Mamlakatimiz böylab  “Burç, jasorat, matonat!” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda. Özbekiston sudyalari assotsiatsiyasi hamda Sud tizimi faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik markazi hamkorligida sud tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, odil sudlovni taʼminlaş hamda yoş sudya kadrlarni tayyorlaş işiga munosib hissa qöşgan bir guruh soha faxriylari “Sud faxriysi” kökrak nişoni bilan mukofotlandilar.

Özbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi hamda Sud tizimi faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik markazi taqdimnomasiga asosan, Sudyalar oliy kengaşi tomonidan Maqsud Asanov, Latifjon Axmedov, Asatulla Hikmatov, Xomidjon Jalilov, Aysara Musayeva va Kamol Ubaydulloyevga mukofotlar topşirildi.

Şuningdek, Özbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi va Sud tizimi faxriylari Markazining taşabbusi, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Oliy sudining qöllab-quvvatlaşi bilan mamlakatimizning boy tarixi va bebaho sivilizatsiya durdonalarini özida mujassam etgan, xalqimizning madaniy merosini çuqur anglaşga xizmat qiladigan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat taşkil etildi.

Mazkur sayohatdan közlangan asosiy maqsad sud faxriylarini 9 may — Xotira va qadrlaş kuni arafasida yurtimizda amalga oşirilgan eng yirik maʼrifiy loyihalardan biri bölgan uşbu Markaz bilan yaqindan taniştiriş va ularga xalqimizning uzoq ötmişi, boy tarixi hamda madaniy merosi haqida yanada kengroq maʼlumot berişdan iborat böldi.

Töqqiz yil davomida barpo etilgan mazkur Markaz davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan qurilgan bölib, u xalqimizning boy tarixi, madaniy-maʼrifiy merosi va islom sivilizatsiyasining insonparvarlik mohiyatini yanada keng namoyon etişga xizmat qiladi. Hazrati Imom majmuasi hududida joylaşgan uşbu majmua qisqa vaqt içida nafaqat yurtimiz aholisi, balki jahon hamjamiyati tomonidan ham tinçlik, ezgulik, ilm va maʼrifat maskani sifatida eʼtirof etildi.

Markazga taşrif buyurgan sud tizimi faxriylari har bir ekspozitsiyani katta qiziqiş va diqqat bilan kuzatib, yurtimiz tarixi va boy madaniy merosi haqida yanada mazmunli maʼlumotlarga ega böldilar. Markaz xodimlari tomonidan berilgan maʼlumotlar — tarkibida 2000 dan ortiq eksponatga ega muzey, kutubxona, nodir qölyozmalar fondi va interaktiv bolalar bölimi faxriylarda katta qiziqiş uyğotdi va ular ayrim manbalarni öz qöllari bilan uşlab köriş imkoniyatiga ega bölişdi.

Toşkent şahrining tarixiy qismida joylaşgan, uç qavatdan iborat, balandligi 65 metrli markaziy gumbazga ega, ön gektardan ortiq hududni egallagan va Temuriylar davri meʼmorçiligi uslubida barpo etilgan uşbu majmuaga sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlaş, sudlarni adolat qörğoniga aylantiriş yölida şaraf bilan mehnat qilgan soha faxriylarining taşrif buyurişi ularga körsatilayotgan yuksak ehtiromning ifodasi böldi.

Faxriylarimiz sensorli panellar orqali tarixiy obʼyektlar va manzaralarning 3D panoramalarini, harakatlanuvçi eksponatlarning ovozli va video namoyişlarini maroq bilan tomoşa qilişdi. Mezolit davrining qoyatoş rasmlaridan tortib, bronza davri yodgorliklarigaça bölgan noyob eksponatlar bilan tanişişdi.

U yerdagi qadimiy sopol va toş buyumlari, taqinçoqlar, ibodat aşyolari, suğoriş tizimlari, Xorazm va Suğd madaniyatlari, Zarduştiylik davri va Buyuk Ipak yöliga oid moddiy manbalar faxriylarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, taxminan 800 yil muqaddam işlatilgan muqaddas Kaʼba eşigining asl kaliti, eşik nusxasi va kisva parçalari barçaning eʼtiborini birdek tortdi.

Sayohat yakunida faxriylar Qurʼoni karim zalida bölib, zal markazida joylaşgan VII asrga oid xalifa Usmon davrida köçirilgan nodir Qurʼoni karim qölyozmasini tomoşa qiliş imkoniyatiga ega bölişdi. Mazkur qölyozma Islom madaniyatining eng noyob yodgorliklaridan biri hisoblanadi.

Sayohatdan söng sud faxriylari uçun maʼnaviy muloqotlarga boy tadbir taşkil etildi. Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan ötkazilgan uşbu uçraşuvda faxriylar bir dasturxon atrofida jam bölib, samimiy suhbat qurdilar.

Tadbir davomida Ikkinçi jahon uruşi yillarida faşizmga qarşi mardonavor kuraşgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan sud tizimi vakillari, şuningdek, sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan marhum ustozlar xotirasi çuqur ehtirom bilan yodga olindi.

Uçraşuv davomida faxriylar öz xotiralari, hayot yöllari va kasbiy faoliyatlariga oid yodida qolgan hikoyalar bilan örtoqlaşib, bugungi avlod uçun ibrat bölarli fikr-mulohazalarini bildirdilar. Samimiy ruhda keçgan tadbir barça iştirokçilar qalbida iliq taassurotlar qoldirdi.

Tadbirda Özbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi hamda Özbekiston sud tizimi faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik markazi raisi U.Mingboyev sözga çiqib, uruş yillarida qurbon bölgan ota-bobolarimizni, istiqlol davrida Vatanimiz mustaqilligini himoya qiliş yölida jon fido etgan yurtdoşlarimizni xotirlaş, şuningdek, bugun oramizda soğ-salomat umr keçirayotgan uruş va mehnat faxriylariga, ayniqsa, sud tizimida faoliyat yuritgan ustozlarga hurmat va ehtirom körsatiş har birimiz uçun nafaqat insoniylik burç, balki muqaddas vazifa ekanini alohida taʼkidladi.

Anjuman nafaqat maʼrifiy sayohat, balki uç avlod uçraşuvi, ustoz va şogirdlar muloqoti sifatida yuksak baholandi. Şu munosabat bilan tadbirni taşkil etişda taşabbus körsatgan Oliy sud rahbariyati va barça taşkilotçilarga sud faxriylari samimiy minnatdorçilik bildirdilar.

Şerzod DAMINOV,

jurnalist.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan