— deydi Özbekiston Qahramoni Muhabbat Şaropova
— Ötgan yillarga nazar taşlasam, taʼlim va ilm-fan sohasida amalga oşirilgan ulkan özgarişlar, ayniqsa, öqituvçi va ustozlarga bölgan eʼtibor meni quvontiradi, — deydi Özbekiston Qahramoni Muhabbat Şaropova. — Yangi Özbekistonni bunyod etişga kirişar ekanmiz, Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev, eng avvalo, asosiy eʼtiborni öqituvçilarning jamiyatdagi nufuzini oşiriş, ularning mehnatini munosib qadrlaş, kasbiy salohiyatini yuksaltiriş uçun keng imkoniyatlar yaratişga qaratdi. Ustozlarning malakasini oşiriş, ilmiy izlanişlar olib borişi, zamonaviy bilim va texnologiyalarni egallaşi uçun şaroitlar biz orzu qilgandan ham köproq kengaydi. Öz navbatida, pedagoglarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, ularning mehnatini rağbatlantirişga qaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar bizni quvontiriş barobarida zimmamizga katta masʼuliyatni ham yukladi, kasbimizga bölgan mehrimizni oşirib yubordi. Bugun xalqaro fan olimpiadalaridan yurtimizga medallar bilan qaytayotgan, dunyoning eng nufuzli universitetlariga muddatidan oldin talabalikka qabul qilinayotgan öquvçilar ana şu eʼtibor, yaratilgan imkoniyatlar mevasi, uzoqni közlab amalga oşirilgan islohotlarning natijasidir.
Darvoqe, bugun öqituvçiga faqat dars beruvçi mutaxassis sifatida emas, balki yoş avlodning maʼnaviy tarbiyasi, dunyoqaraşi va kelajagi uçun masʼul inson sifatida qaralmoqda va bu juda muhim. Çunki maktab ostonasida boşlangan tarbiya ertangi jamiyat qiyofasini belgilaydi.
Muhabbat Şaropova 1949 yilda Qaşqadaryo viloyatining qadimiy va navqiron Şahrisabz şahrida tavallud topgan. Otasi Arapboy aka içki işlar xodimi edi, uyda köp bölmasa-da, oiladagi yetti bolaning öqişi, odobini qattiq nazorat qilardi. Yoş Muhabbatxonning yuragida şifokor böliş istagi bor edi, ammo volidasi Halovat ayaning: “Öqituvçi böliş menga armon bölib qoldi, sen şu kasbni egallasang, xursand bölardim”, degan sözlaridan keyin qarorini özgartirdi.
Töğri, şifokor bölganida ham u katta yutuqlarni qölga kirita olardi, bunga bilimi, izlanuvçanligi, salohiyati yetardi. Biroq öqituvçi bölib ham kamlik körmadi. Aksinça, kasbiga butun kuçini, borini berdi, uni sevdi. Mohir muallima sifatida qadr topdi, aziz ustozlik darajasiga yetdi. U bilim bergan öquvçilar soni bir neça ön mingdan oşib ketdi.
1971 yilda Samarqand davlat universitetini muvaffaqiyatli tamomlab, matematika fani öqituvçisi mutaxassisligiga ega bölgan yoş öqituvçi uçun pedagogika tez orada oddiy kasb emas, balki butun umrlik masʼuliyatga aylandi. U 1971 yildan 1997 yilga qadar Qarşi şahridagi 5-umumiy örta taʼlim maktabida matematika fanidan dars berdi. Qariyb çorak asr davomida maktabda işlaş — bu şunçaki yillar hisob-kitobi emas edi. Bu minglab darslar, turli taqdirlar, yuzlab öquvçilar, quvonçli yutuqlar va ustoz zimmasidagi ulkan masʼuliyat demak edi…
Muhabbat Arapovna 1997-2000 yillarda Qarşi davlat universiteti qoşidagi litsey-internatida matematika fani öqituvçisi sifatida mehnat qildi. 2000-2022 yillarda esa Qarşi şahridagi 2-ixtisoslaştirilgan umumiy örta taʼlim maktab-internatida matematika fanidan dars berdi. Bu dargohlarda u nafaqat matematik bilimlarni, balki öquvçilarga ilmga intiliş, mustaqil fikrlaş, masalani tahlil qiliş va töğri yeçim izlaş könikmalarini singdirdi.
Aslida, matematikada ham, hayotda ham eng muhim saboqlardan biri şu: har qanday murakkab masalaning yeçimi bor. Faqat uni topiş uçun sabr, bilim va izçil izlaniş kerak. Ustozning köp yillik faoliyati aynan ana şu tamoyilga asoslangani bilan ahamiyatli.
2021 yil 4 sentyabrdan Qarşi davlat universiteti professori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan ustoz bugun ham taʼlim va ilm ahli orasida özining munosib örniga ega.
Muhabbat Şaropovaning köp yillik samarali mehnati davlat tomonidan munosib baholandi. 1992 yilda Özbekiston Respublikasining Faxriy yorliği bilan taqdirlangan qahramonimiz 1996 yilda “Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlandi. 2007 yilda unga “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan xalq taʼlimi xodimi” faxriy unvoni berildi. 2016 yil esa ustoz hayotida alohida tarixiy ahamiyat kasb etdi. U yuksak davlat mukofoti — Özbekiston Qahramoni unvoniga sazovor böldi.
Bu eʼtiroflar bir qaraşda turli yillarda berilgan mukofotlardek körinadi. Ammo ularni birlaştirib turgan bitta tuşunça bor, bu — fidoyilik!
— Mukofotlar aslida masʼuliyat demakdir. Taqdirlandingmi, bu — davlatning, Prezidentning senga işondi degani, endilikda bu işonçni oqlaşing kerak, — deydi Muhabbat opa. — Yanada köproq şijoat bilan işlaşga oşiqasan, bunda senga şunday tinç, osuda, inson qadri baland yurtda tuğilib-yaşayotganing, ezgu yölda ekaning kuç beradi.
Ustozlikda natija bir kunda körinmaydi. U yillar davomida yaratiladi. Bugun ekilgan bilim uruği ertaga şogirdning yutuği, uning kasbiy mahorati va jamiyatga qöşayotgan hissasi sifatida namoyon böladi.
2022 yildan buyon Qarşi davlat universitetida professor-öqituvçi bölib faoliyat olib borayotgan Muhabbat Şaropovaning 9 nafar şogirdi fan doktori, 7 nafari professor, yuzlab öquvçilari fan nomzodlaridir. Ular respublikamizdagi qator oliy taʼlim dargohlarida va maktablarda matematika hamda informatika fanidan yoş avlodga saboq berib kelişyapti. Birgina umumtaʼlim maktablari öqituvçilari bölgan şogirdlari soni 120 ga yaqin. Sezyapsizmi, kuçli bilimga ega bir ustoz — göyoki tubsiz çaşma. Uning zilol suvi irmoqlar hosil qilib, qançadan-qança nihollarga hayot baxş etayotir.
Muhabbat opa tomonidan örta maktab öquvçilari va yoş maktab öqituvçilari uçun yaratilgan 9 ta uslubiy qöllanmalari, oliygoh talabalari uçun möljallangan 2 ta öquv qöllanmasi va respublika ilmiy jurnallarida çop etilgan maqolalari ilm-fan rivojida, taʼlim taraqqiyotida, yoş avlod kamolida muhim örin tutadi.
Muhabbat Arapovnaning faoliyati taʼlim sohasi bilangina çeklanib qolmagan. 2020-2024 yillarda u xalq deputatlari Qaşqadaryo viloyati Kengaşi deputati sifatida ham faoliyat yuritdi. 2024 yildan buyon ham viloyat Kengaşi deputati sifatida jamoatçilik işlarida iştirok etib kelmoqda. Bu faoliyat ustoz şaxsiyatida taʼlim va jamiyat manfaatlarining uyğunlaşganini körsatadi.
Zero, haqiqiy ziyoli faqat auditoriyada yoki sinfxonada emas, jamiyat hayotida ham faol böladi. U öz bilimi, tajribasi va hayotiy pozitsiyasi bilan atrofidagilarga taʼsir körsatadi.
Bugun dunyo şiddat bilan özgarmoqda. Raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, axborot tizimlari, zamonaviy muhandislik va iqtisodiy modellarning barçasi matematik tafakkurga ehtiyojni yanada oşirmoqda. Şu maʼnoda, matematika fani bugun keçagidan ham muhimroq ahamiyat kasb etmoqda.
— Matematika insonga faqat hisoblaşni emas, balki dalillaşni, tahlil qilişni, mantiqiy xulosa çiqarişni, muammoni qismlarga ajratib örganişni, eng maqbul yeçimni izlaşni örgatadi, — deydi ustoz suhbatimiz davomida. — Bu könikmalar esa faqat matematik uçun emas, har qanday sohada faoliyat yuritadigan inson uçun zarur.
Töğri, bugun Özbekistonda ilm-fan, taʼlim va innovatsiyalarga alohida eʼtibor qaratilayotgan bir davrda matematik taʼlimning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Yangi avlod tadqiqotçilari, muhandislar, dasturçilar, iqtisodçilar va texnologlar uçun matematik bilim mustahkam poydevor vazifasini bajaradi. Şuning uçun matematikaga qiziqqan har bir yoşning ortida uni ilmga yetaklaydigan ustozning mehnati bor. Professor Muhabbat Arapovnaning köp yillik faoliyati ana şu ezgu anʼananing davomidir.
Mustaqillikning 35 yilligi arafasida ana şunday fidoyi insonlar hayoti haqida söz yuritişning özi katta maʼnaviy ahamiyat kasb etadi. Zero, mamlakat taraqqiyotini faqat bunyodkorliklar, texnologiyalar yoki raqamlar bilan ölçab bölmaydi. Uning ortida Muhabbat Şaropova kabi yoşi uluğ insonlar, ehtiromga munosib ustozlar, olimlar va butun umrini kelajak avlod tarbiyasiga bağişlagan fidoyilarning mehnati bor.
Ustozdan bayram arafasidagi öylari haqida söraymiz.
— Men köp yillar taʼlim sohasida mehnat qilgan inson sifatida bugungi imkoniyatlarni körib, ustoz uçun bundan ortiq eʼtibor va masʼuliyat bölişi mumkin emas, deb öylab qolaman, — deydi Muhabbat opa. — Endi bizdan bu işonçga munosib mehnat, izlaniş va fidoyilik talab etiladi. Har bir öqituvçi öz kasbiga sadoqat bilan yondaşib, bir nafar öquvçisining qalbida ilmga muhabbat uyğota olsa, uning kelajagiga yöl oçsa — bu ham Vatan taraqqiyotiga qöşilgan ulkan hissa böla oladi.
Bayram yaqin, hamkasblarimga bizga bildirilayotgan yuksak işonçni oqlab, yoşlarga sifatli taʼlim va munosib tarbiya berişdan çarçamaylik, deyman. Har bir darsimiz, har bir sözimiz, har bir tarbiyamiz Vatan kelajagiga xizmat qilsin. Könglimizdagi şukronalik hissi aslo sönmasin!
Şahlo Toşbekova,
“Nuroniy” muxbiri.