Askarda harbiy könikmalar bilan bir qatorda, maʼnaviy-maʼrifiy salohiyatni yuksaltiriş — Vatan himoyaçisining maʼnaviy qiyofasini şakllantirişda hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi. Toşkent harbiy okrugi tasarrufidagi Sirdaryo tumanida joylaşgan Safarbarlik çaqiruvi rezervi batalonida “Maʼrifat karvoni” doirasida ötkazilgan “Maʼnaviyat keçasi” aynan ana şunday ezgu maqsadga xizmat qildi.

Tadbir Özbekiston Yoşlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengaşi, Mudofaa işlari boşqarmasi Faxriylar kengaşi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi, Guliston davlat universiteti qoşidagi “Qatağon qurbonlari” xotira muzeyi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Mirzaobod tumani bölinmasi, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi hamda maʼrifat tarğibotçilari hamkorligida yuqori saviyada taşkil etildi.

Unda mehnat faxriysi, şoir Jumaboy ota Qosimov özining hayotiy tajribasi, teran fikrlari va samimiyligi bilan yoş harbiy xizmatçilar qalbidan örin oldi. Keça davomida “Ölkada yuritilgan qatağonlik siyosati oqibatlari” nomli kitob taqdimoti ötkazilib, xalqimiz boşidan keçirgan murakkab va aççiq tarixiy sinovlar, qatağon siyosatining millat taqdiridagi oğriqli asoratlari va tarixiy xotirani asrab-avaylaş zarurligi haqida atrofliça söz yuritildi.

Davra suhbatida faxriylarning ibratli hayot saboqlari yoşlar uçun muhim tarbiyaviy manba bölgan bölsa, şoirlar ijrosidagi şeʼriy çiqişlar keçaga fayz bağişladi. Ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar xotirasini eʼzozlaş kabi ezgu ğoyalar ularda yorqin ifodasini topdi.

Rustam BEKTEMIROV.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan