Toşkentda qirğiz xalqining “Oq qalpoq” milliy bayrami keng nişonlandi
Özbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari böyiça qömitasi, Özbekiston qirğiz milliy madaniy markazi hamda Isteʼdodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş “Uluğbek” jamğarmasi hamkorligida özbek va qirğiz xalqlari örtasidagi azaliy qardoşlik, madaniy birlik va qadriyatlar tarannumi bölgan “Milliy meros — özlik timsoli” şiori ostida “Oq qalpoq” qirğiz milliy bayrami taşkil etildi.
Qirğiz xalqining milliy ğurur ramzi hisoblangan “Oq qalpoq” bayrami munosabati bilan taşkil etilgan uşbu tantana çinakam döstlik va hamjihatlik ayyomiga aylandi.
Tantanada davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus vakillari, madaniyat namoyandalari, şuningdek, Özbekiston qirğiz milliy madaniy markazi faollari, aʼzolari hamda markazning viloyat bölimlari raislari va keng jamoatçilik vakillari iştirok etdilar.
Tadbirning oçiliş qismida Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari böyiça qömita raisi Qahramon Sariyev sözga çiqib, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş ikki davlat örtasidagi strategik şeriklik va xalqlarimiz örtasidagi döstlikning muhim poydevori ekanini alohida taʼkidladi.
Şuningdek, Qirğiziston Respublikasining Özbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elçisi Duyşonkul Çotonov hamda Özbekiston qirğiz milliy madaniy markazi raisi Rahmatulla Jabborovning maʼruzalari tadbirga yuksak mazmun bağişladi. Sözga çiqqanlar mamlakatimizda millatlararo totuvlikni taʼminlaş borasidagi islohotlar, markaz va uning viloyat bölimlari tomonidan amalga oşirilayotgan xayrli işlar hamda “Oq qalpoq”ning maʼnaviy ahamiyatiga töxtalib ötdilar.
Bayramning badiiy qismi ikki xalq sanʼatining naqadar uyğun va yaqin ekanini yana bir bor isbotladi. Juda yuqori kayfiyatda va kötarinki ruhda ötgan dastur doirasida “Marjon” milliy xalq havaskorlik ansambli ijrosidagi “Molmolum” qirğiz xalq qöşiği va nafis “Tanovar” özbek milliy raqsi bilan iştirok etdi. Xonanda Ollobergan Ortiqov ijro etgan “Xorazm lazgisi” sadolari davraga özgaça şöx va şijoatli kayfiyat bağişladi.
“Zamindan çiqqan birinçi komuzçilar uy-bölasi” va “Komuzçilar” jamoasining mahoratli çiqişlari yiğilganlarni yuksak toğlar bağriga, ajdodlarning betakror kuy-ohanglari olamiga yetakladi. Xonanda Tölqin Fayziyev ijrosidagi dilrabo qöşiqlar bayram şodiyonasiga özgaça fayz, şukuh bağişladi.
Tadbirning esda qolarli lahzalaridan biri mehmonlarga ramziy maʼnoda qirğiz milliy boş kiyimi — oq qalpoqlarning sovğa qilinişi böldi. Bu tuhfa nafaqat milliy libos, balki ikki xalq örtasidagi samimiy hurmat, işonç va qardoşlik belgisi sifatida qabul qilindi.
Bayram yakunida iştirokçilar birlik va totuvlikni ifoda etuvçi jamoaviy fotosessiyada qatnaşdilar. Juda gözal va fayzli ötgan uşbu “Oq qalpoq” bayrami Özbekistonda yaşayotgan turli millat vakillari örtasidagi totuvlikni mustahkamlaşga va madaniy merosimizni uluğlaşga xizmat qiladigan navbatdagi muhim qadam böldi.
Rahmatulla JABBOROV,
Özbekiston qirğiz milliy madaniyati markazi raisi.