50 yoşdan keyin tadbirkor sifatida muvaffaqiyatga erişişni imkonsiz deb öylaysizmi? Agar şunday bölsa, adaşasiz. Keksayganda ham öz biznesini eng quyi bosqiçdan boşlab, katta muvaffaqiyat qozongan köplab odamlar bor. Statistik maʼlumotlarga qaraganda, dunyodagi tadbirkorlarning  biznesdagi eng omadli davri ham aynan 55 va undan yuqori yoşda boşlanar ekan.

 Toplifflar oilasi ortga çekinmadi

56 yoşli Gina Topliff Frost va uning turmuş örtoği 57 yoşli Jon Topliff 2011 yilda drama öqituvçiligidan işdan böşatilganida öz teatrlarini oçişga qaror qilişgan. Avvaliga, ular Buyuk Britaniyaning Mançester ştatida joylaşgan markaziy savdo majmuasidagi böş xonani ijaraga olişgan va “Uç daqiqa” nomli teatrga asos solişgan. Teatr yangi iş boşlagan paytda  tomoşabinlar deyarli spektakllarga kelmagan, biroq er-xotin sahnalaştiriladigan spektaklning kastyumlari va boşqa rekvizitlardan reklama sifatida foydalana boşlaşganidan keyin odamlarning  eʼtiborini torta boşlagan. Keyinroq oila xuddi şu markazdagi katta dökonga köçib ötgan. Bir neça yil oldin önga yaqin tomoşabin bilangina ötadigan spektakllarga hozirgi kunda 100 ga yaqin tomoşabin taşrif buyuradi. “Biz bu yoşda işga joylaşiş qiyin bölişini bilardik, şuning uçun tavakkal qildik va buni uddaladik. Tadbirkorlik qila olişimizni aqlimga siğdira olmas edim”, — deydi Topliff Frost.

 Kari Jonston

45 yillik hamşiralikdan söng nafaqaga çiqişi kerakligini his qilgan şotlandiyalik Kari Jonston 63 yoşida professional uy tozalaş xizmatini oçişga qaror qilgan.  Karining sözlariga köra, u uy tozalaş xizmati haqida jurnalda öqib qoladi va bu xizmatni işga tuşirişga qiziqadi. Öşa kunning özidayoq veb-sayt yaratib, reklama joylagan.  Birinçi mijozlari uning döstlari bölgan. Oradan uç yarim yil ötgaç, ayol butunlay  hamşiralikdan nafaqaga çiqqan va  özining yangi biznesini yanada kengaytirişga kirişgan.

“Uy tozalaş —  menga juda yoqadigan maşğulot. Aksariyat işlar kamida tört soat davom etadi. Men öz daromadimni soğligim, kundalik xarajatlarim va itimiz bilan sayr qiliş, şuningdek, nabiramizga ğamxörlik qilişga sarflayman”,— deydi sobiq hamşira.

Bunyodbek Keldiboyev tayyorladi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan