“Nuroniy” jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi hamda Nukus tumani hokimligi hamkorligida Prezidentimizning xalqimizga va Oliy Majlisga 2025 yil 26 dekabrda yöllagan murojaatnomasi hamda “Özbekiston — 2030” strategiyasi loyihasida belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyatini keng tarğib etiş böyiça seminar bölib ötdi.

Unda “Nuroniy” jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi raisi Tursunboy Abdujabbarov sözga çiqib, yiğilganlarga Murojaatnoma hamda “Özbekiston — 2030” strategiyasi loyihasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan muhim taşabbuslar, jamiyat hayotining barça sohalarini qamrab olgan islohotlar, inson qadrini uluğlaş, ijtimoiy adolatni taʼminlaş, yoşlar va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, taʼlim va madaniyat sohalarini rivojlantirişga qaratilgan ustuvor yönalişlar böyiça batafsil maʼlumot berdi.

Tadbirda kelgusidagi işlar va rejalar keng muhokama qilindi. Nukus tumani hokimi örinbosarlari Ö.Hasanov, S.Abatova tumandagi 13 ta mahallada amalga oşirilişi zarur bölgan vazifalarga alohida töxtalib ötişdi.

Şuningdek, Nukus tumani hokimligining majlislar zalida mahalla hayotida faollik va masʼuliyat bilan iş olib borayotgan köçaboşilari örtasida ötkazilayotgan “Eng namunali köçaboşi” tanlovining tuman bosqiçi ğoliblari tantanali ravişda taqdirlandi.

Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi qömita raisi Ş.Ötemisov, tuman hokimi örinbosari, mahalla raislari va köçaboşilari  iştirok etdi.

Mahallalarda tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaş, xalq bilan yaqindan işlaş, ijtimoiy muammolarga befarq bölmasdan, yeçim topiş yölida samarali faoliyat olib borayotgan köçaboşilari mehnati alohida, eʼtirof etildi.

Jiğagul Seydaliyeva,

Qoraqalpoğiston Respublikasi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan