Yurtimizga özgaça şukuh olib kelgan köklamning dastlabki haftasida qanday ob-havo kuzatiladi?

“Özgidromet”ning hafta kunlari uçun tuzgan prognozlariga köra, hafta davomida şimoliy hududlarda deyarli yoğingarçilik bölmasligi, respublikamizning boşqa hududlarida hafta boşidan oxirigaça yoğingarçiliklar davriy tus olişi,  pasttekisliklarda tanaffuslar bilan yomğir, toğlarda esa yomğir va qor yoğişi mumkin.

Hafta ob-havosi bahor boşlariga xos bölib, ayrim toğli hududlarni hisobga olmasa, sovuq havo harorati ösimliklarga jiddiy zarar yetkazmaydi.

Sinoptiklar hafta davomida keçalari va tong paytlari nol darajadan biroz yuqori, yaʼni +1…+6 daraja, kunduzlari +10…+15 daraja iliq bölişi, janubiy hududlarda +18 darajagaça kötarilişini maʼlum qilgan. Şimol va toğli hududlarda esa keçalari -3 darajagaça sovuq, kunduzlari +10 darajadan past harorat bölişi mumkin. Çorşanba kuni ayrim hududlarda kuçli şamollar yuzaga kelişi ehtimoli bor.

Hafta davomida vaqti-vaqti bilan yoğişi kutilayotgan yomğirli havo tufayli biroz sovuq kuzatiladi.

Uşbu haftada atmosfera bosimi meʼyorida bölgani sababli qon bosimi mavjud bemorlarga ob-havo salbiy taʼsir qilmaydi.

Internet materiallari asosida

Asolat Ahmadqulova tayyorladi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan