Ingliz yozuvçisi Oskar Uayldning onasi Jeyn Elji önta tilda gaplaşa olar, 17 yoşidan boşlab, Speransa taxallusi ostida şeʼrlar yozardi. Bu siyosiy şeʼrlar “Millat” jurnalida çop etilardi. Biroq köp ötmay u turmuşga çiqdi va qalam örniga beşik tutdi.
Ularning xonadonida uluğvor muhit hukm surardi — antik suratlar va haykallar, javon töla nodir kitoblar, har şanba kuni esa dublinliklar bilan adabiy mutolaalar uyuştirilardi. Jeyn öğli Oskarga ham çet tillarni örgatdi. Unda adabiyot va tarixga qiziqiş uyğotdi. Oskar 12 yoşga kirganda Vergiliyning şeʼrlarini bemalol tarjima qila oladigan darajaga yetdi. Ona öz ijodiy orzularining röyobini öğlida kördi — Oskar Uayld jahon adabiyotida munosib örin egalladi.
Pablo Pikassoning volidasi
Pablo Pikassodan qanday qilib mahoratli rassom bölgani haqida söraşganida, u bolalikda onasi qalamiga mansub şeʼrlarni ertak örnida tinglab uyquga yotgani, bu şeʼrlar uning xayolot olamini kengaytirgani, surat çizişga iştiyoq uyğotganini aytadi.
Mariya Lopes jajji Pabloni yoşligidanoq buyuk inson ekanligiga işontira olgan edi. “Agar harbiylikni tanlasang, albatta, general bölasan, agar dinni tanlasang, albatta, Rim papasi bölasan!” — deb ruhlantirar edi u öğlini. Bola ilk suratini ön yoşida çizdi, lekin atrofdagilar uni arzimas deb baholadi. Faqat onasigina uning çizgan suratiga yuqori baho berdi. Şunday qilib, Pablo suratkaşlikni tanladi.
U maşhur bölganidan keyin ham Parijga onasini körgani tez-tez kelar, köp vaqtini onasi bilan ötkazardi. Uning fikri va maslahatlari Pikasso uçun juda muhim edi. Onasidan hamişa ruhiy quvvat olgan Pikasso zamonasining eng buyuk rassomiga aylandi.
Byetxovenning mehriboni
Mariya Magdalena Betxovenning hayoti oson keçmadi. Sud oşpazining qizi bölgan Mariya keyinçalik sud teatrida qöşiqçilik qilgan Iogann Betxovenga turmuşga çiqdi. Iogann va Mariya Magdalenaning tönğiç farzandi gödakligida vafot etgan, şu sababli Mariya ikkinçi farzandi Lyudvig van Betxovenga özgaça mehr qöygan edi.
Mariya Magdalena istarasi issiq, muloyim ayol edi, eri Iogann esa juda qattiqqöl bölgan. U sanʼatga berilib ketganidan yoş Lyudvigni şafqatsizlarça tarbiyalar, uni musiqa örganişga majbur qilar edi.
Mariya Magdalena eri öğlini haqorat qilayotganini köz yoşlari bilan kuzatar, lekin johil eri Iogannning jahlini yumşata olmasdi. Uning ruhan ezilişini Lyudvig van Betxoven bola qalbi bilan his etardi. Yolğiz qolişganida onasi uni yupatar, dalda berardi. Kelajakda buyuk kompozitor bölişiga işontirar, onasining ana şu işonçi, mehri Lyudvig van Betxovenni yanada kuçli qilardi.
Mariya Magdalena Lyudvigdan keyin yana oltita farzand körgan, bu uni yanayam ziflaştirgan edi. U 39 yoşida sil kasalligi tufayli vafot etgan. Lyudvig van Betxovenga onasidan juda katta ruhiy madad va mehr xotira bölib qoldi.
Farzandiga ruhiy quvvat bergan ona
“Bizga iqtidor otamizdan, ruhiy quvvat esa onamizdan meros bölib qolgan, — deb yozgan edi Anton Pavloviç Çexov ota-onasini eslab. Uning onasi Yevgeniya Yakovlevna haqiqatan ham, issiq çehrali, yumşoq tabiatli va rahmdil ayol edi. U özini butunlay bolalariga bağişlagan, yetti nafar farzandiga yuksak tarbiya bera olgan ayol sifatida tarixda qoldi.
Yevgeniya Yakovlevna har qanday vaziyatda özini xotirjam tuta olardi. Uni ayollik va onalikning eng gözal namunasi deyiş mumkin edi. Teatrni yaxşi körardi, gözallikka oşufta qalbi bor edi. Turmuşga çiqib, bolalari tarbiyasi, uy-rözğor taşvişlariga öralaşgan paytida ham u gözallikka bölgan muhabbatini saqlab qoldi va bu tuyğuni bolalariga singdirişga muvaffaq böldi.
Yevgeniya Yakovlevna uyi va xöjaligini özi boşqarişni afzal körardi va mehmonlarni doimo mehmondöstlik va mehribonlik bilan kutib olardi. “Mening otam va onam butun sayyoradagi yagona odamlardir, men ular uçun heç qaçon heç narsani ayamayman, çunki bugun muvaffaqiyat qozonib, yuksak martabaga erişgan bölsam, bu ularning mehnati tufaylidir. Ular biz, farzandlariga çeksiz muhabbat berişdi va bizni yutuqlar sari ruhlantirişdi” — deb yozgan edi Anton Pavloviç ota-onasi haqida.
Internet materiallari asosida
Suğdiyona Sobirova tayyorladi.