– Dorilarni sovuq suv bilan içmang.
– Soat 17:00 dan keyin oğir ovqat yemang.
– Ertalab köproq, keçqurun esa kamroq suv içing.
– Uyqu uçun eng yaxşi vaqt 22:00 dan 04:00 gaça.
– Ovqatdan keyin darhol yotmang.
– Nonuştani ötkazib yubormang — u kun böyi energiya beradi.
– Ovqatdan keyin darhol çoy yoki qahva içmang.
– Kuniga kamida 30 daqiqa quyoş nuridan bahra oling.
– Qoronğida telefonni uzoq vaqt işlatmang.
– Kun böyi bir joyda ötirmang, har 1 soatda 5 daqiqa xona böylab yurişga harakat qiling.
– Quloqçinlarni baland ovozda eşitmang — eşitiş qobiliyatini asrang.
– Ovqatni köp suv bilan içib yubormang.
– Uxlaş vaqtida telefonni boşingizdan uzoqroqda qoldiring.
– Mevalarni ovqatdan keyin darhol isteʼmol qilmang.
– Ovqatni sekin çaynang, bu — hazmni yaxşilaydi.
– Ovqatni pişirişda işlatilgan yoğni qayta qizdirmang — u zararli böladi.
– Har kuni yetarli miqdorda suv içing, ayniqsa, issiq paytda.
Azizbek Toşqöziyev,
oliy toifali şifokor,
kardiolog, nutritsiolog.