Dunyoga maşhur aktyor, Gollivud kinoyulduzi  Riçard Gir “Turmuş taşvişlari” (“Time Out of Mind”) filmidagi roliga tayyorgarlik köriş va suratga oliş jarayonlarida Nyu-York köçalarida uysiz darbadar qiyofasida yaşab körişga ahd qildi.

Uning aytişiça, odamlarning aksariyati unga mutlaqo eʼtibor bermagan yoki nafrat bilan tikilib ötgan. Aktyor özini xuddi körinmas odamdek his qilgan. Faqatgina bir ayol töxtab, unga yegulik taklif qilgan — Riçard bu mehribonlik lahzasini heç qaçon unutmasligini aytadi.

— Bu voqea özgalar nazaridan çetda qolgan, yolğizlangan inson uçun kiçik bir mehr-oqibat ham naqadar ulkan kuçga ega ekanligini körsatadi. U bizga juda kam harakat evaziga kimningdir kunini quvonçga töldiriş yoki uning poymol bölgan insoniy qadr-qimmatini tiklaşga qodir ekanligimizni eslatib turadi, — deydi aktyor.

Uşbu tajribadan söng u köçalarga yana öz qiyofasida qaytdi va yölida duç kelgan uysiz insonlarga pul va ovqat tarqata boşlagan.

Bir bolakay ibrati

Kanadalik Rayan Xreljak (Ryan Hreljac) butun dunyoga xayriya loyihalari va insonparvarlik taşabbusi bilan tanilgan. U maxsus fondni işga tuşirib, dunyoning  17 mamlakatida minglab suv loyihalarini amalga oşirgan va 1,6 million odamni toza suv bilan taʼminlagan. Eng qiziği, kanadalik bu bolakay 7 yoşida Ugandada birinçi xayriya quduğini qurdirişga erişgan edi.

…1998 yilning yanvar oyida 1-sinfda öqiyotgan kezlarida öqituvçisi bolalarga toza suv haqida dars ötayotgan edi. U Afrikaning ayrim hududlarida bolalar soatlab suv taşib yurişini, topgan suvi esa köpinça iflos va xavfli ekanini aytib, hatto minglab bolalar ifloslangan suv sabab halok bölişini tuşuntiradi.

Şunda olti yoşli Rayan  qölini kötarib söraydi:

— Afrikadagi bolalar suvga yetiş uçun qança yurişadi?

— Taxminan beş ming qadam, — deydi öqituvçi.

Bola öylanib qoldi. Çunki u çanqaganida suvga yetiş uçun atigi ön qadam yurardi. Buni özi sanab aniqlagan edi. “Men suvga yetgunça ön qadam yuraman, ular esa beş ming qadam yurişadi. Açinarlisi,  şunça yöl bosib suvga yetişganida baʼzan toza suv topa olişmaydi”, Rayan şunday öylar ekan, öqituvçisiga savol berdi:

— Ularga toza suv çiqarib beriş qança turadi?

— Yetmiş dollar, — dedi öqituvçi.

Bolakay öşa kuniyoq uyiga kelib, onasiga Afrika uçun quduq qurdirmoqçi ekanini aytdi. Onasi buni bolalarça orzu deb öyladi. Ammo uning maqsadi jiddiy edi. U pul işlab topiş uçun  tört oy davomida uy işlarini qilib,  pol tozalab, oyna yuvib, hovlida işlarga qaraşib yetmiş dollar yiğdi. Keyin maʼlum bölişiça, quduq uçun yetmiş dollar emas, ikki ming dollar kerak ekan. Rayan bir muddat öyga toldi. Şunça harakat qilib topgan pullariga qaradi. Yaqinlari uning fikridan qaytişini kutişdi. Biroq bolakay:

— Unda yanada köproq işlayman, — dedi qatʼiyat bilan.

Şundan keyin u odamlar yiğilgan joylarda öz fikrini aytib, ularga afrikalik bolalar uçun suv juda zarurligini tuşuntira boşladi. Dastlab maktabda,  boşqa sinflarda va kiçik jamoalar oldida könglidan ötayotgan fikrlarini bayon etardi. Avval heç kim eʼtibor bermadi. Axir, u hali bola edi-da. Uning sözlari rasmiy maʼruza emas, 6-7 yoşli bolakayning samimiy tuyğulari ifodasi edi, xolos. Aynan şu samimiyat odamlarga taʼsir qildi. Uni tinglay boşlaşdi. U öz fikrini şunçaki raqam emas, balki his etiladigan sözga aylantirdi: “Suvgaça menda ön qadam, ularda esa — beş ming qadam!”

Odamlar Rayanga işonişdi va yordam bera boşlaşdi. Nihoyat, bir yildan keyin  1999 yilda Ugandada uning birinçi quduği qurildi. Kanadadan minglab kilometr uzoqlikdagi bolalar birinçi marta toza suv içişdi. Rayan Ugandadagi öşa qişloqqa borganida, butun qişloq uni quvonç bilan kutib oldi. Bolalar uning ismini aytib, yugurişardi. Qişloq oqsoqollaridan biri unga  şunday dedi: “Bolalarimizga qarang. Endi ular soğlom. Biz uçun suv — hayot”.

Bu holat unga yanada köproq harakat qiliş uçun ilhom berdi. “Bitta quduq uçun pul yiğa oldik, birlaşsak, undan köpini  ham qura olamiz”, der edi u işonç bilan. Şu tariqa Rayan Xreljak (Ryan Hreljac)  Afrikadagi bolalarni suv bilan taʼminlaş maqsadida “Ryan’s Well Foundation” fondni taşkil etdi.  Afrika va boşqa hududlarda quduqlar qaziş, toza suv tizimlari quriş, sanitariya va gigiyena loyihalarini amalga oşiriş bilan şuğullanuvçi bu jamğarma keyinçalik 17 mamlakatda minglab suv loyihalarini işga tuşirdi. 1,6 million odam toza içimlik suvi bilan taʼminlandi.

Rayan haqida  esa “Bir bola ham dunyoni özgartira oladi” degan ğoya asosida köplab kitob va asarlar yaratilgan.a

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan