Yaqinda yaponiyalik psixolog Xideki Vadaning “Sakson yoş tösiğini yengiş” nomli kitobi naşr etildi va u jamoatçilikda katta qiziqiş uyğotdi. Kitob dökonlarga çiqişi bilanoq 500000 dan ortiq nusxada sotildi.

Doktor Vada 61 yoşda bölib, keksalar salomatligi böyiça yetakçi mutaxassis hisoblanadi. U özining boy tajribasini 44 ta qoida şaklida jamlab, 60 yoşdan keyingi xotirjam va mazmunli hayot sirlarini bayon qiladi.

Doktor Vada taʼkidlaydiki, 60 yoşdan keyingi davr hayotning tugaşi emas, balki soddalik va xotirjamlik boşlanişidir. Bu inson hayotga aniqroq nazar taşlaydigan va özi bilan rostgöy böla boşlaydigan vaqtdir.

Har kuni sayr qiliş, ğazablangan paytda töğri nafas oliş, hamişa harakatda böliş, ovqatni yaxşilab çaynab yeyiş, odamlar orasida böliş va özlariga yoqqan ovqatni isteʼmol qiliş  yoşi uluğlarning umrini uzaytiradi, deb yozadi psixolog.

Şuningdek, u “Xotira yoş tufayli emas, faoliyatsizlik tufayli susayişini, dorilarni haddan taşqari köp qabul qilmaslikni maslahat beradi. Keksalarni şukronalikka, soğlom ovqatlanişga eʼtiborli bölişga çaqiradi. “Yolğizlik doimo yakkalik emas — u baʼzan xotirjamlikdir, deya taʼkidlaydi Vada.

“Qisqaça aytganda, oddiy yaşang, har kuni biroz harakat qiling va köproq kuling. Tanangizni va yoşingizni mehr bilan qabul qiling — şunda baxt siz öylagandan ham yaqin ekanini anglaysiz”, deb yozadi u öz kitobida.

 

Insonlar tomonidan qurilgan qadimiy orol

Şotlandiyadadagi Lox-Borgastayl (Loch Bhorgastail) kölida jajji bir orol bor. Olimlar uni bundan 5000 yildan köproq vaqt avval inson qöli bilan yaratilganini va Misr ehromlaridan ham, Stounhenjdan ham qadimiyroq ekanini isbotlaşdi.

Lox-Borgastayl (Loch Bhorgastail) kölini örganayotgan arxeologlar neolit davriga oid ajoyib krannog — sunʼiy orolni kaşf etişdi. Uşbu orol tarixçilar bu kabi muhandislik mahorati uşbu mintaqada mavjud bölgan deb hisoblagan davrlardan ança avval, sayoz suvda barpo etilgan.

Birinçi qaraşda u şunçaki suvdan çiqib turgan oddiy qoyaga öxşaydi. Biroq suv ostini örganiş jarayonida tadqiqotçilar yoğoç va butalardan yasalgan, kengligi taxminan 23 metr bölgan ulkan doirasimon platformani hamda uni qirğoq bilan boğlab turuvçi suvosti toş yölagini topişdi.

Eng qiziği, bu maskanda bir vaqtlar hayot mavjud bölgan,  olimlar u yerdan yuzlab sopol idiş siniqlarini topişdi. Ularning baʼzilarida haligaça qadimiy taomlarning qoldiqlari saqlanib qolgan. Bu esa minglab yillar avval odamlar bu yerda töplanib, taomlanişgani va ehtimol, marosim bayramlarini ötkazişganidan dalolat beradi.

Bu kaşfiyotni yanada hayratlanarli qiladigan jihat, uning qanday topilganidir. Şotlandiya köllari atrofidagi sayoz suvlar arxeologlar tilida “oq tasma” deb ataladi. Bu hudud suvosti tadqiqot tizimlari uçun juda sayoz, quruqlikdagi odatiy xaritalaş uçun esa juda çuqurlik qiladigan noqulay zona hisoblanadi.

Muammoni hal qiliş uçun tadqiqotçilar suvosti fotogrammetriyasi, suv ötkazmaydigan stereokameralar, dron tasvirlari va 3D modellaştiriş texnologiyalarini birlaştirdilar. Bu esa yaşirin maskanni hayratlanarli darajada aniq qayta tiklaş imkonini berdi.

Endilikda olimlar Şotlandiya suvlari ostida yana köplab tarixdan oldingi inşootlar yaşirinib yotgan bölişi mumkin, deb taxmin qilişmoqda.

Internet manbalari asosida Söğdiyona SOBIROVA tayyorladi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan