Taniqli jurnalist Qayum Rahimov şaxsiga çizgilar
Bugun Qaşqadaryo jurnalistika maktabining yetuk vakillaridan biri, yuzlab qalamkaşlarga ustozlik qilgan taniqli şoir, sermahsul publitsist, mehnat faxriysi va «Şuhrat» medali sohibi Qayum Rahimov muborak 80 yoşni qarşi olmoqda.
Qayum Rahimov mehnat faoliyatini 1969 yilda Qarşi pedagogika bilim yurtida (texnikumida) rus tili fani öqituvçisi sifatida boşladi. Yoşlarga bilim beriş jarayonida uning kitobga, adabiyotga va sehrli söz sanʼatiga bölgan mehri yanada mustahkamlandi.
Oradan uç yil ötib, u hayotini butunlay jurnalistika bilan boğladi. 1972 yili «Qaşqadaryo haqiqati» gazetasi tahririyatiga adabiy xodim bölib kelgan yoş ijodkorning keyingi taqdiri aynan şu qutluğ dargoh bilan çambarças boğlanib ketdi.
Izlanuvçanligi, mehnatsevarligi va yuksak tahrirçilik qobiliyati tufayli u qisqa fursatda bölim mudiri, keyinçalik esa masʼul kotib lavozimlariga kötarildi.
1996 yildan 2006 yilgaça «Qaşqadaryo» gazetasida avval masʼul kotib, söngra boş muharrir örinbosari sifatida faoliyat yuritib, özining boy tajribasini yoş avlodga ulaşdi.
Qayum Rahimov nafaqat tajribali jurnalist, balki elga manzur bölgan «Şahidlar faryodi tingan kun», «Muruvvat ildizi» nomli oçerklar hamda «Dovullardan ötib keldim», «Sen va men: muhabbatnoma» şeʼriy töplamlarining ham muallifidir.
— Qayum Rahimov tahririyatga yoş, isteʼdodli şoir sifatida kirib kelgan edi, — deya xotirlaydi faxriy jurnalist Böri Norqobilov. — Juda çiroyli şeʼrlar yozardi. Tahririyat «qozoni»da qaynab, yetuk jurnalist bölib yetişdi. Ayniqsa, uning qalamiga mansub maqola va oçerklar köpçilikning eʼtiborini tortardi.
Mustaqillikkaça bölgan davrda Şahrisabz tumanidagi maşhur kolxozlardan birini qattiq tanqid ostiga olgandi. Doimo maqtanib yuradigan rais maqoladan ğazablanib, yuqori idoralarga rosa şikoyat qildi.
Biroq közböyamaçiliklar foş etilgan har bir satr şu qadar asosli ediki, viloyat partiya komitetida bölib ötgan muhokamadan yoruğ yuz bilan eson-omon çiqqanmiz.
Ayniqsa, Qayum Rahimovning «Özbek öz yurtida bek bölsin» sarlavhali suhbati juda katta şov-şuvga sabab bölgan. Viloyat içki işlar boşqarmasi boşliği Mahmud Bekmurodov bilan uyuştirilgan uşbu suhbatda mustaqillik ostonasidagi eng dolzarb va oğriqli masalalar oçiq-oydin tilga olingandi.
Öşa paytda hali mustaqillik ğoyalarini hazm qila olmagan ayrim kimsalar suhbat muallifini millatçilikda ayblaşgan, bu tortişuvlar hatto respublika rahbariyati darajasida muhokama qilinişiga sabab bölgan edi.
Aslida esa, suhbatdoş yurt istiqloli bilan boğliq eng dadil fikrlarni örtaga taşlagan, jurnalist esa uning qalbi töridagi asrorini oçişga, ruhlantirişga erişgan edi. Bunday dadil muloqotlar u paytda nafaqat viloyat, balki respublika matbuotida ham kamyob hodisa edi.
Mazkur şov-şuvli maqola Qayum Rahimovni butun mamlakatga tanitdi, viloyat içki işlar boşqarmasi boşliğining esa respublika miqyosidagi yuqori lavozimga kötarilişiga xizmat qildi.
Qayum aka öşa davrning qahramonlari haqida bir qator mazmunli oçerklar yozib, öziga xos turkum yaratdi. Uning badiiy oçerklari bugun ham sevib öqiladigan haqiqiy publitsistika namunasidir.
Men isteʼdodli şoir va jurnalist döstimni bugungi kun qahramonlari haqida ham xuddi şunday şijoat bilan qalam tebratişga daʼvat etgan bölardim.
1986 yilda men tahririyatga maşinistka bölib işga kelganimda Qayum Rahimov masʼul kotib edi.
Hozirgi yoşlar tasavvur qilişi qiyin, u paytlarda kompyuter degan tuşunça yöq edi. Har bir maqola avval qölyozma şaklida yozilar, söngra biz ularni yozuv maşinkalarida navbat bilan terib çiqardik. Agar bittagina xato ketsa, butun varaqni boşdan terişga töğri kelardi.
Haftasiga beş marta gazeta çiqariş hazilakam iş emasdi. Gazeta bosmaxonaga keçikmasligi uçun baʼzan tun yarimigaça işlaşga töğri kelardi. Kimdir muxbir tayyorlagan materialni şoşib kötarib keladi, kimdir tahrir qiladi, biz esa tinimsiz maşinka çiqillatamiz.
Şu şiddatli va masʼuliyatli muhitda barça jarayonni bir ipga tizib, muvofiqlaştirib turadigan mehvar Qayum Rahimov edi. Qayum aka qölida navbatdagi sahifalar rejasi (maketi) bilan xonama-xona yurardi.
Qaysi maqola birinçi terilişi, qaysi material keçiktirilmasligi, qaysi sahifa tayyor bölişi kerakligini soat soniyalaridek aniq belgilab berardi…
— Sakson yoş… Bu raqamni tilga oliş oson. Ammo uning ortida qança yöl, qança odam, qança iztirob va qança quvonç mujassam ekanligini faqat umr karvonini bosib ötgan insongina his qiladi, — deydi Qayum Rahimov. — Men taqdirimdan minnatdorman. Çunki u meni boylik ortidan emas, qalam ortidan ergaştirdi. Qalam esa meni xalqimga yaqin qildi, el dardini eşitişga, inson qalbini anglaşga örgatdi.
Şohista BOZOROVA,
jurnalist.