“Nuroniy” jamğarmasi Namangan viloyati bölimi, Norin — Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi jamoatçilik va faxriylar kengaşi hamkorligida muborak ramazon oyida suv xöjaligi faxriylarining holidan xabar olinib,  saxovat tadbiri taşkil etildi.

Tadbirni Norin — Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi boşliği J.Rizzayev kiriş sözi bilan oçib, mamlakatimizda yoşi uluğlarga alohida eʼzoz-ehtirom körsatilayotganini taʼkidladi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning turmuş darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 167-sonli, 2023 yil 11 mart kunidagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 92-sonli Qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş yuzasidan amalga oşirilayotgan tizimli işlarga töxtalib ötdi.

Xususan, boşqarma faxriylari holidan muntazam xabar oliş, ommaviy bayram tadbirlarida ularni yöqlaşga asosiy eʼtibor qaratiladi. Ötgan 2025 yilda 8 mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan 68 nafar ayollarga bayram tadbiri taşkil etilib, sovğalar berildi. Navröz, ramazon va qurbon hayitlari arafasida boşqarma xodimlari va nafaqadagi 355 nafar keksa xodimlar holidan xabar olinib, 524 nafar yoş rahbar va xodimlarga nomma-nom biriktirilib, ularning holidan xabardor bölişlari, har bir bayramda, tadbirlarda iştirok etişlari uçun barça şaroitlar yaratilgan.

Joriy yilda ham uşbu ezgu amaliy saʼy-harakatlar izçil davom ettirilmoqda. Suv xöjaligida işlab, nafaqaga çiqqan faxriylarning oilalaridan xabar olinmoqda.  Şuningdek, keksa, örta va yoş avlod vakillari iştirokida “Uç avlod uçraşuvlari”, “Sizga havas qilamiz!”, “Hayotingiz biz uçun ibrat” kabi loyihalar taşkil qilinib, ularda soha faxriylari örta va yoş avlod vakillariga öz hayoti, faoliyatidan hikoyalar qilib, yoşlarni ilm-maʼrifatli, kasb-hunarli böliş, Vatan va xalq uçun sidqidildan xizmat qilişga çaqirmoqdalar.

Ayniqsa, tizim faxriylarini ijtimoiy himoya qiliş, salomatliklarini mustahkamlaş hamda köp yilllik bilim va tajribalaridan soha rivoji yölida oqilona foydalanişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Muborak ramazon oyi munosabati bilan boşqarma jamoatçilik va faxriylar kengaşi hamda  kasaba uyuşmasi tomonidan suv xöjaligi faxriylariga hududlarda iftorlik dasturxonlari yozilib, arzon narxlarda mol göşti tarqatildi.

Norin — Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasining hududiy suv xöjaligi taşkilotlari tomonidan ham iftorlik va maʼrifiy saxovat tadbirlari taşkil etilmoqda.

Abduraşid Boltaboyev,

Namangan viloyati.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan