Toşkent viloyati Böka tumanidagi oğir toifaga kiritilgan “Qöldoştepa” va “Navobod” mahallalarida “Obod mahalla”, “Obod köça”, “Obod xonadon” mezonlari asosida 2025 yil sentyabr — 2026 yil yanvar oylarida keng kölamli bunyodkorlik işlari amalga oşirildi.
Şu munosabat bilan ikki mahallaning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi Ğofurjon Mirzayev, maslahatçi örinbosari Pölat Bobojonov, Prezident Administratsiyasi va Respublika işçi guruhi vakillari, Boş vazir örinbosari, Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Zulayho Mahkamova, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, senator, Özbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev, jamğarma raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayev, Toşkent viloyati hokimining birinçi örinbosari Otabek Tursunov, viloyat prokurori Azamat Mirzayev, IIBB boşliği Abduvosit Abdurazzoqov, Böka tumani hokimi Sardor Isaqulov, hudud mutasaddi rahbarlari, deputatlar, mahalla faollari, nuroniylar, yoşlar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Taʼkidlaş lozimki, bu ikki mahalla 2025 yil sentyabr — 2026 yil yanvar oylari davomida amalga oşirilgan keng kölamli bunyodkorlik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tufayli yangiça qiyofaga kirdi. Bu saʼy-harakatlar hududlarga Yangi Özbekiston qiyofasini olib kiriş, zamonaviy mahalla markazlarini taşkil etiş haqidagi Prezidentimiz topşiriqlarining amaliy ifodasi böldi.
Hududda zamonaviy mahalla markazi, “Nuroniylar maskani”, kutubxona hamda kasb-hunar öquv markazi barpo etildi. Tibbiyot punkti töliq taʼmirlanib, 2 ta oilaviy boğça taşkil qilindi. Içki infratuzilma töliq yangilanib, köçalar asfaltlandi va şağallaştirildi, piyodalar yölaklari qurildi, köprik taʼmirlandi, sport va bolalar maydonçalari barpo etildi. Elektr, gaz va suv tarmoqlari tartibga keltirildi, hudud keng kölamda kökalamzorlaştirildi.
Jumladan, Qöldoştepada 3 ming 390 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahalla böylab 14 kilometr içimlik suvi tarmoği tortildi, 3,2 kilometr markaziy köça asfaltlandi, 2,5 kilometr içki yöllarga şağal yotqizildi. 390 ta eski yoğoç ustun beton tayançlarga almaştirildi, 9 kilometr maxsus kabel tortildi, 40 ta tungi yoritiş çiroği örnatildi, 12 kilometr gaz tarmoqlari taʼmirlandi.
Tadbir doirasida aholi bilan uçraşuvlar, nuroniylar bilan samimiy suhbatlar taşkil etildi. Şuningdek, yiğilganlar iştirokida köçat ekiş aksiyasi, sport marafoni hamda bayram tadbirlari kötarinki kayfiyatda ötkazildi. Bunyodkorlik işlarida fidoyilik körsatgan masʼullar va mahalla faollari kökrak nişoni va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
— “Navobod” mahallasida hozir 658 ta xonadon bor va 1 ming 119 ta oila yaşaydi, — deydi Mahallalar uyuşmasi Böka tumani bölimi rahbari Zohid Obidov. — Mahallada kambağallikni qisqartiriş maqsadida mehnat yarmarkalari ötkazildi. 9 nafar fuqaro doimiy iş bilan taʼminlandi. 7 nafar yoşga ijara asosida yer ajratilib, dehqon xöjaliklari taşkil etildi. 17 ta xonadonga imtiyozli kreditlar hisobidan uruğ va moddiy yordam berildi. 3 ta oila tomorqasida 7 sotixli issiqxonalar barpo etildi. 170 ta xonadon tomorqasini suv bilan taʼminlaş uçun 3 ta vertikal quduq qazilib, quyoş panellari örnatildi. Infratuzilmani yaxşilaş maqsadida mahalla idorasi va tibbiyot punkti rekonstruksiya qilindi. Kutubxona qurildi. Xotin-qizlar uçun tikuvçilikka ixtisoslaşgan öquv markazi taşkil etildi. Natijada kambağallik darajasi 3,2 foizdan 1 foizgaça kamaydi, işsizlik darajasi esa 3 foizdan 0 foizga tuşib, hudud işsizlikdan xoli mahallaga aylandi.
