Nuroniylar bor bölsin!

 

Qarisi bor uylarning

Parilari bor bölsin.

Ular birla xonadon

Saodatga yor bölsin.

 

Qatağon uruşlardan,

Goh “qayta quriş”lardan,

Qolganlar omon, bardam,

Nuroniylar bor bölsin!

 

Istiqlol nuri asta,

Dilga böldi payvasta,

Xizmatda kamarbasta,

Nuroniylar bor bölsin!

 

Tillarida şukrona,

Dilbandlari parvona,

Duogöy ota-ona —

Nuroniylar bor bölsin!

 

Dono murabbiy, ustoz,

Mehri misli bahor, yoz,

Eʼtibordan sarafroz,

Nuroniylar bor bölsin!

 

Husanboy Yusupov,

Uçköprik tumani.

 

Mahallam

 

Ajdodlarning hayot yölin ibrat bilgan,

Boğ yaratib, dala-daştni böston qilgan,

Har jabhada ahil-inoq, birdam bölgan,

Insoniylik oşiyoni — mahallamsan!

 

Saxiy dehqon nematidan boy dasturxon,

Tadbirkorlar mehnatidan yurt farovon,

El-fuqaro xizmatida tolmas karvon,

Barakaning asl koni — mahallamsan!

 

Ilmu ziyo, maʼrifatning darğalari,

Jamiyatning yuksalişin istar bari,

Ezgulikni kuylab adib, şoirlari,

Kitobsevarlar makoni — mahallamsan!

 

Al-Buxoriy,Termiziylar maktabisan,

Tafakkurni  tarğib etiş matlabisan,

Kamolotu komillikning markabisan,

Maʼnaviyat tanu joni — mahallamsan!

 

Köçat ekib, yaratilgay yaşil makon,

Turkiy xalqim mehnatsevar, mohir boğbon,

Birdamlikka çorlar yangi Özbekiston,

Lol aylagan keng jahonni — mahallamsan!

 

Nur-ziyosi hatto oftob yuzin tösgan,

Quçoğida öğil-qizlar şodon ösgan,

Berdibekni şaydo etgan obod maskan,

Saodatning hur ayvoni — mahallamsan!

 

 

Berdibek TOŞBEKOV,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

Özbekiston va Qirğiziston döstlik jamiyati faoli.

 

Namangan madhi

 

Gözal gulzoru gullarni körib keldim Namanganda,

Gulga şaydo bulbullarni körib keldim Namanganda.

 

Bağrikeng, dono-yu mehmondöst aziz birodarlar bilan

Tonggaça şirin suhbatlar qurib keldim Namanganda.

 

Köçalar körk-tarovati, jamoli xöp ayladi lol,

Göyo boği eramlarda yurib keldim Namanganda.

 

“Afsonalar boği”da men hayratga çulğandim kezib,

Gözal gullar  bilan gurung qilib keldim Namanganda.

 

Ibrat domla dovruğining dostonidan bölib ogoh,

Ul buyuk zot şaraf-şonin bilib keldim Namanganda.

 

Dilrabo kuy-qöşiqlaru ajib mehmonnavozliqlar

Zavqidan şodlanib, mamnun bölib keldim Namanganda.

 

Oltin vodiy gavharidan qalbim nurlarga çulğandi,

Dil koşonasiga ziyo tölib keldim Namanganda.

 

Baxtiyor, izzatu ikrom uçun ming-ming rahmat aytgil,

Gözal gulzoru gullarni körib keldim Namanganda.

 

Baxtiyor HALIMOV,

“Bir nuroniy ön — yoşga masʼul” 

körik-tanlovining

Respublika bosqiçi iştirokçisi,

Nurota şahri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan