Buyuk davlat arbobi, qudratli sarkarda hamda ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi sifatida insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qöşgan buyuk Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nişonlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli qarori qabul qilinib, mamlakatimizda keng kölamli maʼrifiy va ilmiy tadbirlarni taşkil etiş belgilangan edi.

Qarorga muvofiq,  Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi mamlakatimiz böylab keng nişonlanmoqda.  Bu sanaga faqat tarixiy yubiley sifatida emas, balki milliy özlikni anglaş, boy maʼnaviy merosni çuqur örganiş va uni keng jamoatçilikka yetkazişga qaratilgan muhim jarayon sifatida qaralmoqda.

Şuningdek, har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb eʼlon qilinib, taʼlim muassasalari, ilmiy markazlar va mahallalarda temurşunos olimlar, yozuvçi va sanʼatkorlar iştirokida uçraşuvlar, davra suhbatlari va maʼrifiy tadbirlar ötkazilmoqda.

Buyuk Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bağişlab, Özbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qömitasi hamda Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi taşabbusi bilan Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahridagi “Oqsaroy” majmuasida “Amir Temur davlatçiligi tarixida Turon malikalarining örni” mavzusida taşkil etilgan ilmiy-maʼrifiy anjumanda taniqli yozuvçi Şahodat Isaxonovaning “Bibixonim” tarixiy romani taqdimoti bölib ötdi.

Ötmişda yaşab ötgan buyuk momolarimizning matonati, jasorati, xalq, millat taqdiri, maʼnaviyati va madaniyatida tutgan örni, ularning şonli va ibratli hayot yöli, faoliyati bugungi kun xotin-qizlariga har jihatdan örnakdir. Taniqli yozuvçi Şahodat Isaxonovaning Temuriy malikalar hayotiga atab yozilgan turkum romanlariga bugungi kunda nafaqat mamlakatimizda balki xalqaro adabiy davralarda ham keng baho berilmoqda. Uşbu asarlar asosida sahna asarlari yaratilmoqda.

“Bibixonim” tarixiy romani Sohibqiron saltanatining toji, malika Saroymulkxonim hayotiga bağişlangan bölib, Bibixonim öz davrining maʼrifatli, oqila, oliyjanob, teran fikrli ayollaridan edi. Amir Temurga yelkadoş, avlodlari taʼlim-tarbiyasiga masʼul malika hayot sinov va evrilişlarida sönggi lahzagaça sadoqatda sobit böldi, öz şarafini saqlay oldi.

Taqdimotda Temuriy malikalar hayotini örganişning ahamiyati haqida söz yuritildi. Şuningdek, Şahodat Isaxonova “Bibixonim” romanining yaratiliş tarixi, ahamiyati haqida gapirib, iştirokçilarning savollariga atrofliça javob berdi.

Tadbir barçada ulkan taassurot qoldirdi.

Saodat Boymirzayeva,

Özbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qömitasi

matbuot kotibi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan