yoxud uzrga töla 200 paket
Seuldan Kaliforniyaga 4 oylik çaqaloği bilan uçayotgan koreyalik ayol yölovçilarga xalaqit qilmaslik uçun noodatiy yöl tutdi. U har bir yölovçiga şovqinga qarşi quloq tiqinlari, şirinliklar solingan 200 ta paketni tarqatib çiqdi. Paket içida jajji maktub bölib, unda quyidagi sözlar yozilgan edi:
“Salom. Mening ismim Jun Vi. Endigina 4 oylikman, bugun onam va buvim bilan AQŞga xolamni körgani ketyapman. Bu mening birinçi parvozim bölgani uçun biroz asabiylaşib, yiğlaşim mumkin.
Xotirjam bölişga harakat qilaman, lekin şovqin solmayman deb vaʼda berolmayman. Agar yiğlab yuborsam, meni keçiring. Onam siz uçun bu paketçada şirinliklar va quloq tiqini solib qöygan. Juda şovqin qilsam, ulardan foydalaning. Sayohatingiz xayrli keçsin. Rahmat!”
Biroq ona behuda taşviş qilgan ekan. Jajji Jun Vi özini namunali yölovçi kabi tutib, parvozining butun 10 soatini uxlab ötkazdi.