Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi Yoşlar markazida “Nuroniylar va yoşlar” uçraşuvi taşkil etildi.
Mazkur uçraşuv yoşlar qalbida Vatanga muhabbat, sadoqat, fidoyilik va masʼuliyat tuyğularini mustahkamlaş, bugungi tinç va osoyişta hayotimizga şukrona keltiriş, faxriylarning boy hayotiy tajribasi hamda ibratli saboqlarini yoş avlodga yetkazişga qaratildi.
Tadbirda Navoiy viloyati jamğarmasi raisi Ş.Nabiyev, Yoşlar işlari boşqarmasi boşliği L.Qayumov, tumanning faol nuroniylari va yoşlar iştirok etdilar.
Uçraşuvda taʼlim, tibbiyot, quriliş, sport, harbiy sohalarda faoliyat yuritgan nuroniylar öz hayot yöli, xizmat faoliyati, maşaqqatli, ammo şarafli mehnatlari haqida sözlab berdilar.
Samimiy muloqot jarayonida yoşlar özlarini qiziqtirgan savollarga atrofliça javoblar oldilar, hayotiy xulosalar çiqardilar.
Endilikda “Birgalikda kitob öqiymiz”şiori ostida Navbahor tumanida nuroniylar va yoşlar har oyda bittadan badiiy adabiyotni birgalikda öqişga kelişib oldilar. Uşbu taşabbus doirasida kitobxonlik marafoni rasman boşlandi. Marafonning ilk asari sifatida özbek adabiyotining durdonasi — Abdulla Qodiriyning “Ötgan kunlar” romani tanlandi. Mazkur asar orqali yoşlar va nuroniylar örtasida maʼnaviy muloqot, kitobga muhabbat va milliy qadriyatlarni yanada mustahkamlaş közda tutilgan.
Akmal Ahadov.