“Iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–115-son, 23.06.2026 y.) qabul qilindi.
Farmonga köra, 2026 yil 1 iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam tölovlari miqdorlari 7 foizga oşiriladi. Bunda:
– yoşga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 983000 söm;
– nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1083000 söm;
– Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
– 3 yoşgaça bölgan 1 ta kiçik farzandi uçun – 386000 söm, 3 yoşdan 18 yoşgaça bölgan 1 ta farzandi uçun – 295000 söm;
– oilaning 2-farzandi uçun qöşimça – 177000 söm;
– oilaning 3- va undan keyingi har bir farzandi uçun qöşimça – 118000 söm;
– Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uçun moddiy yordamning oylik miqdori – 450000 söm etib belgilandi.
– 2026 yil 1 sentyabrdan byudjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oşiriladi.
– 2026 yil 1 iyuldan pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – oyiga 504000 söm etib belgilandi.
– 2026 yil 1 sentyabrdan:
▪️ mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori – oyiga 1360000 söm;
▪️ bazaviy hisoblaş miqdori – 440000 söm etib belgilandi.