Boşqa sohalar qatori milliy qöşiqçilik sanʼatida ham köp yillik tajribaga ega hamda havaskor ijroçi nuroniylarning öziga xos munosib örni bor. Ayniqsa, ularning umrboqiy, qalbga yaqin navolari musiqiy merosimizni avaylab-asraş va kelajak avlodga asl holida yetkazişda bebaho ahamiyat kasb etadi. “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi va Madaniyat vazirligining qöşma qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida taşkil qilinayotgan “Nuroniylar kuylaganda” nomli körik-tanlov esa yoşi uluğlarning bu boradagi yuksak mahoratini yoşlar örtasida keng tarğib etişga xizmat qilmoqda.
Törtkölda maqom va milliy qöşiqlar bayrami
Jamğarmaning Törtköl tumani bölimi hamda madaniyat bölimi hamkorligida sanʼat bahsining mahalliy bosqiçi ötkazildi. Körik-tanlov iştirokçilarining çiqişlarini tuman madaniyat bölimi badiiy rahbari A.Begimbetov, “Tarona” aşula va raqs xalq ansambli badiiy rahbari D.Artikov hamda tögarak rahbari U.Erjanovdan iborat hakamlar hayʼati baholab bordi.
Natijalarga köra, maqom ijroçiligi böyiça 1-örin Gulçehra Kurbanova (“Ğalaba” mahallasi)ga, 2-örin Roza Egamberdiyeva (“Navoiy” mahallasi)ga, 3-örin Kurambay Ibragimov (“Tozabözyop” mahallasi)ga nasib etdi. Milliy qöşiqçilik yönalişi böyiça 1-örinni Tojigul Rözimbetova (“Şöraxon” ovuli), 2-örinni Atabek Amanov (“Yaxşilik” mahallasi), 3-örinni Zulfiya Utepova (“Kaltaminor” ovuli)lar egallaşdi.
Şuningdek, tanlov davomida Guljan Tokumbetova (“Istiqlol” mahallasi), Baxtiyor Şaripov (“Şöraxon” ovuli), Muborak Matyakubova, Salima Aminova (“Şöraxon” ovuli) hamda Atamurat Ğulomov (“Anhorli” mahallasi) turkum nominatsiyalar böyiça eʼtirof etildilar.
Tanlovda 1-örinni egallagan nuroniylar viloyat bosqiçida iştirok etadi.
Farğonada eng isteʼdodli sanʼatkor faxriylar aniqlandi
Farğona şahridagi Axborot-kutubxona markazida “Nuroniylar kuylaganda” körik-tanlovining şahar bosqiçi taşkil etildi.
Tadbirni “Nuroniy” jamğarmasi Farğona şaxar bölimi raisi Akramjon Yulbarsov oçib, barçani tanlov nizomi bilan taniştirdi va iştirokçilarga omad tiladi.
Qizğin va kötarinki ruhda ötgan tanlov yakuniga köra, maqomçilik yönalişi böyiça faxrli birinçi örinni Sodiqjon Ahmedov, ikkinçi örinni Akbarjon Tojiboyev, uçinçi örinni Bahodirjon Qirğizboyevlar egalladilar.
Milliy yönalişdagi qöşiqlar böyiça ham ğolib va sovrindorlar aniqlandi. Faxrli birinçi örinni Bahodirjon Xatamov, ikkinçi örinni Anvarjon Muxtorov, uçinçi örinni Sodiqjon Sulaymonovlar qölga kiritdilar.
Ğolib va sovrindorlar, şuningdek, tanlov iştirokçilariga “Nuroniy” jamğarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bölimlarining diplom hamda esdalik sovğalari tantanali topşirildi.
Sirdaryo şarafini kim himoya qiladi?
Guliston şahridagi 1-sonli musiqa maktabida “Nuroniylar kuylaganda” körik-tanlovining viloyat bosqiçi bölib ötdi. Unda qatnaşçilar öz isteʼdod va mahoratlarini namoyon qilib, maqom va milliy qöşiqçilik namunalaridan ijro etdilar. Tanlov jarayoni nafaqat bellaşuv, balki öziga xos konsert dasturiga aylanib, tomoşabinlarga birdek zavq ulaşdi.
Hakamlar hayʼatining xulosalariga köra, maqom ijroçiligi böyiça Boyovut tumani vakili Neʼmatullo Örozov 3-örinni, Guliston tumani vakili Rayimjon Abdurahmonov 2-örinni, Guliston şahri vakili Abdulla Mahkamov esa faxrli 1-örinni egalladilar. Şuningdek, milliy qöşiqçilik böyiça Sardoba tumani vakili Otabek Egamberdiyev 3-örinni, Oqoltin tumani vakili Bobomurod Adizov 2-örinni, Guliston şahri vakili Rahmonqul Samadov faxrli 1-örinni egalladilar.
Yuqoridagilardan taşqari, qator nominatsiyalar böyiça ham ğolib nuroniylar aniqlandi.
Uşbu körik-tanlov faqatgina sanʼat musobaqasi emas, balki milliy qadriyatlarimiz, maqom va xalq qöşiqçiligi anʼanalarini asrab-avaylaşga qaratilgani bilan zarur ahamiyatga ega. Şu bilan birga, keksa avlod vakillariga körsatilayotgan ehtirom va ularning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş borasidagi xayrli işlarning amaliy ifodasidir.
Ilhomjon Abdusalomov,
tayyorladi.