Yer — xalqning eng katta boyligi. Uni köpaytirişning imkoni yöq. Ammo undan oqilona foydalaniş orqali yuzlab oilalarning kelajagini taʼminlaş mumkin. Bugun aholi sonining ösişi, yoş oilalarning köpayişi va uy-joyga bölgan ehtiyojning ortişi nafaqat Angor tumani, balki mamlakatimizning barça hududlari uçun dolzarb masalaga aylanmoqda.
Keçagina bir hovlida bir oila yaşagan bölsa, bugun öşa hovlida ikki, uç, hatto tört oila istiqomat qilmoqda. Öğillar uylanmoqda, qizlar turmuş qurmoqda, nevaralar voyaga yetmoqda. Bu esa yaşaş maydonining qisqarişi, maişiy muammolar va ayrim hollarda oilaviy kelişmovçiliklarning yuzaga kelişiga sabab bölmoqda.
Şunday bir paytda Angor tumanida mavjud hududlardan unumli foydalaniş orqali yoş oilalar uçun qöşimça tomorqalar taşkil etiş imkoniyatini yaratuvçi taşabbus ilgari surilmoqda. Maʼlumki, mahallalarda önlab yillar avval qurilgan uylar bilan keyinçalik barpo etilgan xonadonlar orasida ariqlar, eski molxonalar va amalda samarasiz foydalanilayotgan hududlar saqlanib qolgan. Uşbu yer maydonlarini qayta rejalaştiriş orqali katta imkoniyatlar oçilişi mumkin.
“Nuroniy” jamğarmasi Angor tumani bölimi taşabbusi bilan fuqarolarning özaro kelişuvi asosida ariqlarni yangi joyga köçiriş, eski molxonalarni tartibli ravişda boşqa hududga joylaştiriş taklif qilinmoqda. Bu işlarning barçasi aholining roziligi va hamjihatligi asosida amalga oşirilişi közda tutilgan.
Mutaxassislar taʼkidlaganidek, yerdan oqilona foydalaniş bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri. Angorda taklif etilayotgan taşabbus amalga oşsa, taxminan 300-400 metrli yangi köça barpo etilişi, 60-80 tagaça yangi tomorqa taşkil etilişi mumkin. Har bir xonadon yöl uçun belgilangan yer maydonini ajratsa, zamonaviy va tartibli infratuzilma şakllanadi. Bu taşabbusning eng muhim jihati şundaki, u davlat byudjetiga ortiqça yuk tuşirmasdan, aholining özi iştirokida amalga oşiriladigan ijtimoiy loyiha hisoblanadi. Eng muhimi, yoş oilalarning uy-joy muammosini yumşatişga, qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaşga va mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni taʼminlaşga erişiladi.
Bugun mamlakatimizda mahallalarni obod qiliş, aholi turmuş farovonligini oşiriş va yer resurslaridan samarali foydalaniş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Angorlik nuroniylar tomonidan ilgari surilgan uşbu taşabbus ana şu ezgu maqsadlarga hamohangligi bilan ham ahamiyatlidir. Uşbu taşabbus doirasida tumandagi “Yangiobod” mahallasida xayrli işlar boşlanmoqda. Ular boşqa mahallalarga ham köçsa, nur ustiga aʼlo nur bölar edi.
Eson Mardonov,
“Nuroniy” jamğarmasi Angor tumani bölimi raisi.