Poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazida nuroniylar va yoşlar iştirokida maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuv bölib ötdi. Unda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, senator, Özbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev, jamğarma raisining örinbosari Şuhrat Usmonov, hamkor vazirlik va idoralarning masʼul vakillari, poytaxtlik faol nuroniylar hamda yoşlar iştirok etdilar.
Uçraşuvning Islom sivilizatsiyasi markazida ötkazilgani ham alohida ramziy maʼnoga ega. Zero, bu maskan xalqimizning asrlar davomida şakllangan ilmiy, maʼrifiy va maʼnaviy salohiyati, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ulkan meros haqida yoş avlodga yanada çuqur tasavvur berişga xizmat qiladi.
Muloqotda taʼkidlanganidek, bugun mamlakatimizda inson qadrini yuksaltiriş, yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning bilim olişi, kasb-hunar egallaşi va öz iqtidorini namoyon etişi uçun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunday imkoniyatlar, avvalo, yoşlarning öz ustida işlaşi, ilm-maʼrifatga intilişi, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qöşişi uçun muhim zamin bölmoqda.
Şu maʼnoda, nuroniylar hayoti va ularning boy tajribasi yoşlar uçun öziga xos hayot maktabidir. Yoşlarga kitobdan öqib biliş mumkin bölgan köplab haqiqatlarni keksalar hayot tajribasi asosida sözlab berişi yanada taʼsirçanroq ahamiyatga ega. Çunki har bir nuroniyning hayotida bir oila, bir mahalla, bir kasb, bir davr tarixiga daxldor ibratli voqealar mujassam.
Ular köpni körgan, turli sinovlarni boşidan keçirgan, mehnat va sabrning qadrini yaxşi biladigan avlod vakillaridir. Şuning uçun ham keksa avlod vakillari bilan yoşlar örtasidagi muloqotlarni muntazam taşkil etiş bugungi maʼnaviy-maʼrifiy işlarning muhim yönalişlaridan biri bölişi zarur.
Islom sivilizatsiyasi markazidagi uçraşuv yana bir muhim haqiqatni eslatdi: yoşlar kelajakka dadil qadam qöyişi uçun, eng avvlo, ajdodlar merosini yaxşi bilişi kerak. Yurtimiz zaminidan dunyo ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qöşgan Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Uluğbek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Alişer Navoiy kabi buyuk allomalar yetişib çiqqan. Ularning ilmiy va maʼnaviy merosi nafaqat tariximizning faxri, balki bugungi avlod uçun ham katta tarbiya maktabidir.
Xorazmiyning aniqlik va tafakkurga asoslangan ilmiy yondaşuvi, Ibn Sinoning tibbiyot va ilmga sadoqati, Beruniyning izlanuvçanligi, Uluğbekning ilm-fanga eʼtibori, Imom Buxoriyning hadis ilmidagi buyuk xizmati, Navoiyning insonparvarlik va maʼrifat ğoyalari yoş avlod uçun ulkan ibrat manbaidir.
Bugungi yoşlar zamonaviy texnologiyalarni yaxşi özlaştirişi, xorijiy tillarni bilişi, yangi kasblarni egallaşi, raqamli dunyoda raqobatbardoş bölişi muhim. Ammo bilim maʼnaviyat bilan uyğunlaşgandagina yuksak natija beradi. Şu bois, yoşlarga taʼlim beriş bilan birga, ularning maʼnaviy immunitetini mustahkamlaş, milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat, mehr-oqibat, halollik, masʼuliyat va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni singdiriş dolzarb vazifadir.
Uçraşuv davomida nuroniylar öz hayotiy tajribalari bilan örtoqlaşib, yoşlarga ibratli fikr va tavsiyalarini bildirdilar.
Ayniqsa, ilm-maʼrifatga intiliş, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda böliş, ajdodlar merosini çuqur örganiş, hayotda öz örnini topiş uçun mehnat qiliş kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Yoşlar ham özlarini qiziqtirgan savollarga nuroniylardan atrofliça javob oldilar.
Islom sivilizatsiyasi markazida bölib ötgan uşbu samimiy uçraşuv avlodlar örtasidagi maʼnaviy köprikni mustahkamlaş, yoşlarni ilm-maʼrifat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Hamroxon Musurmonova.