Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Gruziya Boş vaziri Irakliy Kobaxidze Tbilisi şahrida özbek xalqining buyuk farzandi, şoir va mutafakkir Alişer Navoiy haykalining tantanali oçiliş marosimida iştirok etdilar.
Alişer Navoiyning merosi nafaqat özbek xalqi, balki butun insoniyat boyligidir. Hayotning öziga xos ensiklopediyasiga aylangan hazrat Navoiyning asarlari köplab avlodlarni ilhomlantirib kelmoqda, tadqiqotçilar, adabiyot ixlosmandlari hamda Şarqning boy maʼnaviy dunyosini çuqurroq anglamoqçi bölgan barça insonlar uçun bilim manbai bölib xizmat qilmoqda.
Tbilisi şahrida Alişer Navoiy haykalining oçilişi Özbekiston bilan Gruziya örtasidagi madaniy aloqalar tarixida yana bir muhim voqea böldi. Xalqlarimizni azaldan savdo yöllari, döstlik va özaro hurmat riştalari boğlab kelgan, bir-birimizning boy madaniy merosimizga qiziqişimiz katta.
Özbekistonda buyuk gruzin şoiri Şota Rustaveli ijodini çuqur hurmat qilişadi va qadrlaşadi. Toşkentning markaziy köçalaridan biri uning nomi bilan atalgan, gruzin mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasiga haykal örnatilgan. Öz navbatida, ötgan yilda Tbilisi markaziy boğlaridan biriga Alişer Navoiy nomi berildi.
Sönggi yillarda Özbekiston bilan Gruziya örtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik yangi bosqiçga kötarildi. Tbilisi şahrida Özbekiston madaniyati va kinosi kunlari, Toşkent şahrida esa Gruziya madaniyati kunlari muvaffaqiyatli ötkazildi.
Marosimda Alişer Navoiy jahon adabiyotining buyuk namoyandasi ekani, uning bebaho asarlari asrlar davomida odamlarni insonparvarlik, maʼrifat, tafakkur va özaro hurmatga çorlab kelayotgani taʼkidlandi.
Tbilisi şahridagi Alişer Navoiy haykali Özbekiston va Gruziya xalqlari örtasida mustahkamlanib borayotgan döstlik riştalarining yana bir yorqin ramzi bölişiga işonç bildirildi.
president.uz.