Adliya  vazirligi axborot xizmati xabariga köra, “Xorazm guruçi” geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazildi.

Xorazm vohasida yetiştiriladigan guruç özining yuqori sifati, xuşböyligi va pişiriş xususiyatlari bilan ajralib turadi. Uning öziga xosligi Amudaryo suvlari, unumdor tuproqlar, qulay iqlim şaroiti hamda avloddan-avlodga ötib kelayotgan anʼanaviy yetiştiriş tajribasi bilan çambarças boğliq.

“Xorazm guruçi” geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazilgani uşbu nomning huquqiy muhofazasini taʼminlaydi. Natijada, mahsulotning kelib çiqişi va sifati himoya qilinadi; nomdan noqonuniy foydalanişning oldi olinadi; isteʼmolçilar uçun mahsulotning haqiqiyligi kafolatlanadi.

Mazkur qaror hududning qişloq xöjaligi salohiyatini oşiriş, milliy brendni rivojlantiriş hamda mahsulotni içki va taşqi bozorlarda keng tarğib etişga xizmat qiladi.

Manba: intellektual mulk yangiliklari.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan