Iqtisodiyot va moliya vaziri matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi Ravşana Umarova iştirokida pensiya tizimini takomillaştiriş böyiça brifing ötkazildi.

Brifingda Özbekistonda pensiya tizimini bosqiçma-bosqiç takomillaştiriş, fuqarolarning pensiya taʼminotini kuçaytiriş va tizimning moliyaviy barqarorligini taʼminlaşga qaratilgan takliflar maʼlum qilindi.

Ayni paytda pensiya hisoblaşda, asosan, oxirgi 10 yildagi ketma-ket 5 yillik iş haqi inobatga olinadi. Iş haqining hisobga olinadigan yuqori çegarasi 6 million sömni taşkil etadi. Şuningdek, fuqarolarning iş staji va iş haqiga oid maʼlumotlar töliq raqamlaştirilmagan.

Jamğarib boriladigan pensiya tizimida ham fuqarolar iştiroki yetarli darajada emas. Özini özi band qilgan 5,9 million nafar fuqaroning 860 ming nafari ijtimoiy soliq tölagan.

Demografik özgarişlar ham pensiya tizimiga taʼsir körsatmoqda. 2025 yilda pensionerlarning aholi sonidagi uluşi 11,2 foizni taşkil etgan bölsa, 2040 yilga borib, bu körsatkiç 15 foizga yetişi kutilmoqda.

Şu munosabat bilan pensiya tizimini isloh qiliş böyiça bir qator takliflar işlab çiqilgan. Avvalo, 2027-2028 yillarda Pensiya jamğarmasining barça xizmatlarini elektron va proaktiv şaklga ötkaziş, sunʼiy intellekt, avtomatlaştirilgan koll-markaz va “Pensiya” mobil ilovasini joriy etiş rejalaştirilmoqda. Bu orqali fuqarolar öz iş staji, tölagan ijtimoiy soliği va kutilayotgan pensiya miqdori haqida yagona tizim orqali maʼlumot oliş imkoniga ega böladi.

Pensiya hisoblaşda inobatga olinadigan iş haqi davrini amaldagi 5 yildan bosqiçma-bosqiç 20 yilgaça oşiriş taklif etilmoqda. 2028 yildan iş haqining hisobga olinadigan yuqori çegarasini 6 million sömdan 6,6 million sömgaça oşiriş rejalaştirilgan.

Jamğarib boriladigan pensiya tizimida kam daromadli fuqarolarni rağbatlantiriş maqsadida ularning ixtiyoriy badallarining 50 foizigaça qismi davlat tomonidan qöşimça qoplanişi taklif etilmoqda. Şuningdek, xususiy va korporativ pensiya jamğarmalarini taşkil etiş uçun huquqiy asos yaratiladi.

Özini özi band qilgan şaxslar uçun ijtimoiy soliqni majburiy tölaş tartibini joriy etiş taklif qilinmoqda. Bunda yillik 440 ming sömlik tölovni oyma-oy amalga oşiriş imkoniyati beriladi. Bu orqali ularga iş staji, kelgusida pensiya oliş huquqi hamda ayrim ijtimoiy nafaqalardan foydalaniş imkoniyati yaratiladi.

Pensiya tayinlaş uçun talab etiladigan minimal iş stajini 2027 yildan boşlab, har yili bir yildan oşiriş va 2034 yilda 15 yilga yetkaziş taklif etilmoqda. Yetarli stajga ega bölmagan fuqarolar uçun amaldagi tartibda yoşga doir nafaqa oliş huquqi saqlanib qoladi.

Şuningdek, pensiya yoşini 2028 yildan bosqiçma-bosqiç özgartiriş taklif etilmoqda. Unga köra, 2039 yilga borib, erkaklar uçun pensiya yoşi 63 yoşga, ayollar uçun 58 yoşga yetkaziladi. Keçroq pensiyaga çiqib, mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolarni rağbatlantiriş mexanizmlari ham joriy etiladi.

Alohida taʼkidlanganidek, hozirda pensiya va nafaqa olayotgan fuqarolarga tayinlangan pensiyalar qayta körib çiqilmaydi va ularning tölovlari kamaytirilmaydi.

Taklif etilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi pensiya miqdorini qisqartiriş emas, balki fuqaroning butun mehnat faoliyati, iş staji, rasmiy daromadi va tölagan ijtimoiy soliğini hisobga oladigan adolatli va barqaror pensiya tizimini şakllantirişdan iborat.

Bahodir Valiyev.

 

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan