(Bu uyda Mukarrama Turğunboyeva yaşagan edi)
Hayron bölmang, aziz öquvçim! Ha, köz oldimda uy yiğlayapti. Öksib-öksib, dildan kuyib, ovoz çiqarmay yiğlayapti. Oy emas, hafta emas, neça yillar oşa yiğlayapti. Oçiğini aytsam, har safar yonidan ötganimda dilim vayron böladi. Ökinaman, ezilaman. Vujudimni nadomat qoplaydi. Çunki qaragudek bölsam, öşa “Tanovar”, “Rohat”, “Larzon”ni köraman, göyo. Yaqinlaşsam, raqslar malikasining yiği tovuşi eşitilayotganday bölaveradi. Köz yoşlari öta açinarli ahvoldagi taşlandiq orasidan milt-milt nurlanib turgandek…
Poytaxtimizning Mirzo Uluğbek tumani, Niyozbek yöli, 7-tor köçasidagi 18-uyda bir paytlar “Bahor” raqs ansambli bilan özbek sanʼatini dunyoga tanitgan Mukarrama Turğunboyeva istiqomat qilgan. Mana, qariyb 40 yildan buyon bu xonadon açinarli ahvolda.
…Mukarrama opa har taraflama el-yurtning mehrini qozona olgan edi. Şunça yillar ötgan bölsa-da, Opa bilan vidolaşuv manzarasi hamon köz oldimda. Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston davlat akademik katta teatri maydoni heç qaçon bunçalik tumonatning şohidi bölmagan. Sevimli raqqosa bilan vidolaşgani kelganlar köçayu yöllarni töldirgan edi. Keksa nuroniy otaxonlar, yuzlari fayzga töla onaxonlar keçasi bilan yöl yurib, uzoq qişloqlardan, viloyatlardan kelişgan. Odamlarning çehralarida sölğinlik, közlarida yoş. Ular maşhur sanʼatkor haqida öz tuğişganlaridek mehr bilan gapirişardi. Öz yaqinlaridan ajralgandek (aslida ham şunday) qayğurişardi, sanʼatkorga, milliy raqsga bölgan mehr-muhabbat ifodasi edi bu.
Töğri, öşa mehr-muhabbat hamon qalblarda mangu. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 fevraldagi “Milliy raqs sanʼatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida Mukarrama Turğunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli taşkil etilgani ixlosmandlar qalbiga qayta nur bağişladi.
Axir, xalqimiz madaniy merosi, qadriyatlari orasida milliy raqs sanʼatining alohida örni bor. Ularda Şarq ayolining hayosi, ibosi, nazokati (afsuski, uşbu xislatlar tobora yöqolib bormoqda), qalb harorati mujassam. Opa sahnada özining jozibali harakatlari bilan qalbidagi bor haroratini tomoşabinga köçirar, samimiy tuyğu uyğotardi, yuz ifodasida, harakatlarida nafislik bor edi. U yaratgan “Jonon”, “Rohat”, “Larzon”, “Pilla” kabi bir qança raqslar sanʼat tarixida öz örniga ega.
Endi öylab köring, özbek milliy raqs sanʼatini dunyoga maşhur qilgan raqs malikasining uy-muzeyi yöq, çunki öşa yuqorida qayd etilgan manzildagi Opa yaşagan uyni Bobur ismli “nabira”lari (aslida, u opaning uyida yumuşlariga qaraşib yurgan hamda ansamblda “bulbul” bölib sayraşni bilgan Abdulla akaning öğli. Asl nabiralari — Telman ismli öğillarining farzandlari çet elga ketgan) özboşimçalik bilan buzib, örnida boşqa ikki qavatli uy qura boşlagan. Lekin imorat oxiriga yetkazilmay, çala holatda töxtatilgan. Sababi bizga nomaʼlum.
Qarangki, 30-40 yildan buyon bu qarovsiz çala quriliş bilan tuman hokimiyati ham, mahalla rahbarlari ham, mutasaddi taşkilotlar ham qiziqmaydi. Nahotki, bu joy raqs malikasi yaşagan uy ekanini bilişmasa?! Nahotki, “Bahor” ansambli hamda özining betakror raqslari bilan turli millatlar eʼtirofiga sazovor bölgan insonning yaşaş xonadoni şu alpozda, çala quriliş holatida turaversa?!
Raqqosaning uy-muzeyini taşkil qiliş, muzeyga qöyilişi lozim bölgan buyumlarni asrab-avaylaş, saqlaş, kelajak avlodlarga bus-butunligiça yetkaziş kerak. Hozirgi yoş avlodning köpçiligi Mukarrama Turğunboyeva haqida töliq tasavvurga ega emas.
Bu borada Özbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi ham vaqtni boy beryapti, desak xato bölmas. Axir, binoni buzib, uyni asl holatiga keltiriş qiyin bölsa, qurilişni oxiriga yetkazib, muzey qiliş mumkin-ku.
Yurtboşimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan örtaga taşlangan beş tamoyil boşqa sohalar qatori sanʼatda ham katta buriliş yasadi. Yangi nomlar, ansambllar, folklor dastalari rivoj topdi. Respublikamizda ötkazilayotgan maqom festivalining dovruği olamga yoyildi. Şu jumladan, raqs ansambllari ham xorijga gastrollarga borib, olqişlar bilan qaytmoqda.
Sanʼatkor, aslida, xalq uçun yaşaydi, ona xalqi uçun mehnat qiladi. U özini eliga, yurtiga baxşida qilsa, el ham uni ardoqlaydi. Mukarrama opa çinakam fidoyi sanʼatkorlardan edi. Hali Surxondaryo, hali Qaşqadaryo, hali Buxoroga borib, odamlar orasida bölardilar. Köproq keksa otaxon-onaxonlarning duosini olardilar. Kamina bir neça bor buning şohidi bölganman. Qöqonga borganimda (turmuş örtoğim qöqonlik edi. Tez-tez borib turardik), Mukarrama opa tutingan singillari Maʼsudaxon opanikiga keldilar. Birpasda hovli şodlikka töldi. Oradan heç qança vaqt ötmasdan, hovlidagi sörida qöni-qöşnilarga joy yetmay qoldi. Hayratlanganimni sezgan Maʼsuda opa: “Kördingizmi, bular opani qançalik soğinişgan?” — dedilar. Opa esa eşikdan kirib kelganlarning hammasini quçoq oçib, eski qadrdonlardek körişib qarşi olardilar. Hol-ahvol sörardilar. Sanʼat, hofizlar haqida suhbat qizidi, yöl taassurotlaridan gapirişdi. Keyin muxlislarga töla möʼjaz hovlida “Tanovar” yangradi. Uni qöşni onaxon xoniş qildilar. Mukarrama opa esa tavoze bilan xirom ayladilar. Bunday davralar raqqosa hayotida köp va xöb bölardi.
Şu örinda ibratli fazilatlaridan yana birini eslamoqçiman. 1966 yil aprel oyining oxiri. Xonadonimizda töy. Turmuşga çiqyapman. Kelinlik libosida ötirib, yon-atrofdagilarning şivir-şivirini eşitdim: “Mukarrama opa keldilar”. Harir römol ostidan körişga urindim. Rost ekan. Dadaxon Hasanov kuylayapti, opa raqsga tuşdilar. Bir zumda töy tarovati taraldi. Boşqa raqs şaydolari ham opaga ergaşişdi. Davra avji qizigan paytda yer qattiq silkindi. Ayrimlar talvasaga tuşişdi çoği, lekin opa şu payt: “Çöçimanglar, menga qaranglar, raqs şodlikdir, şodlikdan qörquv qoçadi!” deganlarini aniq eşitdim. Römol ostidan yana razm soldim. Opa avvalgidek nafis va gözal harakatlar bilan hammani hayratga solardi. Keyin bilsam, Maʼsuda opadan eşitib kelgan ekanlar. Muhimi, xonadonimiz qanaqa va kim ekanimizga qiziqmabdilar. Xizmat haqini ham olmasdan, barçaga zavq ulaşib ketgandilar. Öşanda mahallamizdagi keksa-yu yoş opaning kamtarligiga qoyil qolib, uzoq vaqtgaça eslaşgandi. Mukarrama Turğunboyevaning bu kabi betakror va ibratomuz fazilatlarining çek-çegarasi yöq. Qaniydi, özi yaşagan xonadonda sanʼatimiz malikasining uy-muzeyi taşkil qilinsa. Bu kelajak avlod tarbiyasida juda muhim örin egallar edi.
Bizningça, bu haqda, “yiğlayotgan uy” haqida mutasaddi taşkilotlar, rahbarlar öylab körişar, degan umiddamiz. Nazarimda, el-yurt ardoğida bölgan, hamon muxlislari qalbida ğoyibona yaşayotgan fidoyi raqqosaning ruh-poklarini şod etiş — insoniylik burçimiz.
Muqaddas ABDUSAMATOVA,
Özbekistonda xizmat körsatgan
madaniyat xodimi,
I darajali Mehnat faxriysi.