Onasi qarzga non ololmay yiğlaganida u ön ikki yoşli bola edi…
Öşanda dökonda onasining mahzun qiyofasiga termilib turib, bunday holda yaşab bölmasligiga qatʼiy işonç hosil qildi va heç qaçon qaşşoq bölmaslik uçun ont içdi. Oradan yillar ötib, dunyoning eng katta kiyim-keçak imperiyasini barpo qildi. Bu kişi dunyoga maşhur ZARA brendining tamal toşini qöygan Amansio Ortega edi.
U öşanda Ispaniyaning qaşşoq bir qişloğida yaşardi. Otasi temiryöl işçisi, onasi farroş edi. Bir kun onasi bilan birga baqqolga borganida, dökondor sovuq ohangda: “Buyoğiga qarzga non berolmayman, şundoq ham qarzingiz köpayib ketdi”, dedi. Onasining yelkalari qunişdi. Dökondan juda maxzun holda, közi töla yoş bilan çiqdi. Bu nigohlar bolakay Amansioning qalbiga xanjar bölib qadaldi va öşa daqiqalarda jajji muştçalarini qattiq qisib: “Bundan keyin aslo qaşşoq bölmayman”, deya ont içdi.
Ön uç yoşida maktabni taşlab, bir tikuvçiga şogird bölib işga kirdi. Işi tayyor kiyimlarni mijozlarga yetkaziş edi. U faqat taşuvçilik bilan kifoyalanmadi. Gazlama tanlaş, kiyimni tekis va sifatli çokda tikiş, mijozlar bilan işlaş va tijorat yuritişni sinçiklab kuzatdi. Kunduzlari işladi, tunlari har xil rejalar tuzdi. Hamma uxlab yotganida Amansio kelajakdagi imperiyasining tamal toşlarini qöyardi.
Uylangaç, xotini bilan birga uyida hammom xalati va içki kiyimlar tikib, eşikma-eşik yurib sotişardi. Ofisi yöq, brendi yöq, sarmoyaçisi yöq. Isitiş moslamasiga pul ketmasin deya, qişda sovuqda işladi. Hatto bir kuni qölidagi tayyor mollarini öğirlab ketişdi. Işni davom ettiriş qiyin edi, ammo u maşaqqatli yöllarda aslo çekinmadi. Faqat oldingidan-da köproq harakat qilişga intildi.
1975 yilda La Korunyada kiçik dökon oçib “ZARA” deya nom qöydi. Uning maqsadi juda oddiy va qatʼiy edi: “Boylar kiyadigan sifatli va bejirim kiyimlarni oddiy xalq xarid qiladigan narxda sotiş”. Uning maqsadi öz davri uçun telbalikdek eşitilar, atrofida istehzoli nigohlar aylanardi. Biroq u ayni oddiyligi bilan moda va kiyim-keçak dunyosining mahobatli devlarini tiz çöktira oldi.
Bugun “ZARA”ni dunyo taniydi. Töqsondan ortiq mamlakatlarda minglarça dökonlari bor. Butun dunyo uni “Biznesmen” deydi, lekin u qarzga non ololmay yiğlayotgan onasini haliyam unutolmaydi. Haşamatni yoqtirmaydi, böyinboğ taqmaydi. Intervyu bermaydi. Çunki yillar davomida örgangani şu böldiki: “Hurmat pul bilan sotib olinmaydi, tirnoqlar bilan tirnab bunyod etiladi.”
“Ötmişimiz — taqdirimiz emas. U şunçaki bizning qalbimizdagi maqsadlarimizni olovlantiradigan uçqun. Muvaffaqiyat uçun ilk qadamni qayerdandir boşlaş, öz holatingdan uyalmay, dadil maqsad qöya biliş va olğa qadam taşlaş kerak. Yuksak maqsadlar uçun ilk qadamingni qaşşoqlikda qöyganing uçun emas, iş boşlamay turib, ortga çekinişdan uyaliş kerak”, deydi u.