Olam — biz uçun sir-sinoat va möʼjizalarga töla had-hududsiz bir makondir. Inson — mavjudotlar oliysi, u ongu tafakkuri bilan boşqa jonzodlardan ajralib turadi. Şunday bölsa-da, odamzod, örni kelganda, mitti jonzotlardan ham ibrat oladi. Hayot maʼnosini uqadi. Xulosalar çiqaradi.
Ana şunday mehnatkaş, insoniyatga foyda keltiruvçi jonzodlardan biri asalaridir. Uning ayrim ibratli xususiyatlari barçamizni hayratda qoldiradi, albatta.
- Asalari faqat toza va pokiza gullardan ozuqa oladi. Yaʼni u halol va pok manbani tanlaydi.
- Asalari avval gulni çanglatadi, keyin undan ozuqa oladi. Yaʼni “olişdan oldin beriş kerak” qonuniga amal qiladi.
- Asalari gulga butun vaznini taşlamaydi. U qanot qoqqan holda ozuqa oladi. Yaʼni boşqalarga yuk bölmaydi, özi harakat qiladi.
- Asalari şerigi ozuqa olayotgan gulga tegmaydi. Yaʼni birovning rizqi va mehnatiga aralaşmaydi.
- Asalari maxsus raqs orqali yangi ozuqa manbasini boşqalarga xabar qiladi. U baxillik qilmaydi, foydali maʼlumotni boşqalar bilan bölişadi.
- Bir qoşiq asal tayyor bölişi uçun yuzlab asalarilar tinmay mehnat qiladi. Ammo şunça mehnat qilsa-da, minnat qilmaydi.
- Asalari ozuqa izlab kun böyi katta masofalarni bosib ötadi. U bahona qilmaydi, rizqi uçun harakat qiladi.
- Asalari öz uyasini himoya qiliş uçun jonini ham fido qilişga tayyor. Yaʼni u öz jamoasi va makoniga sodiq.
- Bir uyada ön minglab asalarilar birga yaşaydi. Ular jamoa bölib işlaydi, bir-birini qöllab-quvvatlaydi.