Uyimizda kitobxonlik muhiti şakllangan. Deyarli har kuni nevaralarimiz bilan kitob öqiymiz, tahlil qilamiz va bir-birimizga yangi asarlar tavsiya etamiz, — deydi onaxon mamnunlik bilan.
Mangliboyevlar xonadonida kitob mutolaasi oddiy maşğulot emas, balki hayot tarzi. Oila aʼzolari örtasidagi maʼnaviy muhit, ilmga bölgan hurmat va kitobga muhabbat yoş avlod tarbiyasida muhim örin tutmoqda.
Bugun maʼrifatli jamiyatni barpo etiş yölida amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar, avvalo, ana şunday kitobxon oilalar timsolida öz amaliy ifodasini topmoqda. Zero, kitobxon oila — yurt tayançi, maʼnaviyat maskani hisoblanib, öz navbatida, u — kelajak bunyodkorlarini tetapoya qiladigan muqaddas oşyondir.
Asadbek Yusuf.