Yaqinda Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, taniqli şoir va tarjimon Asror Möminning “Kitob – kamolot kafolati” publitsistik töplami naşrdan çiqdi. Töplamning nomiga köçgan purhikmat naqlga umr böyi amal qilib kelayotgan muallifning yangi kitobini varaqlar ekanman, nuroniylarimizga taniş insonlar haqidagi maqolalar bilan tanişib, quvondim.
Mazkur töplamdagi “Qölda qalam va qurol bilan” hamda “Onalar yuragini asrang” maqolalarida Ikkinçi jahon uruşida jang qilgan adiblarimiz, bu davrda yaratilgan asarlar haqida öqiganingizda, mustaqillikning maşaqqatli yöli köz oldingizda gavdalanadi. “Mustaqillik yutuqlarimiz asosidir” maqolasida esa yurtimiz istiqloli barça bunyodkorlik va yaratuvçanlik işlarimiz, fan, sanʼat va sport sohasida erişayotgan yutuqlarimizga qanot bağişlayotgani taʼkidlanadi.
Ayniqsa, kitobga kiritilgan dzyudo böyiça Olimpiya çempioni bölgan birinçi özbek qizi Diyora Keldiyorova, ilk bor jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritgan futbol böyiça milliy terma jamoamiz muvaffaqiyati, şaxmat böyiça Jahon kubogi ğolibi va Toj daʼvogari Javohir Sindorovga bağişlangan keng qamrovli maqolalar yuksak saviyasi bilan öquvçilar eʼtiborini qozonadi.
Şavkatli ajdodlarimiz Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Hofiz Köhakiyga bağişlangan bitiklar qimmatli tarixiy maʼlumotlar asosida teran yoritilgan. Hofiz Köhakiyning Toşkentdan Ibrohim ibn Adnonning öninçi asrda fors tilida yozilgan “Tarixi Turkiston” kitobini öqiş maqsadida qança toğlarning xatarli söqmoqlaridan oşib, yölda qaroqçilarga talanib, Hindistonga borganini bilganingizda, nega uning buyuklik darajasiga erişganini tuşunib yetasiz.
Bobur Mirzo ezgu maqsadda kelgan allomaga ehtirom körsatadi va saroy kutubxonasida mutolaa qilişiga qulay şaroit yaratib beradi. Natijada öşa noyob kitob Hofiz Köhakiy tomonidan turkiy tilga tarjima qilinadi. “Tarixçilar va şoirlar nazdida Toşkent” maqolasida qadimiy şahrimiz haqida yozgan fozillar hamda ularning asarlari nomma-nom esga olinadi. Faylasuf şoirimiz Maqsud Şayxzodaning “Toşkentnoma” va uning şogirdi Xayriddin Salohning “Toşkent bilan suhbat” dostonlari töğrisidagi fikrlar sizni çuqur mulohazaga çorlaydi.
U tarjimon sifatida dunyoga maşhur şoirlar – bolqor Qaysin Quliyev, avar Rasul Hamzatov, qalmoq David Quğultinov, rus Robert Rojdestvenskiyning durdona asarlarini özbek kitobxonlariga taqdim etib kelyapti. Kitobdagi ularga bağişlangan maqolalarda yozilgan ibratomuz voqealar va şeʼrlaridan keltirilgan iqtiboslar öquvçilar maʼnaviyatini boyitadi.
Jahon estradasi yulduzlari – hamyurtimiz Anna German va ukrainalik Sofiya Rotaruga bağişlangan maqolalar öquvçilarni qöşiqlarning sehrli olamiga boşlaydi. Jurnalist hamkasblarimiz Temur Ubaydullo, Safar Ostonov, Qurbon Eşmat xotiralari hurmat bilan esga olingan maqolalarida ularning ibratli hayot va ijod yöllari haqida hikoya qiladi.
“Ilm har narsadan yuqori, undan heç narsa yuqori bölolmaydi” degan umrboqiy hikmat xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Afsuski, mustabid tuzum davrida ilm va ilm ahlining qadrini atayin tuşirişga harakat qilindi. Kitobdagi “Akademiklarni bilamizmi?” maqolasida şu haqda mulohaza yuritiladi. Şukrki, oqqan daryo oqaveradi. Mustaqillik şarofati bilan ilm va ilm ahlining qadri tiklandi.
Kitobdagi atoqli biokimyogar, akademik Yolqin Töraqulov şarafiga yozilgan “Yolqin hayot” maqolasida taʼkidlanganidek, olimning ilmiy kaşfiyotlari uçun berilgan oliy darajadagi mukofotlar mustaqil Özbekistonimizda ilm-fan va akademiklarimizning hurmati yuksalayotganidan dalolatdir.
Işonçimiz komil, muallifning mutolaaga daʼvat etuvçi uşbu kitobi öquvçilar tomonidan katta qiziqiş bilan öqiladi.
Malika UBAYDULLAYEVA.