yoxud uyqudan keçib, odamlarni gaz kameralaridan xalos etgan qahramon

Ikkinçi jahon uruşi yillarida kutilmagan soha vakillari ham qahramonga, insonlar xaloskoriga aylanişgan. Şulardan biri Adolfo Kaminskiy  edi. U 18 yoşda bölib,  bir şişa kislota bilan 14000 inson hayotini saqlab qolişga erişgan.

Parij, 1943 yil. Natsistlar Fransiyani işğol qilgan kezlarda, Adolfo Kaminskiy töqimaçilik ustaxonasida böyoqçining şogirdi bölib işlardi. U kimyo ilmini matolar orqali örgandi: qaysi kislota qaysi siyoh bilan reaksiyaga kirişişini, qaysi erituvçilar doğlarni parçalaşini va rangni molekulyar darajada qanday boşqarişni özlaştirdi.

Öşanda u bu bilimlari minglab odamlar uçun hayot va mamot örtasidagi köprik bölişini xayoliga ham keltirmagan edi.

Gestapo (Natsistlar Germaniyasining maxfiy politsiyasi) fransuz yahudiylarini tizimli ravişda aniqlaş, röyxatga oliş va konslagerlarga surgun qilişni boşlaganda, şaxsiy guvohnomalar, oziq-ovqat kartoçkalari, yöl hujjatlarining barçasi muhrlab, tasdiqlanar edi. Yahudiylarning şaxsiy hujjatlarida esa töq siyoh bilan yozilgan yagona söz bor edi: “JUIF” (Yahudiy).

Bu birgina söz ölim hukmi bilan barobar edi.

Qarşilik harakati Kaminskiyni topdi va unga muşkul vazifa topşirdi: hujjatga şikast yetkazmasdan, şu tamğani öçirib taşlaş mumkinmi? Köpçilik soxtakorlar buning uddasidan çiqa olmasdi. Çunki siyohlar öçmas qilib tayyorlangan, ularni qiriş yoki yuvişga uriniş qoğozni zararlar va soxta ekanini foş qilib qöyardi.

Kaminskiy lampa yoruğida hujjatga tikildi. Keyin böyoq ustaxonasidagi bir vositani esladi: sut kislotasi. Bu kislota Fransiya hukumati foydalanadigan maxsus kök siyohni qoğoz tolalariga zarar bermasdan eritib yubora olardi. Bu usul iş berdi!

Biroq sözni öçiriş faqat boşlanişi edi. Endi uning örniga yangi ismlar, yangi tuğilgan sanalar, yangi taqdirlarni va yangi maʼlumotlarni öylab topiş kerak edi. Har bir hujjat mukammal bölişi şart edi, çunki kiçik bir xato yoki notöğri siyoh rangi nafaqat hujjat egasini, balki unga yordam bergan barçani qiynoq va ölimga mahkum etardi.

Qarşilik harakati uni Sena daryosining söl sohilidagi maxfiy çordoq-laboratoriyaga joylaştirdi. Buyruqlar esa tinimsiz kelardi: Şveysariyaga qoçirilayotgan bolalar uçun 50 ta tuğilganlik haqida guvohnoma; yertölalarda yaşirinib yotgan oilalar uçun 200 ta oziq-ovqat kartoçkasi; Ispaniya orqali qoçiş uçun 300 ta ruxsatnoma…

Kaminskiy xira çiroq nurida işladi. Kislota va xlor buğlari tomoğini kuydirar, közlarini açiştirib, yoş oqizardi. Barmoqlari siyohdan qorayib ketgan, kiçik xona esa erituvçilar hididan dimlangan edi.

Şunda u bir hisob-kitobni öylab topdi.

Har bir hujjatni sifatli tayyorlaş uçun taxminan ikki daqiqa vaqt ketardi. Demak, bir soatda 30 ta hujjat. Bu — 30 kişining omon qoliş imkoni degani. Uning fikrini dahşatli bir tenglama zanjirlab oldi: uxlagan har bir soati — 30 ta bevaqt ölim demakdir. Dam olgan har bir daqiqasi kimningdir himoyasiz qolişi bilan barobar edi.

“Agar bir soat uxlasam, 30 kişi öladi”, — derdi u safdoşlariga.

Şu tariqa u uyqudan voz keçdi.

Bir safar 300 nafar yahudiy bola yaşiringan yetimxonaga reyd uyuştirilişi haqida xabar keldi. Bolalar tezkorlik bilan hujjat bilan taʼminlanmasa, ularni Osvensim ölim lageriga olib ketuvçi poyezdlar kutardi. Kaminskiy özini çordoqqa qamab, ikki keçayu ikki kunduz töxtamay işladi. Közlari tinib, hamma narsa ikkita bölib köringunça hujjat tayyorladi. Qöllarining tomiri tortişib, qotib qolgunça işini davom ettirdi. Nihoyat, çarçoq uni yengib, iş stoli ustiga yiqilgunça töxtamadi.

Bir soatdan keyin dahşat içida uyğonib ketdi, u özidan nafratlanardi. “Öttiz kişi… Uxlab qolib, 30 nafar insonning hayotini xavfga qöydim”, deb öylardi u. U ovqat ham yemasdan, darhol işiga qaytdi. Bolalar qutqarildi.

Oylar, yillar davomida Kaminskiy öşa xira çordoqda mehnat qildi. Natsistlar hujjat himoyasini kuçaytirgan sari, u ham öz mahoratini oşirib bordi. Bu kimyo va aniqlik bilan olib borilgan jimjit uruş edi. Ğalaba esa davom etayotgan hayotlar va voyaga yetayotgan bolalar bilan ölçanardi.

1944 yil avgustda Parij ozod qilinganida, Adolf Kaminskiy taxminan 14000 erkak, ayol va bolalarni gaz kameralaridan asrab qolgan hujjatlarni tayyorlagan  edi.

U qilgan xizmatlari uçun bir tiyin ham haq olmadi. Odamlar pul taklif qilganda rad etdi. Inson hayotini qutqariş evaziga pul oliş uning uçun maʼnaviy jihatdan hazm qilib bölmas iş edi.

Uruşdan keyin Kaminskiy fotograf böldi. Ortiqça şov-şuvsiz, kamtarona hayot keçirdi. Qilgan işlari haqida heç kimga: na qöşnilariga, na hamkasblariga, hatto ön yillar davomida öz farzandlariga ham aytmadi. Minglab hayotlarni saqlagan qahramon oddiy hayot keçirdi.

Faqat umrining oxirida u farzandlariga  öz tarixini sözlab berdi. Uning hikoyalari asosida 2016 yilda «Soxtalaştiruvçi» nomli hujjatli film katta ekranlarga çiqqaç, dunyo ahli Adolf Kaminskiyning Ikkinçi jahon uruşi yilaridagi jasorati bilan tanişdilar. Şundagina dunyo muhim bir haqiqatni angladi: jasorat har doim ham qurol kötarmaydi, qahramonlik har doim ham harbiy kiyim kiymaydi. Bilim, eʼtiqod va uyqudan keçişga tayyor bölgan birgina inson yovuzlik imperiyasiga qarşi tura olişi va ğolib çiqişi mumkin ekan.

Adolf Kaminskiy 2023 yili 97 yoşida vafot etdi. Biroq u qutqargan 14000 hayot bugun katta oilalarga, jamiyatlarga va yangi avlodlarga aylangan. Uning merosi haykallar yoki medallar bilan emas, balki uning jasorati tufayli hayoti asrab qolingan ana şu insonlar va ularning avlodlari umri bilan ölçanadi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan