Ramazon — mehr-sahovat oyidir. Bu oyda insonlar röza tutib poklanadilar, bir-birlariga mehr-muruvvat körsatib, yaxşiliklar, ezguliklarga yöldoş böladilar. Ehtiyojmand oilalarga ehsonlar qilib, köngillarni obod qiladilar. Mohi Ramazonning har bir lahzasidan unumli foydalanib, ibodatu ziyoratda böladilar.
Joriy yilda ham uşbu ayyomni yuqori saviyada ötkaziş maqsadida, Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli qarori qabul qilingan. Qarorga asosan, oy davomida “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va şukronalik oyi” degan ezgu ğoya asosida kam taʼminlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş; mahallalarni özaro hurmat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantiriş; yer, suv, havo va tabiiy muhitni asraş, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni obod etiş; Ramazon oyi bilan boğliq tadbirlarni isrofgarçilikka yöl qöymasdan, ixçam, mazmunli va tejamkor ötkazişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Maʼlumki, Özbekiston ijtimoiy davlat sifatida insonparvarlik tamoyillariga asoslanadi, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar markazida inson qadrini uluğlaş, aholining ehtiyojmand qatlamini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, jamiyatda birodarlik muhitini şakllantiriş kabi ezgu maqsadlar turadi. Bu, ayniqsa, Ramazon oyida tölaqonli namoyon bölmoqda. Xususan, joylarda nuroniylar, yakka-yolğiz yaşovçi va ehtiyojmand fuqarolar, bemorlar holidan xabar olinmoqda. Oğir ahvolga tuşib qolgan oilalarga amaliy kömak körsatilmoqda.
Jumladan, Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida ham ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qöllab-quvvatlaş maqsadida xayriya iftorlik tadbiri taşkil etildi. Tadbir doirasida “Oqsaroy” tantanalar majmuasida 300 nafardan ziyod rözador fuqarolar uçun iftorlik dasturxoni yozildi. Unda nuroniylar, kam taʼminlangan oilalar vakillari hamda mahalla faollari iştirok etdi.
Farğona viloyati Buvayda tumanida yozilgan iftorlik dasturxonida tuman mahallalari aholisi hamda nuroniylar jam bölib, samimiy suhbat qurdilar. Yiğilganlar yurtimiz tinçligi, xalqimiz farovonligini sörab, duo qildilar.
Şuningdek, Namangan viloyatida ham “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va şukronalik oyi” şiori ostida xayr-ehson tadbirlari taşkil etilmoqda. Yangi Namangan tumanidagi “Kamolxon ota” milliy taomlar markazida yozilgan navbatdagi iftorlik dasturxoniga 100 nafar nuroniy, mehnat faxriylari va jamoat faollari taklif etildi. Samimiy va fayzli ruhda ötgan iftorlik davomida nuroniylar Yurtboşimizni duo qilib, yurt tinçligi, xalq farovonligi va Vatanimiz ravnaqi bardavom bölişini tiladilar.
Bu kabi tadbirlar jamiyatda ijtimoiy birdamlik, mehr-oqibat, bağrikenglik, hamjihatlikni qaror toptirişi barobarida muborak Ramazon oyining fazilatlari, axloqiy-maʼnaviy mazmun-mohiyatini tarğib etişi bilan yanada ahamiyatlidir.
Suğdiyona Sobirova.