Bugun muhtaram Prezidentimiz taşabbuslari bilan yurtimizda iş olib borayotgan faol nuroniylar, ularning körsatayotgan taşabbuslari, ayni yoşi uluğ insonlar iştirokida davom ettirilayotgan loyihalar öz samarasini bermoqda. Şunday bölişi ham tabiiy. Negaki, yoşi uluğ, piri badavlat, hayotning aççiq-çuçugini totgan keksalar boş qöşgan har qaysi iş munosib meva bermay qolmaydi, albatta.

Buning yorqin isbotini “Nuroniy” jamğarmasi Sirdaryo tumani bölimi faoliyati misolida körişimiz mumkin. Avvalo, bölim faoliyatida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning turmuş darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 167-sonli, 2023 yilda 11 mart kunidagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 92-sonli Qarorlari va yana qator hujjatlarning dasturilamal bölib kelayotganligini alohida qayd etiş joiz.

Hozirda tumanda 12709 nafar yoşga doir nafaqa oluvçilar istiqomat qiladi. Ularning 4557 nafarini erkaklar, 8152 nafarini ayollar taşkil etadi. Uruşorti mehnat faxriylari soni 16 nafar. Şundan 5 nafari — erkak, 11 nafari — ayollar. 2 nafar 100 yoş va undan oşganlar bor.

Tumandagi 38 ta mahallada 570 nafar “Keksalar maslahati” guruhi aʼzolari, 190 nafar “Buvijonlar maktabi” jamoatçilik kengaşi aʼzolari faoliyat olib borişmoqda.

—  “Nuroniy — har bir oilaga masʼul” loyihasi asosida  mahallalardagi 38 ta muammoli oilaga nuroniylar biriktirilib, muntazam olib borilgan tuşuntiriş işlari, amaliy saʼy-harakatlar natijasida ötgan yili 36 ta oila  muammoli toifadan  çiqarildi, —  deydi “Nuroniy” jamğarmasi Sirdaryo tumani bölimi raisi Rasul Veysalov. — “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyiliga muvofiq, 380 nafar uyuşmagan va muammoli yoşlarga biriktirilgan 38 nafar nuroniy  tomonidan 2025 yilda olib borilgan amaliy  işlar natijasida 52 nafar yoşning bandligi taʼminlandi, 100 nafar yoş kasb-hunarga yönaltirildi,  178 nafar yoşning turli muammolari bartaraf etildi. Natijada, biriktirilgan 380 nafar muammoli yoşning 330 nafari soğlom ijtimoiy-maʼnaviy hayotga qaytarildi. Faxriy nuroniylar, örta avlod vakillari hamda yoşlar örtasida  yil davomida jami 338 marotaba  “Uç avlod uçraşuvi”  tadbirlari ötkazildi.

Aholi va keksa avlod örtasida soğlom turmuş  tarzini keng tarğib qiliş hamda nuroniylarni ommaviy sportga jalb etiş maqsadida, ötgan yil davomida “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi va mutasaddi taşkilotlar hamkorligida sportning şaxmat-şaşka, mini-futbol, kuraş va tennis turlari böyiça sport musobaqalari, “Salomatlik uçun 5000 qadam”  tadbirlari ötkazilib, ularga 6485 nafar iştirokçi jalb etildi.

“Keksalar uçun turizm oyligi” va turizm tadbirlari doirasida respublikamizning diqqatga sazovor joylari, ziyoratgohlar, muzey va teatrlar, yurtimizning sölim göşalariga  taşkil etilgan  sayohatlar hamda tomoşalarga birgina 2025 yilda 5670 nafar nuroniy jalb qilindi. “Kambağallikdan — farovonlik sari” tamoyiliga asosan tadbirlar 2 bosqiçda amalga oşirildi. 38 ta mahallada katta hayotiy tajribaga ega bölgan obrö-eʼtiborli 114 nafar faol nuroniy tomonidan olib borilgan işlar natijasida 1-mavsumda 543 ta oila, 2-mavsumda esa 540 ta oilaning 522 tasi kambağallik reyestridan çiqarildi. Joriy yilda ham belgilab olingan reja va dasturlar asosida öz faoliyatimizni davom ettirmoqdamiz. Maqsadimiz — nuroniylarimizning hayotiga maʼno-mazmun kiritiş, umrlariga umr qöşiş, salomatliklarini muhofaza qiliş. Ular qançalik jamiyatimizda faollik körsatib, islohotlar natijadorligiga öz hissalarini qöşar ekanlar, yanada soğlom, xuşçaqçaq bölib, yonimizda turadilar.

— Nafaqaga çiqqanimdan söng “Nuroniy” jamğarmasi tomonidan mahallamizdagi kambağal oilalar, keksa faxriylar, yotib qolgan bemorlarga moddiy va maʼnaviy yordamlar körsatilayotganligi bir neça bor quloğimga çalindi, — deydi tuman faxriylaridan biri Rahmat Döstov. —  Bu yurtimiz böylab olib borilayotgan oqilona davlat siyosati ekanligini angladim. Men ham bir guruh keksalar qatorida Toşkent şahriga sayohatga bordim. Sayohatimiz Zangiota ziyoratgohidan boşlandi. U yerdagi tarixiy obidalarni körib zavqlandik, jomeʼ masjidida namoz öqib, yurtimizga tinçlik, xalqimizga farovonlik sörab, duolar qildik. Sayohatimiz keçga qadar davom etib, poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari, yangi qurilişlarni körib, olam-olam taassurotlar bilan qaytdik. Biz, keksalarga mana şunday eʼtibor va ğamxörlik körsatayotgan muhtaram Prezidentimizga minnatdorlik bildiramiz. Uşbu taşabbuslarni amalga oşirişda Yurtboşimizga yelkadoş bölib turgan “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi rahbarlariga, jamğarmaning  Sirdaryo viloyati bölimi mutasaddilari hamda tumanimiz nuroniylariga boş bölib kelayotan  Rasul Veysalov kabi fidoyi yurtdoşlarimizga ham taşakkur aytamiz.

Ha, bugun sirdaryolik faol nuroniy otaxonu onaxonlarning ham şijoati-yu iştiyoqi oldingidan ança baland. Joriy yilda ham ular öz zimmalaridagi vazifalarni yuqori talabçanlik bilan ado etişda bardavom bölib, xalqimizning farovonligini taʼminlaş yuzasidan davlatimiz va hukumatimiz topşiriqlariga labbay deb javob bermoqdalar, şarafli xizmat yölida kamarbasta bölib kelmoqdalar.

B.Valiyev.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan