Xalqimiz azaldan mehr-muruvvat, bağrikenglik, insonlarga yaxşilik qilişdek umumisoniy fazilatlarni uluğ sanagan. Hayotda va turmuşda ezgu, xayrli işlar qilişni öz burçi deb bilgan. Muborak Ramazon oyi xalqimiz sevgan, qadrlagan, undan ulkan maʼnaviy ruh, quvvat olgan gözal qadriyatlarimizdan biridir. Bu oy öz şukuhi va fayzi bilan hayotimizdan ajralmas örin olgan, albatta.
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda ötkaziş töğrisida”gi qarori eʼlon qilindi. Unda mamlakatimizda Ramazon oyini milliy anʼana va qadriyatlarga mos tarzda ötkazişga doir çora-tadbirlarni amalga oşiriş, xususan, “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va şukronalik oyi” degan ezgu ğoya asosida kam taʼminlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş; mahallalarni özaro hurmat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantiriş; yer, suv, havo va tabiiy muhitni asraş, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni obod etiş; Ramazon oyi bilan boğliq tadbirlarni isrofgarçilikka yöl qöymasdan, ixçam, mazmunli va tejamkorlik asosida ötkazişga alohida eʼtibor berilişi taʼkidlangan.
Şunga muvofiq, mamlakatimiz hududlarida obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş, haşar kabi xayrli işlarga qöl urilib, yöqlov tadbirlari ötkazilmoqda. Öz navbatida, joylarda uşbu taşabbusga keksa nuroniylar boş bölib, haşarda munosib faollik körsatmoqda.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan, ekologik barqarorlikni taʼminlaşga qaratilgan hamda xalqaro ahamiyatga ega “yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda har yili kuz va bahor mavsumida millionlab daraxt köçatlari ekilişi anʼanaga aylanib ulgurgan. Şunga köra, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida mevali va manzarali daraxt köçatlarini ekişga start berilib, “dolzarb 10 kun” doirasida keng jamoatçilik safarbar etilgan. Mamlakatimizning janubiy hududi — Sariosiyo tumanida bahor faslining erta kirib kelişi sababli köçat ötqazişni qisqa muddat içida samarali, tizimli taşkil etiş muhim ahamiyat kasb etadi. Şuni inobatga olgan holda, Sariosiyoning Yangi Özbekiston massivida navbatdagi köçat ekiş tadbiri ötkazildi. Unda tuman hokimi, mutasaddi rahbarlar, keksa nuroniylar, fuqarolar iştirok etdi, şuningdek, köçat ötqaziş tadbiriga “Mendan ketgunça, egasiga yetgunça” qabilida qaramaslik, ularning barqaror rivojlanişini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratiş kabi vazifalar ham belgilab berildi.
Namangan viloyati Kosonsoy tumani mahallalarida muborak Ramazon oyini munosib kutib oliş maqsadida keng kölamli haşar tadbirlari taşkil etildi. Köçalar tozalanib, ariq-zovurlar tartibga keltirildi, qabriston va ziyoratgohlar, mahalla atroflari obodonlaştirildi. Unda nuroniylar, mahalla fuqarolari va yoşlar hamjihatlik namunasini körsatdilar. Bu xayrli taşabbus nafaqat hududlar obodligiga, balki qalblar pokligi va jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlaşga ham xizmat qilmoqda.
Farğona viloyatining Buvayda tumanida ham obodonlaştiriş işlari boşlangan. Xususan, naymanliklar tomorqani daromad manbaiga aylantirişni maqsad qilib, mahallada mavjud 1017 ta xonadonning 790 tasi köçatçilik bilan şuğullanmoqda, mavsumiy bandlik va barqaror daromadga erişmoqda.
790 ta xonadonda taşkil etilgan issiqxonalarda yoqilğisiz, organik çiqindilar asosida köçat yetiştiriladi. Uşbu agronomik usul namlik va haroratni tabiiy ravişda saqlab, xarajatlarni keskin kamaytiradi. Köçatlar yiğib olingaç, çiqindilar qayta sotilib, qöşimça daromad keltirmoqda. Issiqxonalarda pomidor, bulğor qalampiri, karam, aççiq qalampir hamda baqlajon köçatlari tayyorlanadi. Natijada 1 sotix tomorqadan örtaça 19 million söm daromad olinib, aholining turmuş farovonligi oşmoqda.
Şuningdek, mazkur tumanda hududlarni obodonlaştiriş va mahallalarda yanada qulay muhit yaratiş maqsadida taşkil etilgan umumxalq haşarlari doirasida “Şör” va “Qum” mahalla fuqarolar yiğinlarida yaşovçi keng jamoatçilik vakillari jalb etilgan. Ariqlar tozalanib, betonlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Mazkur taşabbuslar obodonlaştiriş va mahalla birdamligini mustahkamlaşga qaratilgan bölib, joriy yil mazmun-mohiyatiga hamohang tarzda aholining birgalikdagi saʼy-harakatlarini namoyon etmoqda.
Qolaversa, joylarda yakka-yolğiz yaşovçi keksalar, bemorlar va kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olinib, nuroniylar, masʼullar va savobtalab kişilar hamkorligida ularga Ramazon hadyalari tarqatilmoqda. Zarur hollarda moddiy-maʼnaviy yordam körsatilmoqda. Şuningdek, içki bozorlarda narx-navoning barqarorligini taʼminlaş, aholi isteʼmoli uçun sifatli va hamyonbop mahsulotlarni rastalarga çiqariş maqsadida nazorat tadbirlari ötkazilmoqda. Bu kabi xayrli işlarda sariosiyolik, boysunlik, uzunlik, qönğirotlik, kosonsoylik, şuningdek, Farğona tumani, poytaxtning bir neçta mahallalari yetakçi nuroniylari, masʼullar va köngillilar öz hissasini qöşmoqda.
Suğdiyona Sobirova,
“Nuroniy” muxbiri.