Jadid maktabidan çiqqan turkistonlik ziyoli ayollarning yorqin vakilasi, şoira va publitsist Nozimaxonim zamonasining ilğor şaxslaridan edi. Yozgan maqolalari, kuyunçak sözi, salmoqli ijodi köz öngimizda uning erkparvar qiyofasini çizib beradi.

Nozimaxonim 1870 yilda Toşkentning Beşyoğoç dahasida davrining peşqadam ziyolisi Mulla Said Ahmad xonadonida dunyoga keladi. Keng fikrli, ilmu maʼrifatga oşno ota qizining kelajagiga katta umid boğlab, uning har tomonlama töliq bilim olişi uçun barça imkoniyatni yaratadi. Nozimaxonim avvaliga mahalladagi qizlar maktabida otinoyi qölida saboq oladi, keyin rus-tuzem maktabida tahsilni davom ettiradi. Arab, fors, rus va tatar tillarini puxta özlaştiradi

Matbuot naşrlarida “Beşyoğoçlik Nozimaxonim” imzosi bilan maqolalar yozadi. 1904 yili “Turkiston viloyatining gazeti”da çop etilgan maqolalaridan biri “Insonga qança erk darkor?” deb nomlanadi. Mahalliy matbuot sahifalarida “Xotinlar huquqiga oid”, “Ilm va maorif borasida bir-ikki söz” kabi maqolalari çop etiladi.

“Taraqqiy” gazetasining 1907 yilgi sonlarining birida uning “Afsus” nomli şeʼri eʼlon qilinadi. Şoira uşbu şeʼr orqali haq sözni xotin-qizlarga yetkazmoq umidi bilan: “Ki, şoyat zulm tuni barham böldi”, deb yozadi. Nozimaxonim “Turkiston viloyatining gazeti”, “Taraqqiy”, “Şuhrat”, “Xurşid”, “Hurriyat”, “Osiyo”, “Sadoyi Turkiston”, “Uluğ Turkiston”, “Samarqand” kabi gazetalarda, şuningdek, Mahmudxöja Behbudiy muharrirlik qilgan “Oyina”, Ufada çop etilgan “Şöro” va Ozarbayjonda çiqarilgan “Irşod” jurnallarida ğazallari, hajviy şeʼr va publitsistik maqolalari bilan faol iştirok etadi.

Şu örinda, qahramonimizning matbuotda “Ayollarga erk darkor” deb baralla çiqişini öşa qaltis davrdagi haqiqiy jasorat namunasi edi, deyiş mumkin. Maqolada ötmiş tuzumning ayollarni çeklovçi qoidalari keskin tanqid qilinadi. Bunday qatʼiyat ortidan el orasida tez tilga tuşgan Nozimaxonim ijodini kutadiganlar soni kun sayin oşib boradi.

Nozimaxonim maktabdorlik — otin sifatida ham jamiyatda katta iz qoldirgan. U yon-atrofdagi mahalla qizlarini öqitib, ularga har tomonlama çuqur bilim berişga, ularni diniy va dunyoviy fanlar, badiiy adabiyot, tarix va geografiya bilan oşno etişga harakat qilib, dunyoda bölayotgan voqea-xodisalardan muntazam xabardor qilib borgan.

…1924 yili ellik tört yoşida hayotdan köz yumgan publitsist, maʼrifatparvar şoira Nozimaxonimning şeʼrlari adabiyotşunos Töxtasin Jalolov tuzgan “Özbek şoiralari” töplamiga kiritilgan.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan