Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi va Özbekiston mahallalari uyuşmasi tomonidan 2026 yil 30 yanvar kuni hamkorlikda qabul qilingan “Mahallalar faoliyatini yanada samarali taşkil etişda mahalla fuqarolari yiğini raisi, uning keksalar va faxriylar işlari böyiça maslahatçisi, “mahalla yettiligi”, “Keksalar maslahati” guruhining hamkorlikdagi faoliyatini tizimli ravişda amalga oşirilişini taʼminlaş töğrisida”gi qöşma qarorida nuroniylar har bir köçaga “köçabay” biriktirilişi belgilandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 92-sonli Qarori, 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oşiriş va uning aholi muammolarini hal etişda birinçi böğin sifatida işlaşini taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi 209-sonli Farmoni va yana qator hujjatlarga asosan, bugun “mahalla yettiligi” hamda jamoatçilik asosida faoliyat yuritayotgan mahalla raisining keksalar va faxriylar işlari böyiça maslahatçisi, şuningdek, “Keksalar maslahati” guruhi aʼzolari özaro hamjihatlikda iş olib borişmoqda.
Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi va Özbekiston mahallalari uyuşmasi tomonidan qabul qilingan qöşma qarorda mahallalar faoliyatini yanada samarali taşkil etişda mahalla fuqarolari yiğini raisi, uning nuroniylar işlari böyiça maslahatçisi hamda “mahalla yettiligi”, “Keksalar maslahati” guruhining hamkorlikdagi faoliyatini tizimli taşkil etilişini taʼminlaş böyiça “Yöl xaritasi” tasdiqlandi.
Uşbu hamkorlik doirasida “Nuroniy” jamğarmasi taşabbusi bilan har bir köçada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxşilaş, aholi örtasida hamjihatlikni mustahkamlaş hamda milliy urf-odatlar va qadriyatlar asosida haşar işlarini samarali taşkil etiş maqsadida nuroniylarni har bir köçaga “köçabay” biriktiriş belgilandi.
Mazkur hujjatda mahallalarda obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş, sanitariya holatini yaxşilaş, “yaşil makon” loyihasi doirasida daraxtlar ekiş işlarida nuroniylar faolligini oşirişga alohida eʼtibor qaratilgan.
Şuningdek, mahallalarga “Yangi Özbekiston qiyofasi”ni tatbiq etişda nuroniylarning boy hayotiy tajribasi, maʼnaviy salohiyati va jamoatçilikdagi nufuzidan samarali foydalaniş, muddatli harbiy xizmatdan qaytib kelgan yoşlarni ijtimoiy moslaştiriş, bandligini taʼminlaş hamda ularni mahalla hayotiga faol jalb etiş böyiça manzilli çora-tadbirlarni amalga oşirişda, aholi va yoşlar örtasida şukronalik kayfiyatini şakllantiriş, mahallalardagi obodlik va yangilanişlar mohiyatini tuşuntiriş, soğlom turmuş tarzini aholi va yoşlar örtasida keng tarğib etiş va ijtimoiy maʼnaviy muhitni yaxşilaş, oilalar mustahkamligini taʼminlaşda nuroniylarning boy hayotiy tajribasi va kömagidan foydalanişga alohida eʼtibor qaratilgan.
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda oilalarda tinçlik va xotirjamlikni taʼminlaşda sabr, matonat, qanoat fazilatlarini tarğib etişda nuroniylarning eng ilğor tajribalarini örganiş va ularni ommalaştiriş, kambağallikni qisqartirişda va jinoyatçilik hamda işsizlik yuqori bölgan mahallalarda, şuningdek, kambağallikni qisqartirişda eng oğir 903 ta mahallada tarğibot-taşviqot va amaliy işlarni taşkil etişda nuroniylarning maʼnaviy kömakçiligidan va imkoniyatlaridan samarali foydalaniş belgilangan.
Mazkur hujjatga köra, mahallalarda töy va boşqa marosimlarni tartibga soliş orqali isrofgarçilik, boqimandalik, isteʼmolçilikka çek qöyiş hamda tejamkorlik, tadbirkorlik fazilatlarini tarbiyalaşda nuroniylar tarğibotçiligi qöllab-quvvatlanadi, ularning jamoat işlarida faol iştiroki taʼminlanadi hamda “yaşil makon” loyihasi doirasida daraxtlar ekişda, kambağallikni qisqartirişda faollik körsatgan keksa-nuroniylarni “Navbahor” sanatoriysida salomatligini tiklaş çoralari köriladi.
Şuningdek, yuqoridagi işlar samaradorligini oşiriş maqsadida nuroniylarning sifatli va mazmunli dam olişlarini taʼminlaş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş hamda hayotiy tajribalarini boyitiş maqsadida Özbekiston Respublikasining turli hududlariga sayohatlari taşkil etiladi. Davlat siyosatining ustuvor yönalişlari, keng kölamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini keng jamoatçilikka yetkazişda nuroniylar tarğibotçiligini keng yorituvçi maʼnaviy-maʼrifiy körsatuvlar, medialoyihalar uçun tavsiya va takliflar tayyorlaş, kontentni rivojlantirişda nuroniylar iştirokini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratiladi.
Qöşma qarorda belgilangan vazifalar nuroniylarning jamiyatdagi örni va rolini yanada yuksaltiriş, yoşlar tarbiyasi va mahallalardagi maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşirişdagi masʼuliyatini kuçaytiriş, ularga eʼtibor va ğamxörlik körsatiş yölida mamlakatimizda olib borilayotgan ezgu işlarni yana yangi bosqiçga kötarişda muhim ahamiyat kasb etişi şubhasiz.
B.Valiyev.