Muqaddas Ramazon oyi eşik qoqib turibdi. Bu oyning xislati va fazilatlarini yaxşi bilganlar uning savobidan umidvor bölib özlarini ruhan tozalab, bu oyni munosib kutib olişga tayyorlanmoqdalar.
Ahillik, özaro birdamlik va maʼnaviy poklik fazilatlari uluğlanadigan qutluğ Ramazon oyini el-yurtimiz doimo katta xursandçilik va kötarinki kayfiyatda kutib oladi. Uşbu muborak kunlarda inson qadrini uluğlaşga, oila hamda mahallaga mehr va eʼtiborli böliş, ijtimoiy kömakka muhtoj, ehtiyojmand kişilarga yordam va saxovat körsatişga qaratilgan savobli amallar köpayib borayotgani quvonarlidir.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga köra, bu yil uşbu muborak oyda “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va şukronalik oyi” d???? ???? ??? ??????? ?yegan ezgu ğoya asosida kam taʼminlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, mahallalarni özaro hurmat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantiriş, yer, suv, havo va tabiiy muhitni asraş, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni obod etiş kabi tadbirlar ötkazilişi belgilandi.
Ramazon, çin maʼnoda, xayr-saxovat oyidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarning eng saxiysi edilar, bu oyda yaxşilikda erkin şamoldan ham saxiy bölib ketardilar.
Demak, ramazon oyida imkon qadar har kuni xayr-ehson, sadaqa berişga harakat qiliş kerak. Ayniqsa, qiynalgan, beva-beçoralarga berilgan sadaqalar, ehsonlar eng savobli amallardan hisoblanadi. Kişilar öz imkoniyatlarini çamalab, qança ehson va zakotga kuçlari yetsa, bu imkoniyatdan foydalanib, savobga erişişlari mumkin. Balki siz har kuni bir yoki bir neçta rözadorning iftorlik qilişiga sabab bölişingizga imkoniyatingiz yetar?! Muhimi, har bir inson qölidan kelgan yaxşilikni qilişi kerak.
Rivoyatlarga köra, bu oyning har keçasida Alloh taolo 600 mingta dözaxga mahkum bölganlarni dözaxdan ozod qiladi. Ramazonning birinçi keçasining ham bir qança fazilatlari bor, ammo aksariyat odamlar bundan ğaflatda qoladilar. Ramazon oyining birinçi keçasida Alloh taolo bandalariga rahmat nazari bilan boqadi, kimga Alloh rahmat nazari bilan boqsa, uni heç qaçon azoblamaydi.
Ramazon juda köplab yaxşiliklar hamda imkoniyatlar oyidir. Ularning eng avvali — Qurʼondir. Alloh taolo bunday marhamat qilgan: “Ramazon oyiki, unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat oçiq bayonotlar bölib Qurʼon tuşirilgandir”. Ramazonda köp Qurʼon öqiş Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridir.
Afsuski, köpçilik ramazon oyini yaxşilab ötkazişni sahar va iftor vaqtida yaxşi, töyimli ovqatlar yeyiş kerak, degan maqsadda bu kunni bozorda “Hali uni, hali buni sotib olişim kerak” degan bekorçi öy-xayollar bilan ötkazib yuboradi. Demak, har birimiz ramazonning ilk kunlaridan boşlab, uni ğanimat bilmoğimiz lozim ekan.
Alloh taolo ramazonning oxirgi keçasida rözadorlarning gunohlarini keçirib yuboradi. Ammo aksar odamlar bu keçaning fazilatlaridan ham ğaflatda qoladilar. Ayniqsa, ramazonning oxirgi toq keçasini “Laylatul qadr” keçasi sifatida bedor bölib ötkazadilaru lekin ramazonning sönggi keçasiga beeʼtibor böladilar. Qadr keçasi har bir rözador alohida eʼtibor berişi kerak bölgan muhim keçadir. Lekin Alloh taolo bu keçaning qaçonligini yaşirib qöygan. Nima uçun? Çunki şunda biz bu keçani ramazon oyining ilk kunidan boşlab kutamiz va butun ramazon keçasini ibodatda ötkazişga harakat qilamiz. Agar qadr keçasining kunini aniq bilganimizda, ehtimol ramazonning boşqa kunlarini dangasalik bilan ötkazib yuborgan bölardik. Alloh taolo Öz fazli bilan ramazondan töliq foydalanişimizni istaydi.
Oyşa onamiz roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yo Rasululloh agar Qadr keçasini topişga muvaffaq bölsam, nima deb duo qilay?” deb söradilar. Şunda Nabiy alayhissalom: “Allohumma innaka afuvvun, tuhibbul afva, faʼfu ʼanniy” (Allohim, albatta, Sen keçiruvçisan, keçirişni yaxşi körasan. Gunohlarimni keçirgin), degan duoni köp aytişga buyurdilar.
Albatta, ramazon toat-ibodatlar oyi. Bu oyda köproq namoz öqiş, tahajjudlarda bedor böliş, tilovat, xayr-ehson, sadaqalar qiliş köpaytiriladi. Xuddi şunday, ramazon biz uçun köplab yaxşiliklarga erişişimiz uçun juda katta imkoniyatdir.
Ammo, bu oy ehtiyojlarni, jamiyatdagi işlarni töxtatib turiş oyi emas. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu oyda yanada faol bölardilar. Alloh taolo har birimizga bu oyni muborak qilgani rost bölsin, rözangizni, duo va ibodatlaringizni Öz dargohida qabul aylasin!
Davron NURMUHAMMAD,
Özbekiston musulmonlari idorasi
Axborot-tahlil bölimi mutaxassisi.