Şuningdek, “Qöldoştepa” mahallasida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 33 ta xonadonga çorvaçilik va qişloq xöjaligi uskunalari berildi hamda ular “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” röyxatidan çiqarildi. 17 nafar fuqaroga tadbirkorlikni boşlaş uçun jami 350 million söm kredit ajratildi. 3 ta oğir ahvoldagi oila tomorqasida 8 sotixli issiqxonalar taşkil etildi, 250 ta xonadon tomorqasida sabzavot ekiş yölga qöyilib, yer egalari uçun seminarlar ötkazildi.
Kanal böyida sport yölagi, bolalar maydonçasi qurildi. “Yaşil makon” doirasida 1870 tup daraxt ekilib, hudud yaşil va fayzli manzilga aylandi. Işsizlikni qisqartiriş yölida ham aniq natijalarga erişildi.
21 nafar fuqaro iş bilan taʼminlandi, 17 nafariga
350 million söm kredit ajratildi, 27 nafar yoş dehqon xöjaligiga ega böldi. Issiqxonalar barpo etildi, tomorqalarga minglab köçatlar ekildi. Natijada kambağallik 4,4 foizdan 3 foizga, işsizlik 6,3 foizdan 3,6 foizga kamaydi.
Ikki mahallada nuroniylar faoliyatiga eʼtibor yuqori darajada. Öz navbatida, nuroniylar ham mahalla hayotida keçayotgan islohot va yangilanişlarda faollik körsatib, el-yurt xizmatiga kamarbasta bölmoqdalar. Jumladan, “Nuroniylar maskani”da ötkazilayotgan “Uç avlod uçraşuvi”, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul”, “Yuz bilan yuzlaşganlar”, “Faxriylar — faxrimiz”, “Qöşa qariş saodati” kabi va yana qator loyihalar davomida keksa nuroniy otaxonu onaxonlar yoşlarimizga haqiqiy hayot saboqlarini bermoqdalar.
Tantanada sözga çiqqan mutasaddilar bugungi kunda davlatimiz rahbari taşabbusi bilan yurtimizning barça hududlarida olib borilayotgan bunyodkorlik işlari xalqimizni hayotdan rozi qilişdagi uluğvor maqsadlarning ijobati ekanligini alohida taʼkidladilar.
— Bugun Böka tumanidagi ikki mahallaning gözal va zamonaviy qiyofaga kirganiga guvoh bölib turibmiz, — dedi tadbirda sözga çiqqan “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining 1-örinbosari, taniqli jurnalist Şarof Ubaydullayev. — Albatta, bunday obodlik öz-özidan bölayotgani yöq. Davlatimiz rahbarining mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yölida uzoqni közlab olib borilayotgan xalqçil islohotlari hamda bu islohotlarni joylarda amalga tatbiq etişda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari hamda keng jamoatçilikning hamjihatlik va hamkorlikda iş olib borayotgani tufayli yurtimiz zamonaviy va obod qiyofaga kirmoqda. Ötgan asrning 60 yillarida ToşDU (hozirgi ÖzMU) talabalari edik. Böka tumaniga paxta terimiga kelganmiz. Kursdoşlarim — Rauf Parfi va Dadaxon Hasanov tomonidan ijod qilingan maşhur “Laylo” qöşiği xuddi şu tumanning paxta dalalarida dunyoga kelgan va 1963 yilda “Maşʼal” radiokanalida ilk bor efirga uzatilgan edi. Bugungi çaroğon Bökani öşa davrlardagi Böka bilan taqqoslab bölmaydi. Bugun Böka tumanidagi obodlik va bunyodkorlik — ayniqsa, “Qöldoştepa” va “Navobod” mahallalarini Yangi Özbekiston qiyofasining amaldagi namunasi deyiş mumkin.
Tadbirlar, çin maʼnoda, obodlik va bunyodkorlik bayramiga — xalq sayliga aylanib ketdi. Aholi bilan uçraşuvlar, nuroniylar bilan samimiy suhbatlar taşkil etildi. Şuningdek, yiğilganlar iştirokida köçat ekiş aksiyasi, sport marafoni hamda bayram tadbirlari kötarinki kayfiyatda ötkazildi. Bunyodkorlik işlarida fidoyilik körsatgan masʼullar va mahalla faollari kökrak nişoni hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Rasul Qosimov,
Böka tumani hokimligi
matbuot xizmati.
Muallif haqida: Rasul Qosimov — 1998 yilda Toşkent viloyati Böka tumanida tuğilgan. Respublika televideniye va radio kasb-hunar kolleji va Nizomiy nomidagi Özbekiston Milliy Pedagogika universitetini tamomlagan. Böka tumani hokimiligida faoliyat yuritib kelmoqda.