— deydi şahrixonlik Neʼmat ota Karimov

Tahririyatimizga Andijon viloyatining Şahrixon tumanidan kelgan mirişkor ğallaçi, el-yurt hurmatidagi tabarruk inson Neʼmat ota Karimov bizga aytib bergan odamiylik hikoyasi özbekona mehr-oqibatimiz namoyişi, özbek  ayoli fidoyiligining amaldagi ifodasini yana bir bor namoyon etdi. Uşbu ibratli voqeni  sizlar bilan bölişişni lozim topdik.

Neʼmat otaning qizi — Ziyodaxon opaning xonadonida kutilmagan musibat eşik qoqdi. Öğillaridan biriga şifokorlar tomonidan jigar serrozi taşxisi qöyildi. Kun sayin sönib borayotgan yigitning hayotini saqlab qolişning yagona çorasi jigar transplantatsiyasi edi. Ammo buning uçun, birinçi navbatda, donor topilişi zarur. Oila aʼzolari, yaqin qarindoşlar birma-bir tahlil topşirişdi. Afsuski, tibbiy körsatkiçlar töğri kelmadi.

Umidlar sönib, çorasizlik hukm sura boşlagan  daqiqalarda xonadon kelini Dilnozaxon öz ixtiyori bilan şifokorlarga murojaat qildi. Ötkazilgan murakkab tibbiy tahlillar va tekşiruvlar faqatgina kelinning jigari bemorga mos kelişini körsatdi. Bundan xabar topgan xonadon kattalari, ayniqsa, Dilnozaxonning qaynota-qaynonasi Tavakkaljon aka Asadullayev va Ziyodaxon opa Asadullayeva bu qarorga qarşi çiqişdi.

— Özbekona hamiyat, andişa va el-yurt oldidagi masʼuliyat tuyğusi bor, — deydi Neʼmat ota Karimov. — Bu operatsiya uç nafar norasidaning onasi bölgan kelinimizning  salomatligiga qanday taʼsir qilişini oldindan bilolmasdik.  Hatto Dilnozaning turmuş örtoği, yana bir nevaram Omadillo ham ayolining soğliğidan xavotir olib, ikkilandi. Zamondoşlarimizning köpçiligi bunday xavfli va masʼuliyatli qadamni bosişga jurʼat qilolmasligi tabiiy. Lekin insoniylik va jigarbandlik tuyğusi hamma narsadan ustun keldi.  Dilnozaxonning bağrikengligini ota-onasi — Niyoziddin Usmonov hamda Farida Usmonova ham qöllab-quvvatlab, bu murakkab operatsiyaga rozi bölişdi.  Şundan söng, barça zarur hujjatlar va tayyorgarliklar hozirlanib, bemor nevaram bilan Dilnozaxon Hindistonga jönab ketişdi. Hammamiz xavotirda edik. Uzoq davom etgan murakkab jigar köçirib ötkaziş amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi.

Odamlar orasidan bağrikenglik, fidoyilik kabi tuyğular göyoki kötarilib borayotgandek tuyulayotgan mana şu kunlarda Dilnozaxon öz jigarining bir qismini bemor qaynisiga berib, unga ikkinçi bor hayot baxş etişga sababçi böldi.  Bugun uşbu xonadonda yana quvonç va baxt hukmron. Bemor ham, jasoratli kelin Dilnozaxon ham xorijdan soğ-salomat qaytişdi. Hozirda ularning ahvoli barqaror.

— Men bunga nega alohida töxtalyapman?! — deydi Neʼmat ota tölqinlanib. — Baʼzida televizor yoki internetda kelinlar qilgan maşmaşalar, oiladagi janjallarni eşitib, körib qolamiz va töğrisi, könglimiz xira böladi. Ammo nabira kelinimning qilgan işi butun mahallaga, elga ibrat böldi: u heç ikkilanmay, öz qaynisiga jigarini berdi! Bir yigitni ölimdan, bir oilani ayriliqdan saqlab qoldi. Avvalo, uni tarbiyalab, şunday oqibatli qilib voyaga yetkazgan ota-onasiga rahmat! Ilohim, uning özi ham soğ-salomat bölsin, farzandlari baxtini körsin, ğam çekmasin…

Darhaqiqat, çevarçilik bilan şuğullanib, rözğor tebratişda kömakdoş bölgan kelin bugun nafaqat bir oila, balki yurtimiz böylab odamiylik namunasini körsatgan qahramonga aylandi. Zotan, millatimiz asl qiyofasi, özbek ayolining haqiqiy matonati va sadoqati aynan ular kabi zamondoşlarimiz timsolida yaşaydi.

Ilhomjon Abdusalomov.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan