Ötgan haftada Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari mamlakatimiz böylab anʼanaviy örganişlarni amalga oşirdilar. Xususan, “Adolat” SDP Siyosiy Kengaşi raisi, partiya fraksiyasi rahbari Robaxon Maxmudova boşçiligidagi işçi guruh Farğona viloyatida aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ijtimoiy masalalarni joyida tahlil qildi.
Jarayon doirasida Robaxon Maxmudova Farğona tumanidagi “Huvaydo” ziyorat majmuasida “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi faollari, köpni körgan, duogöy otaxonlarimiz bilan samimiy suhbatlaşdi. Muloqot avvalida sönggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda olib borilayotgan hayotbaxş islohotlar, “mahallabay” işlaş tizimi va aholi farovonligini oşiriş yölidagi yangilanişlar haqida fikr almaşildi.
— Eʼtirof etiş kerak, farğonaliklar daryodil, mehmondöst va fikri tiniq xalq, — deydi partiya rahbari. — Nuroniy otaxonlarimizning bugungi özgarişlardan mamnunligi, ertangi kunga bölgan qatʼiy işonçi va duolari bizga yanada kuç bağişladi. Betakror siymo, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi Xöjanazar Huvaydo mangu qönim topgan uşbu maskanda yoşlar tarbiyasi va taʼlimiga ham alohida töxtaldik.
Zotan, bugungi şiddatli zamonda yoşlarimizni bilimli, yuksak odob-axloqli va barkamol avlod etib tarbiyalaşda keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribasi beqiyos maktabdir. Şu sababli suhbat davomida “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyilini hayotga keng tatbiq etiş masalasi ham keng muhokama qilindi. Nuroniylar tomonidan ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaş böyiça aniq takliflar berilgani esa bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.
Ilhomjon ABDUSALOMOV.