Yon-atrofimdagi, işxonamdagi yaxşi insonlarni körib, könglim yorişadi. Ulardan boşqalar ham ulgi olişlarini, örganişlarini istayman. Biz köpçiligimiz ibrat olişimiz kerak bölgan insonlar haqida gap ketganda, men dastavval ahmadjon meliboyevni köz oldimga keltiraman.
Ustozning adabiyotimiz uçun, xususan, badiiy tarjima, publitsistika rivoji borasidagi xizmatlari, ijtimoiy faoliyatlari, özlari rahbar bölgan jamoa xodimlariga, ayniqsa yoş ijodkorlarga körsatayotgan ğamxörliklari… Yozuvçilar uyuşmasidagi sermazmun maʼruzalaridan bir dunyo saboq olasiz. Birorta jumlani şunçaki tilga olmaydilar. Har bir gaplari purmağiz, mantiqli. Hatto har gal sözlarining yakunida aytadigan hazilnamo gaplari — “Jahon adabiyoti”ga obuna bölişni eslatişlari ham bejizga emas. Muharrir bölganlari jihatidanmas, adabiyot manfaatini öylab, xalqimizni dunyo adabiyotidan boxabar bölişlari, dunyoqaraşi kengayişini çin dildan istaganlari uçungina aytadilar.
“Jahon adabiyoti” jurnali, taʼbir joiz bölsa, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyoti örtasida maʼnaviy köprikdir. Biz har doim ham xorij adabiyoti durdonalaridan vaqtida xabardor bölib boriş imkoniyatiga ega emasmiz. Mazkur jurnal esa bizga ana şunday qulay imkoniyatni beradigan möʼtabar naşrdir. Ahmadjon Meliboyev ustozimiz rahbarligidagi ana şu möʼtabar naşrning nufuzi, obrö-eʼtibori yil sayin ortib bormoqda. Jurnal köplab isteʼdodli tarjimonlar, adiblarni elga tanitdi. Jahon adabiyotining eng nodir asarlarini özbek kitobxonlariga sifatli, yuksak saviyada yetib borişiga hissa qöşdi. Ustozning adabiyotga bölgan mehri, har bir sözga donişmandona yondaşişi, butun boşli jurnal matnini boşidan oxirigaça közdan ötkazişi, talabçanligi bu borada alohida örin tutadi.
Ustoz Ahmadjon Meliboyev har doim odamgarçiligi, kamtarligi va samimiyligi bilan ajralib turadilar. U kişining suhbatida bir borgina bölgan kişi fikrlaridagi teranlikni, hayot tajribasini va adabiyotga bölgan çeksiz muhabbatini darhol his qiladi. Jamoaga talabçanliklari bilan bir vaqtda, har bir xodimiga otalarça eʼtibor, ğamxörlik körsatadi. Bu bilan esa jamoada özaro mehr-oqibatga asoslangan ijobiy, ijodiy muhit yaratadilar.
Bugun ustozimiz sakson yoş ostonasiga qadam qöyar ekanlar, ularning hayot yöli — sadoqat, mehnat va maʼnaviyat namunasi sifatida barçamiz uçun ibrat bölib kelayotganini yana taʼkidlagim keladi. Ustozimizning ötkir qalami, fikri va ustozlik mehri yana uzoq yillar davomida adabiyot va maʼnaviyat olamiga nur soçib turişiga tilakdoşmiz.
Dilfuza MAHMUDOVA.