Surxondaryo viloyati Boysun tumani Inkabod qişloğidagi Padangsoyda bahor, qiş faslida sel suvlari köpaygan paytlarda qişloqning narigi tomoniga ötişda katta qiyinçiliklarga duç kelinar, soyda maşinalar qolib ketar, öquvçilar esa maktabga boriş uçun uzoq yölni aylanib ötar edilar.

Uşbu qiyinçiliklarni bartaraf etiş maqsadida, mahalla ahli soy ustiga köprik qurişga qaror qildi. Uşbu ezgu işga kayvoni onaxon Öğlon momo Mamarajabova rahbarlik qiladigan böldi.

Momo uyma-uy yurib, xonadon egalari bilan gaplaşgan holda, yoşlarni haşarga, mehnatga, jamoa bölib işlaşga çorladi. Natijada hamma bir-birini qöllab-quvvatladi. Taşabbus quloç yoydi. Yozning 40-45 daraja issiq kunlarida ham onaxon işning boşiga tik turdi. Haşarçilarni içimlik suvi, oş-ovqat, zarur quriliş vositalari bilan taʼminlaş borasidagi işlarni taşkil qildi. Köprik qurilişi aholining hamjihatligi va birdamligi asosida haşar yöli bilan amalga oşirildi.

Mahalladagi yoşu qari, erkagu ayol birdek faol iştirok etdi. Savobtalab kişilar öz şaxsiy mablağlari hisobidan homiylik yordamlarini körsatdilar.

Köprikning uzunligi 25, eni 5, balandligi 7 metrni taşkil qilib, tuman hokimligi tomonidan quriliş jarayoniga temir va sement mahsulotlari yetkazib berildi. Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan inşootning tantanali oçiliş marosimi taşkil qilindi. Unda mahalla faollari, keksa-yu yoşlar, tuman hokimi B.Şukurov iştirok etdi. Hokim öz sözida bugungi kunda yurtimizda amalga oşirilayotgan olamşumul islohotlar va ularning öziga xos samaralari eʼtirofga sazovor ekanligini taʼkidlab ötdi.

Tantanada sözga çiqqanlar muhtaram Yurtboşimiz tomonidan   xalqimizning obod va farovon turmuşi yölida amalga oşirilayotgan işlar uçun ulkan minnatdorlik bildirdilar. Uşbu ezgu va xayrli işga boş-qoş bölgan Öğlon momoning matonati va şijoatiga tasannolar aytdilar.

Öğlon momo bugun yanada faol. Onaxon hamişa xalq orasida. Mahallada töy-haşamlarni tartibli, kamçiqim ötkaziş, nizoli oilalarni yaraştiriş bilan birga, “Obod xonadon”, “Obod köça”, “Obod mahalla”, “Yaşil makon” loyihalari doirasida olib borilayotgan  obodonçilik, quriliş-taʼmirlaş, tarğibot-taşviqot işlarida jonbozlik körsatib kelmoqda.

Onaxonning “mahalla yettiligi” bilan xonadonlarni toza, ozoda, saranjom-sarişta tutiş böyiça yoş kelin-qizlar bilan olib borayotgan işlari ham diqqatga sazovordir. Tinib-tinçimas, taşabbuskor kayvoni onaxon el taşvişi bilan yaşaşni öz burçi deb biladi.

Xalqimizda şunday insonlar bor ekan, elimiz farovon, yurtimiz yanada obod bölişiga aslo şubha yöq, albatta.

Eşdavlat Toşboyev,

“Nuroniy” jamğarmasi Boysun tumani bölimi raisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan