nimalarga eʼtibor beriş kerak?

Bahor kelişi bilan insonlar organizmida ham moddalar almaşinuvi tezlaşadi va odamda vitaminlarga bölgan ehtiyoj oşadi. Vitaminlar moddalar almaşinuvida, hujayra va töqimalarning ösişi va qayta tiklanişida, organizmning kasalliklarga qarşi kuraşişida faol   iştirok etadi.

Bu yilgi bahorning ilk kunlari yurtimizda Ramazon oyiga töğri kelgani bois, tananing tozalanişi jarayonida vitaminlarga bölgan ehtiyoj yanada kuçayişini eʼtiborga oliş zarur.

Bahorda  şifokorlar yalpiz, ismaloq, jağ-jağ va boşqa kökatlardan tayyorlangan taomlarni tavsiya etişadi. Kökat va sabzavotlar isteʼmol qiliş tanada moddalar almaşinuvi, oşqozon-içak tizimi işining yaxşilanişi va yana boşqa aʼzolarning iş faoliyatini tartibga soladi.

Xalqimiz qadimdan bahorda sumalak va halim  tayyorlab, dasturxonga tortadi. Buğdoy va göştdan tayyorlangan bu taomlar vitaminga nihoyatda boy. Halimning öziga xos xususiyati şundaki, u oqsilga juda boy bölib, organizmga tez söriladi. Kişi tanasini ozuqaviy moddalar bilan töyintiradi.

Bahor faslida töyib isteʼmol qilingan mahsulotlar yil davomida bizga kuç-quvvat, darmon bağişlab turadi. Saharlik va iftorlik dasturxonimizda bahorgi taomlar — sumalak, halim, kökatli taomlar bölişi juda muhim.

Sumalak köklamning şifobaxş anʼanaviy taomi bölib, u qonni tozalaydi, jismni tetiklaştirib, kuç-quvvatni oşiradi. Nemis olimlari buğdoyda tokoferol moddasi borligini aniqlaşgan va u jenşen tarkibida uçraydigan Ye vitaminining özginasi ekanini isbotlaşgan. Olimlar taʼkidlaşiça, sumalak gipertoniya, gepatit, buyrak, meʼda-içak xastaliklariga yaxşi davo bölib, kon tarkibini yaxşilab, meʼda-içak faoliyatini meʼyorga keltiradi, asabni tinçlantiradi, yaxşi uxlatadi. Saharlik dasturxonida sumalak bölişi kun davomida insonni töq tutadi va kerakli vitaminlar bilan töyintiradi.

Halim tayyorlaşda buğdoy, göşt, ösimlik moyi işlatilgani sababli bu taom oqsilga juda boy. Oqsil esa inson organizmida “kuriliş materiali” vazifasini bajaradi. U organizmning kasalliklarga qarşi kuraşiş qobiliyatini oşiradi. Xalq tabobatida halim tarkibidagi ekstraktiv moddalar meʼda-içak, markaziy asab tizimi, miya, yurak faoliyatini yaxşilaşga yordam berişi isbotlangan. Bu taom ham, albatta, saharlik dasturxoniga tavsiya etiladi. Iftorlikda halimni imkon qadar isteʼmol qilmaslik lozim, sababi, u sekin hazm böladi.

Bahoriy kökatlar tarkibida turli xil vitaminlar, oqsil, efir moylari, kislotalar, temir, rux, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy kabi elementlar va boşqa biologik moddalar bor. Yalpiz, jağ-jağ, ismaloq, otquloqdan tayyorlangan somsa, çuçvara, mantining saharlik taomnomasida bölişi quvvatingizni oşiradi. Iftorlik dasturxoniga esa şivit, kaşniç, rediska, kökpiyoz solingan qatiq tavsiya etiladi. Gulkaram, bodring, pomidor qöşilgan salatlar ham foydali.

Ayniqsa, issiq kökatli somsaga yetadigani yöq. Tandir otaşida pişadigan uşbu taom inson organizmi uçun quvvatbaxşdir. U darmon bağişlovçi, qabziyatdan xoli etuvçi, közni ravşanlantiruvçi, keksalarga mador, yoşlarga quvvat beruvçidir.

Maysara Nazarova tayyorladi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan