— deydi yetmiş ikki yoşli otaxon
Tahririyat — juda köp köngil keçinmalariga guvoh dargoh. Avval maktublar yöllaşardi, endi esa qönğiroqlar turfa taqdirlar hikoyasini sözlaydi…
Yetmiş ikki yoşli Zohidjon aka (ismi va manzillarini töliq yozmasligimizni iltimos qildi) bilan suhbatlaşar ekanmiz, uning boşdan keçirganlari va mulohazalari balki kimlargadir saboq bölar degan umidda qoğozga tuşirdik…
— Umrim böyi yaxşi lavozimlarda işladim, köp pul topdim, — deya söz boşladi ota mahzun ohangda. — Ayolim ham mehnatkaş edi. Joyi jannatda bölsin, sakkiz yil avval bandalikni bajo keltirdi. U bilan juda yaxşi yaşadik, meni hamişa qöllab-quvvatladi, rözğorimizning borini oşirib, yöğini yaşirdi. Yoşlikdagi orzularimizning deyarli bariga yetdik. Uç öğil, bir qizni ulğaytirdik. Uylab-joyladik. Nabiralar kördik. Ammo ularning rohatini köradigan payt kelganida, ayolim meni bu hayotda yolğiz taşlab ketdi. Men öşa paytgaça bolalarimga yaxşi tarbiya berganman, ularni heç nimadan kam qilmay östirdim, öqitdim, yaxşi işlarga joyladim, uyli-joyli qildim, qariganimda xizmatimda bölişadi, deb öylar edim…
Qölimda pulim borligida, işlab yurgan paytlarimda katta havaslar bilan uçta oila uçun ajratilgan yerni sotib oldim. Bolalarimga bir xil qilib zamonaviy imorat soldim, hatto deraza, darvozalarigaça bir xilda örnatdim. Birin-ketin öğillarimni uylantirdim. Hozir bolalarim bir mahallada qöşni bölib yaşaşadi. Mahalla-köy ularga havas qiladi. Bolalarim hammalari alohida yaşaganlari uçunmi, ular orasidan gap-söz ötmadi. Yolğiz qizimizni ham uzatdik. Lekin örtamiyona yaşaydigan xonadonga kelin bölgani sababli qizimning talabi bilan kuyovimga ham şaharning örtasidan hovli-joy olib, uy qurib berdim.
Bolalarimizning hayotidan endi könglimiz töq, deb turganimizda tösatdan ayolim vafot etdi. Birdaniga kötarilib ketgan qon bosimi uni hayotdan erta olib ketdi.
Maʼrakalarni ötkazganimizdan keyin öğillarimning bari öz uylariga çiqib ketişdi. Heç yöqsa bittasi, hatto kenjam otamizni yolğizlatib qöymaylik, deb öylamadi. Katta hovlida bir özim söppayib qoldim. Baraka topişsin, kelinlar har kuni bir kosadan ovqat olib çiqişadi, navbati bilan uylarni tozalab, kiyimlarimni yuvib berişadi. Lekin yolğizlik yomon ekan, buni nafaqaga çiqqanimdan keyin yanada yaxşiroq anglay boşladim.
Olti yilni şunday ötkazdim. Bir kuni bolalarimni töplab, ularga maqsadimni aytdim. Bir yaxşi ayol bölsa, uylanaman dedim. Men ming andişa bilan aytgan gapimga xayrixohlik bilan javob berişadi, deb öylagandim. Yöq, ularning hammasi biri qöyib, biri qarşilik bildirişdi. Men bunday gapni aytişdan uyalişim kerakmiş. Şunday qilsam, onalari görida tik turarmiş. Elu xalq ustimdan kularmiş, öğillarim va kelinlarim mahalla-köyda boş kötarolmay qolişarmiş.
Xullas, men tugul, yaqin bir döstim ham ularga fikrimni tuşuntirolmadi. Uylanişimga hammalari tiş-tirnoqlari bilan qarşilik qilişdi. Odam keksaygani sayin yolğizlikdan qörqadigan bölib qolar ekan. Şuning uçun men ham fikrimdan qaytmadim. Sakkiz oy tortişuvlar bilan ötdi. Öğillarim şu darajaga borişdiki, göyoki arazlab menga oş-ovqat çiqarmay qöyişdi. Mayli, dedim, özimning uddamdan özim çiqa boşladim. Özimga ovqat qilar, kirlarimni ham özim yuvardim. Şunday kunlarda köp öyladim, aslida ayolim ham bolalarimning qoşu qovoğiga qarayverib, hamma mayda-çuyda taşvişlarni öziga olib, menga bildirmay siqilaverib, qon bosimi dardini orttirib olgan ekan.
Bir kuni mahalla kattalaridan biri xotinining beva qolgan yaxşi bir qarindoşi borligini, öşa ayol bilan bir körişib, maʼqul kelsa, uylanişimni aytib qoldi. Bu gap öğillarimning quloğiga yetgani hamon ular uyimga bostirib kelişdi.
— Uylanadigan bölsangiz, bu uydan çiqib ketasiz! — deyişdi baravariga. Onamiz yaşagan uyga boşqa ayolni olib kelmaysiz!
— Meni, öz otangizni köçaga quvib solyapsizlarmi? Şu uydan çiqib ketsam, sizlar el-yurtda boş kötarib yura olasizlarmi?
Şu gapimdan keyin öğillarim bir-birlariga maʼnoli qarab olişdi.
— Siz şu yoşingizda uyalmay uylansangiz, biz nega uyalişimiz kerak? — dedi katta öğlim.
Boşqa öğillarim ham uning gapini tasdiqlaşdi.
— Mayli, minib yurgan maşinangiz özingizda qolsin, — dedi örtança öğlim saxovatli boylardek…
Içimdan nimadir uzilib ketganday böldi. Men bolalarimga hamma narsani beribmanu, mehrimni va yaxşi tarbiyamni bermagan ekanman. Şu tobda yillar davomida ularni deb tortgan maşaqqatlarim köz oldimga keldi. Bundan köra ularga qotgan non yedirib bölsa-da, ota-onani izzat qilişni örgatmaymanmi?! Şunday öylar qalbimdan ötgani bilan bolalarimni ayblamadim. Içimdagi oğriqni çiqarib yuboriş uçun köksimga muştlab-muştlab, maşinamga ötirdim-da, uyni taşlab çiqib ketdim. Töğri qabristonga, ayolimning qabri yoniga bordim. Dardimni aytib-aytib yiğladim.
Yaxşiyam, bolalarimga bildirmay ançagina pul jamğarib qöygan ekanman, öşa pulga ikki xonali kvartira sotib oldim. Taniş-biliş, döstlarim örtaga tuşib, ellik beş yoşli bir ayolni topişdi, uylandim. U ikki bora rözğor qilib, farzandli bölmagan ekan. Keyingi turmuşida tört bolali erkak bilan yigirma yil yaşabdi. Eri ölgaç, ögay bolalari uni ham çiqiştirişmabdi.
Endi bu gaplardan foyda yöqligini bilaman. Lekin yuragimni iztirob ezaveradi. Hozirgi turmuş örtoğim ham yaxşi ayol, meni yoş boladay parvarişlaydi. Sözlari maʼnili, doim menga umid beradi. Lekin men bolalarimni, nabiralarimni soğinaman, juda qattiq soğinaman…
Bayramlardan birida ularni körgani bordim. Katta öğlimning darvozasidan hatlab içkari kirganimni bilaman, öz bolam menga qovoq uyib, köçani körsatdi. “Bolalarimga qorangizni körsatmang, ular sizdan yomon ibrat olmasin”, dedi. Bu gap juda oğir edi, judayam oğir… Boşqalarining uyiga kirolmadim…
Şu tobda öz hayotim, bolalarim haqida gapiryapmanu, özimning yoşligim, yöllarimga intizor köz tikib ötgan ota-onam esimga tuşadi. Öşanda yoş edim, ota-onam hali uzoooq yaşaydi, deb öylagandim. Ular ham meni qiynalib öqitişgan, özlari yemay-içmay topganlarini menga va ukalarimga sarflaşgan edi.
Öqişni bitirib, tuman markaziga işga joylaşdim. Onam har kuni işdan qaytişimni kutib ötirardi. Keyinçalik viloyat markaziga işga ötib, oilam bilan köçib ketdik. Iş, bolalar va oila taşvişlari bilan bölib ota-onamdan bir oyda bir xabar olardim. Otam kuzning yomğirli kunlarida yelkalari xöl bölib meni yöqlab kelar, men esa döstlarim bilan çoyxonaga ketardim…
Onam öz qöllari bilan nonlar yopib, qaymoq, sariyoğlarni asrab, yölimga köz tikib ötirardi. Men öşa vaqtlarda ularning yuragidagi soğinçini his etmabman…
Endi bilyapman, bolalarni, nabiralarni soğinib yaşaş qançalik oğriqli dard ekanini… Afsuski, endi keç. Şuning uçun ham bolalarimdan xafa böla olmayman. Bugun men his qilayotgan oğriqli iztiroblarni ularga aslo ravo körmayman… Ularni qarğamayman. Köksimga muştlab-muştlab könglimdagi oğriqlarni çiqarib yuborişga urinaman. Boşimga tuşgan bugungi qismat erta bir kuni bolalarimning boşiga tuşişini aslo istamayman.
Şuning uçun ham odamlarga aytmoqçiman: keç bölmasidan avval ota-onangizni qadrlang, ularni diydoringizga zoriqtirmang! Zero, yaqinlar diydoriga zor böliş azobi judayam oğir.
Zohidjon otaning hikoyasini Şahlo Toşbekova qoğozga tuşirdi.